Mavzu: Immunitet va immunologik reaktivlik. Epizootik jarayon va uni harakatlantiruvchi kuchlar. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 35.56 Kb.
bet4/9
Sana26.01.2023
Hajmi35.56 Kb.
#1126808
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Immunitet va immunologik reaktivlik. Epizootik jarayon va uni harakatlantiruvchi kuchlar.

Kimyoviy vaksinalar bakteriyalarning ma’lum bir faol eriydigan antigenidan (polisaxarid, polipeptid, lipid) tayyorlanadi.
Anatoksinlar – mikroorganizm toksinlarini formalin yoki issiqlik ta’sirida toksingenligi yo‘qotilgan va antigenlik xususiyati saqlangan vaksina (qotmaga qarshi anatoksin).
Hayvonlarning infeksion kasalliklariga qarshi vaksinalarning kundan-kunga ortib borishi va ularni har birini alohida hayvonga yuborish qiyinlashgani sababli bir vaqtda bir necha kasallikka qarshi vaksina tayyorlash ehtiyoji tug’ildi. Bu holat assotsirlangan – bir necha kasallikka qarshi – polivalent vaksina tayyorlashga (m: bradzot, enterotok-semiya, xavfli shish va dezinteriyaga qarshi vaksina) yoki monovaksinalarni bir vaqtda organizmga yuborishga (kompleks emlash) olib keldi. Bu ikkala holatda ham organizm bir vaqtda bir necha kasallikka qarshi immunitet shakllantiradi. Bu usul epizootologiyada, epizootiyaga qarshi kurashish tadbirlari ichida eng samarali hisoblanadi.
Vaksinalar organizmga 3 yo‘l bilan yuboriladi: parenteral (og’izdan tashqari: teriga, teri ostiga, teri ichiga, muskul orasiga, miyaga va h-zo), enteral (og’iz orqali) va respirator (aerozol usulida nafas olish yo‘li).
Enteral (og’iz orqali) usulda vaksina hayvon va parrandalarga og’iz orqali yoki har bir hayvonga alohida yoki ozuqa, suv bilan butun bir guruhga beriladi. Vaksina og’iz orqali berilganda oshqozon shirasi bar’eridan o‘tishi sababli kattaroq dozada beriladi, ikkinchidan hamma hayvonda ham bir xil immunitet shakllanmaydi.
Respirator (aerozol) usulda vaksina aerozol holatida maxsus apparatlar (TAN, PVAN, AG-UD-2) bilan hayvon va parrandalarning nafas yo‘llariga yetkaziladi, nafas olish davomida emlanadi. Bu usulda emlangan hayvonlar va parrandalar organizmida 3-5 kun davomida immunitet shakllanadi. Bu usul, ayniqsa, parrandachilikda ko‘proq qo‘llaniladi va u bir vaqtda ko‘p sonli parrandalarni emlash imkonini beradi. Vaksinatsiya germetik bekiladigan binolarda o‘tkaziladi.
Passiv immunizatsiya – bu infeksion kasalliklarni maxsus profilaktika qilish turi bo‘lib, bunda organizmga tayyor antitelolar mahsuli hisoblangan giperimmun, rekonvalessent (infeksion kasallikdan tuzalgan hayvon) qon zardobi, gammaglobulin yuboriladi. Bunda samara tez (bir necha soat orasida), biroq qisqa (2-3 hafta) davom etadi. Infeksion kasalliklarga qarshi giperimmun qon zardoblari biofabrikalarda hayvonlarga aynan bir yoki ikki kasallik qo‘zg’atuvchilari antigenini (vaksina) ko‘p marta sxema asosida qayta-qayta emlash yo‘li bilan tayyorlanadi. Giperimmun qon zardoblarini olish uchun ko‘proq otlar, eshaklar, buqalar, qo‘ylardan foydalaniladi. Giperimmunlash natijasida ularning qon zardobida ko‘p miqdorda immunoglobulinlar to‘planadi, ular hayvonlarni maxsus profilaktikasida va davolash uchun ishlatiladi.
Hayvon organizmiga giperimmun zardobi yuborilganda donor hayvon zardob bilan passiv immunitet oladi, shuning uchun uning organizmida immunitet 15 kundan 60 kungacha turishi mumkin.
Veterinariya amaliyotida hayvonlarni profilaktika qilish va davolash uchun giperimmun zardobdan olinadigan gammaglobulinlar qo‘llaniladi. Gammaglobulinlar kuydirgi, oqsil, quturish, aueski va boshqa infeksion kasalliklarga qarshi keng qo‘llaniladi.
Buzoq va qo‘zilarning emlangan yoki kasaldan tuzalgan sigir, ona qo‘ylardan uviz suti orqali oladigan kolostral immunitet ham passiv immunitetning bir turi hisoblanadi. Passiv immunizatsiya ko‘rgazmaga olib borilgan hayvonlarga biror infeksion kasallikni paydo bo‘lish xavfi tug’ilganda, ko‘proq kolibakterioz, salmonellyoz, pasterellyoz va boshqa yosh hayvonlar kasalliklarini davolash va oldini olishda, faol emlashga ulgurmagan holatlarda, qo‘llaniladi. Ko‘rgazma o‘tkaziladigan joy kamida 1 yil davomida barcha infeksion kasalliklar bo‘yicha sog’lom bo‘lishi zarur.
Simultan emlash faol va passiv emlash hisoblanib, bunda bir vaqtda yoki oldin immun qon zardobi, keyin vaksinatsiya qilinadi. Bu yerda shuni ta’kidlash joizki, passiv immunizatsiya faol immunitetni shakllani-shini pasaytiradi. Shuning uchun oxirgi vaqtlarda juda kam qo‘llaniladi.
Emlashni tashkil qilish – immunizatsiya usulini tanlashda epizootik holat, emlanadigan hayvonlarning sog’ligi etiborga olinadi va ular sog’ bo‘lishi shart. Emlash vaqtida hayvonlarni yaxshi fiksatsiya qilish va har bir hayvonga alohida steril igna ishlatish zarur.
Fermada, aholi punktida biror bir infeksion kasallikka qarshi emlash o‘tkazilgandan so‘ng, veterinariya mutaxassisi, ferma xodimi yoki mahalla qo‘mitasi vakili va vaksinatsiyaga qatnashgan kishilar ishtirokida dalolatnoma yoziladi va unda xo‘jalik, ferma yoki aholi punktining nomi, vaksinaning nomi, chiqqan joyi, seriya va davlat nazorati numerlari, yaroqlilik muddati, dozasi, organizmga yuborish yo‘li, xarajat bo‘lgan vaksina miqdori, hayvonlar turi, yoshi, jinsi, ro‘yxati ko‘rsatiladi va barcha ishtirokchilar imzo qo‘yadilar. Emlangan hayvonlar 7-10 kun davomida veterinariya nazoratida bo‘ladi. Vaksinatsiyadan keyin asoratlar kuzatilsa, o‘sha hayvonlar ajratiladi va davolanadi hamda u haqda tegishli yuqori veterinariya tashkilotiga xabar beriladi.

Download 35.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling