Mavzu: Immunitet va immunologik reaktivlik. Epizootik jarayon va uni harakatlantiruvchi kuchlar. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Xo‘jaliklarda, fermalarda o‘tkaziladigan profilaktik tadbirlar
Download 35.56 Kb.
|
Immunitet va immunologik reaktivlik. Epizootik jarayon va uni harakatlantiruvchi kuchlar.
Xo‘jaliklarda, fermalarda o‘tkaziladigan profilaktik tadbirlar
Infeksion kasallik qo‘zg’atuvchilarini fermaga kiritmaslik uchun quyidagi qoidalarga rioya etish talab etiladi: fermaga olinadigan hayvon faqat infeksion kasalliklar bo‘yicha sog’lom xo‘jaliklardan olinishi zarur; yangi olingan hayvonlarni fermaga kirgizishdan oldin alohida joyda 30 kun profilaktik karantinda turishi, u yerda klinik kuzatish olib borish va kerakli diagnostik tekshirishlar o‘tkazish, kerak bo‘lsa emlanishi zarur; fermalarga begona kishilarni, hatto ishchilarning yaqin qarindoshi bo‘lsa ham kiritilmasligi; fermalarda muntazam dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya ishlarini bajarish; fermalarga dezobaryer va dezogilamlar orqali kirishni tashkil qilish; fermalarga sanitariya o‘tkazgich orqali kirishni tashkil qilish va unda gigienik talablarga mos holda hududni toza saqlash; fermalarni muntazam go‘ngdan tozalash va ularni biotermik zararsizlantirish choralarini ko‘rish; hayvonlarni kasalliklarga chidamliligini oshirib borish. Qaysi tur hayvon xarid qilinishidan qat’iy nazar u hayvon sog’, barcha infeksion kasalliklar bo‘yicha sog’lom fermadan olinishi zarur, olinadigan hayvonlarga veterinariya guvohnomasi berilishi va unda kasalliklarga tekshirilgani va emlanganligi to‘g’risidagi ma’lumotlar yozilishi shart. Qishloq xo‘jaligi hayvonlarining infeksion kasallikka chalinishiga sabab organizmga patogen mikroorganizm va viruslarni kirishi hisoblanadi. Bu mikroorganizmlar bakteriyalar, zamburug’lar, mikoplazmalar, rikketsiyalar, xlamidiyalar, spiroxetalar yoki virus va prionlar bo‘lishi mumkin. Patogen mikroorganizmlarning aksariyati faqat kasal hayvon organizmida yoki tuberkulyoz, temiratki, chechakka chalingan insondan hayvonga o‘tishi va ko‘payishi mumkin. Kasallik qo‘zg’atuvchilarining tabiiy sharoitda doimo mavjudligi va ko‘payish joyi vazifasini bajaruvchi ob’ektlarda ularning u yoki bu yo‘l orqali sog’lom hayvonga yuqishi mumkin. Odatda, bunday ob’ekt kasal hayvon, kasallikdan tuzalgan, biroq virus yoki bakteriya tashuvchi hayvon, parranda, qo‘zg’atuvchi bilan ifloslangan tashqi muhit predmetlari (suv, ozuqa), kemiruvchilar, hasharotlar, odam, uning kiyim – kechaklari, transport vositalari bo‘lishi mumkin. Infeksion kasalliklarda qo‘zg’atuvchi manbai bo‘lib kasal, kasaldan tuzalgan bakteriya yoki virus tashuvchilar, qo‘zg’atuvchi bilan ifloslangan suv (leptospirozda), tuproq (tuproq infeksiyalarida), hasharot, kemiruvchilar (transmissiv kasalliklarda) xizmat qiladi. Kasal hayvondan mikroorganizmlar va viruslar infeksion jarayonning turli davrida ajralib chiqishi mumkin. Masalan, quturish paytida virus hayvon so‘lagidan kasallikning klinik belgilari paydo bo‘lishidan 10 kun oldin, ya’ni inkubatsion davrda ajralib chiqadi. Bunday holat oqsil kasalligida 3-7 kun, cho‘chqalar o‘latida 3-4 kun oldin virus ajralib chiqadi va sog’ moyil hayvonga yuqadi. Mikroorganizmlarning eng ko‘p ajralib chiqishi kasallikning klinik belgilari namoyon bo‘lganda avjiga chiqadi. Kasallikka chalingan hayvonlar yon atrofdagilarga ham xavfli hisoblanib, ularning aksariyati butun umr kasallik yuqtiruvchi bo‘lib qolishi mumkin. Ulardan sut, so‘lak, siydik, najas va boshqalar orqali sog’lom hayvonga o‘tadi. O‘lgan yoki majburan so‘yilgan hayvonlar jasadi, shuningdek, ulardan olingan xom ashyo - teri, jun, suyak, tuyoq, shox ham kasallik yuqtirishi mumkin. Kasallik qo‘zg’atuvchisi kasal hayvondan sog’ hayvonga yem-xashak, suv, parvarish buyumlari, tuproq, go‘ng, havo va boshqa yo‘llar orqali o‘tadi. Bulardan tashqari kasallik o‘tishining kontakt, transmissiv va vertikal yo‘llari ham mavjud. Infeksiya yuqishning kontakt yo‘li sog’lom hayvonning kasal hayvon bilan birga bo‘lishi (kontakti) paytida amalga oshadi. Brutsellyoz va kampilobakterioz kasalliklari hayvonlarni qochirish paytida, chechak, oqsil, temiratki kasalliklari hayvonlar bir-biriga teginganda yuqadi. Bevosita kontakt bo‘lmaganda hayvonlarga xizmat ko‘rsatuvchi kishining parvarish buyumlari (kurak, shoxa), kiyim-kechagi va poyabzali orqali ham kasallik o‘tishi mumkin. Havo yo‘li bilan yuqish patogen qo‘zg’atuvchilarda suyuq yoki qattiq shakldagi aerozollar orqali sodir bo‘ladi. Kasal hayvonlar aksirganda, yo‘talganda gripp, tuberkulyoz, pasterellyoz qo‘zg’atuvchilarini o‘tishi ro‘y beradi. Qo‘zg’atuvchilar havo, chang tarkibida bo‘lishi va ular orqali yuqishi mumkin. Ko‘plab kasalliklar ozuqa va suv orqali yuqadi. Bunday holda patogen mikroorganizmlar suv va ozuqaga tushadi, tuproq va go‘ng tarkibida ham bo‘ladi. Transmissiv yo‘l orqali tirik kasallik tashuvchilar (chivin, pashsha, hasharotlar) vositasida o‘tadi. Ayrim kasalliklar (m: kuydirgi) turli yo‘llar: ko‘pincha yem-xashak, suv orqali, aerogen, kontakt, transmissiv yuqishi mumkin. Urug’ va sut orqali yosh tug’ilgan hayvonga hamda tuxumdan jo‘jaga kasallik qo‘zg’atuvchining o‘tishiga vertikal yo‘l bilan o‘tish deyiladi. Shunday qilib, infeksion kasallik sodir bo‘lishi uchun albatta epizootik zanjirning uchala harakatlantiruvchi kuchlari: qo‘zg’atuvchi manbai, o‘tish mexanizmlari va moyil hayvonlar mavjud bo‘lishi shart. Mazkur bo‘g’inlar bo‘lgandagina epizootik jarayon ro‘y beradi. Barcha profilaktika va sog’lomlashtirish tadbirlari epizootik jarayonning barcha bo‘g’inlarini hisobga olgan holda o‘tkazilishi kerak. Infeksion kasalliklar profilaktikasining eng muhim tadbirlaridan biri kasallik qo‘zg’atuvchilarning sog’ hayvonlarga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi. Buning uchun podani to‘ldirish maqsadida hayvonlarni sotib olishda ularning sog’lom xo‘jalikdan ekanligiga va ular leykoz, brutsellyoz, tuberkulyoz va boshqa surunkali kasalliklar bo‘yicha tekshirilganiga ishonch hosil qilish zarur. Bu haqda sotib olingan hayvon veterinariya guvohnomasiga tegishli yozuvlar bo‘lishi talab etiladi. Download 35.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling