Mavzu: Immunitet va immunologik reaktivlik. Epizootik jarayon va uni harakatlantiruvchi kuchlar. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 35.56 Kb.
bet1/9
Sana26.01.2023
Hajmi35.56 Kb.
#1126808
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Immunitet va immunologik reaktivlik. Epizootik jarayon va uni harakatlantiruvchi kuchlar.


Mavzu:Immunitet va immunologik reaktivlik. Epizootik jarayon va uni harakatlantiruvchi kuchlar.
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1. Infeksion kasalliklar epizootologiyasi fanining tarifi.
2.2.Fan rivojining tendensiyasi, maxsus qismlari, veterinariya fanlari orasida tutgan o‘rni.
2.3.Epizootologik tekshirish usullarining ilmiy asoslari.
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar


2.1. Infeksion kasalliklar epizootologiyasi fanining tarifi.
Infeksion kasalliklarning profilaktikasi sog’lom xo‘jaliklarda, aholi punkti va mamlakat miqyosida kasallikning paydo bo‘lishi va tarqalishini oldini oluvchi davlat tadbirlari tizimi hisoblanadi. Mamlakat miqyosida olib boriladigan profilaktik tadbirlar tarkibi quyidagilardan tashkil topadi:
- mamlakat chegarasini chetdan hayvonlarning infeksion kasallik qo‘zg’atuvchilarining kirib kelishidan himoya qilish (mamlakat hududiga kirishda respublika miqyosida 14 ta, viloyat miqyosida 8 ta, temir yo‘llar bo‘yicha 12 ta va aeroportlarda 11ta – jami 45 ta chegara nazorat veterinariya punktlari mavjud bo‘lib, ularda barcha tur hayvonlar, parrandalar, baliqlar, asalarilar va ularning mahsulotlari veterinariya -sanitariya ekspertizasidan o‘tadi);
- hayvonlarni to‘plashda, haydashda, hayvon mahsulotlarini avtomobil, temir yo‘l, havo transportlarida tashishda veterinariya - sanitariya nazoratini o‘tkazish;
- bozorlarda, ko‘rgazmalarda va boshqa mol to‘plash joylarida veterinariya - sanitariya nazoratini qat’iy tartibda o‘tkazish;
- go‘sht kombinatlarida, kushxonalar hamda hayvonlar xom ashyosini (sut, go‘sht, teri, jun va boshqalar) tashish, saqlash, qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi korxonalarda veterinariya - sanitariya nazoratini o‘tkazish;
- chorvachilik xo‘jaliklarini nosog’lom manzildan infeksion kasalliklar qo‘zg’atuvchilarini kirib kelishidan himoya qilish hamda xo‘jalikda, aholi punktlarida profilaktik tadbirlarni tashkil etish;
- hayvonlarni sug’urta qilish va infeksion kasalliklar bo‘yicha targ’ibot ishlari o‘tkazish.
Profilaktika 2 ta: umumiy va maxsus yo‘nalishda amalga oshiriladi.



Download 35.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling