Xo’jalikda yuqumli va qon parazitar kasalliklarini oldini olish maqsadida maxsus vannalarda qoramol va qo’ylar Xo’jalikda yuqumli va qon parazitar kasalliklarini oldini olish maqsadida maxsus vannalarda qoramol va qo’ylar cho’miltiriladi. Qoramollar aprel oyidan to oktyabr oyigacha har hafta 10 kunda - 0,16 % li mishyak angidridi, 0,75 % li xlorpen, 1-3 % SK-9 va 1-2 % li xlorofos eritmalari yordamida cho’miltiriladi. Qoramollar uchun vannaning uzunligi 9-14 m, pastki eni 0,9 m, ustki eni 1,2 m va chuqurligi 2 m bo’ladi. Vannadagi eritmaning balandligi 1,4 m bo’ladi. Qo’ylar qichima qo’tir kanalariga, bitlarga qarshi 1-2 % kreolin va unga 0,25 % geksoxloran qo’shib cho’miltiriladi. Vannaning uzunligi 14-20 m, pastki kengligi 0,6 m, ustki kengligi 0,9 m, chuqurligi 2,0 m va eritmaning balandligi 1,2 m bo’ladi. Fermaning tozaligini ta’minlash va molxonada turli kasalliklarni tarqalmasligini oldini olish maqsadida fermadan 200-250 m uzoqlikda go’ngxonalar quriladi. Go’ng sharbati qimmatli organik ug’it bo’lib yomon saqlansa tarkibidagi azotning 80-90 % NN3 holiga o’tib yo’qoladi. Agar vaqtida yig’ishtirilmasa molxona va atrofni iflos qiladi. Go’ng sharbati oqish ariqchasi stoylaning orqasida go’ng yo’lining har 2 yonida quriladi. Ariqchaning sigirxonada chuqurligi 10-20 sm kengligi 20-30 sm yassi qilib quriladi. Go’ng sharbati yor osti yo’li bilan shiltaxonaga yig’iladi. Dezinfeksiya - kasallik tarqatuvchi mikroblarga qarshi kurash chora tadbirlaridir. Bu profilaktik, majburiy va yakuniy turlarga bo’linadi. Dezinfeksiyadan oldin molxona mexanik tozalanadi. Agar yuqumli kasallik bilan kasallangan mol turgan bo’lsa 10-15 % lik ishqor bilan hullab, keyin ishga kirishiladi. Profilaktik dezinfeksiya ko’z va bahorda o’tkaziladi. Majburiy dezinfeksiya yuqumli kasalliklar tarqalganda har kuni to kasallik yo’qolguncha o’tkaziladi. Yakuniy
Do'stlaringiz bilan baham: |