Mavzu: Immunitet va immunologik reaktivlik. Epizootik jarayon va uni harakatlantiruvchi kuchlar. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 35.56 Kb.
|
Immunitet va immunologik reaktivlik. Epizootik jarayon va uni harakatlantiruvchi kuchlar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Epizootiyadan oldingi bosqichda
- Epizootiyadan keyingi bosqichda
- Epizootik jarayonning namoyon bo‘lish jadalligi.
Epizootiyalararo bosqich – (jimlik bosqichi) 2 ta epizootik ko‘tarilish (to‘lqin) orasidagi ma’lum bir vaqt. Bu bosqich tasodifan, ayrim hollardagina kasallik kuzatilishi bilan xarakterlanadi va epizootik jarayonni uzluksiz davom etishini ta’minlaydi, kasallik ko‘paymaydi va keng tarqalmaydi. Podada qo‘zg’atuvchi tashuvchi hayvonlar va latent infeksiyali hayvonlar ko‘proq bo‘ladi. Ko‘p hayvonlarda immunitet qoladi, ammo moyil hayvonlar soni ham kundan kunga ko‘payadi.
Epizootiyadan oldingi bosqichda epizootiya uchun sharoit yaratiladi, immunitetli hayvonlar soni keskin pasayadi, yangi tug’ilganlarida esa umuman bo‘lmaydi, kasallik qo‘zg’atuvchilari ko‘p ajraladi, natijada kasallar soni ortib boradi. Epizootiyaning rivojlanish bosqichida kasallikning keng tarqalishi kuzatiladi. Ularda kasallikning xarakterli klinik belgilari namoyon bo‘ladi. Bu bosqichda kasaldan tuzalgan immunli hayvonlar soni ortib boradi. Epizootiyaning yuqori darajaga ko‘tarilish bosqichida kasallar soni ma’lum bir vaqt ichida keskin ko‘payadi. Kasallik o‘tkir kechishi bilan bir vaqtda yarim o‘tkir kecha boshlaydi, podada tuzalgan va immunli hayvonlar soni ortadi. Epizootiyaning so‘nish bosqichida podada tuzalgan va immunli hayvonlar ko‘payishi kuzatiladi. Natijada epizootiyaning so‘nish bosqichi boshlanadi. Qo‘zg’atuvchining o‘tish mexanizmi izdan chiqadi, kasallik hayvonlarda simptomsiz yoki atipik kechadi, surunkali kechish ko‘payadi. Epizootiyadan keyingi bosqichda kasallik tarqalmaydi, immunli hayvonlar soni eng yuqori darajada bo‘ladi, yangi kasallanish holati keskin kamayadi. Bu davrda kasallikni belgisiz kechishi va qo‘zg’atuvchi tashuvchanlik ko‘payadi. Epizootik jarayon ancha murakkab bo‘lib, insonning unga o‘tkazgan ta’siri natijasida yuqorida ko‘rsatilgan bosqichlar ketma-ketligi buzilishi yoki tezroq to‘xtashi mumkin. Epizootik jarayonning namoyon bo‘lish jadalligi. Kasallikni namoyon bo‘lishi va tarqalish darajasi 3 xil: sporadik, epizootiya va panzootiya shakllarda namoyon bo‘ladi. Sporadik kasallanish (gr. sporadieos - tarqoq) - infeksion kasalliklarni tasodifan tarqoq, ahyon-ahyonda, ayrim hollarda sodir bo‘lishi (botulizm, qorason, quturish, kuydirgi, qotma, aktinomikoz). Epizootiya - epizootik jarayon intensivligining (jadalligi) o‘rtacha darajasi bo‘lib, infeksiyaning bir nosog’lom manzil chegarasidan chiqib, viloyat, hatto respublika hududida tarqalishi (pasterellyoz, salmonellyoz, brutsellyoz, tuberkulyoz, cho‘chqalar o‘lati). Panzootiya (gr. Pan- hamma) - epizootik jarayonning eng shiddatli yuqori darajasi bo‘lib, bir necha mamlakat va qit’alarni qamrab oladigan hayvonlar kasalliklari epizootiyasi. Masalan, oqsil, parrandalar grippi, qoramollar o‘lati. Xulosa Infeksion kasallik qo‘zg’atuvchilarini fermaga kiritmaslik uchun quyidagi qoidalarga rioya etish talab etiladi: fermaga olinadigan hayvon faqat infeksion kasalliklar bo‘yicha sog’lom xo‘jaliklardan olinishi zarur; yangi olingan hayvonlarni fermaga kirgizishdan oldin alohida joyda 30 kun profilaktik karantinda turishi, u yerda klinik kuzatish olib borish va kerakli diagnostik tekshirishlar o‘tkazish, kerak bo‘lsa emlanishi zarur; fermalarga begona kishilarni, hatto ishchilarning yaqin qarindoshi bo‘lsa ham kiritilmasligi; fermalarda muntazam dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya ishlarini bajarish; fermalarga dezobaryer va dezogilamlar orqali kirishni tashkil qilish; fermalarga sanitariya o‘tkazgich orqali kirishni tashkil qilish va unda gigienik talablarga mos holda hududni toza saqlash; fermalarni muntazam go‘ngdan tozalash va ularni biotermik zararsizlantirish choralarini ko‘rish; hayvonlarni kasalliklarga chidamliligini oshirib borish. Qaysi tur hayvon xarid qilinishidan qat’iy nazar u hayvon sog’, barcha infeksion kasalliklar bo‘yicha sog’lom fermadan olinishi zarur, olinadigan hayvonlarga veterinariya guvohnomasi berilishi va unda kasalliklarga tekshirilgani va emlanganligi to‘g’risidagi ma’lumotlar yozilishi shart. Qishloq xo‘jaligi hayvonlarining infeksion kasallikka chalinishiga sabab organizmga patogen mikroorganizm va viruslarni kirishi hisoblanadi. Bu mikroorganizmlar bakteriyalar, zamburug’lar, mikoplazmalar, rikketsiyalar, xlamidiyalar, spiroxetalar yoki virus va prionlar bo‘lishi mumkin. Download 35.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling