Mavzu: Immunitet va immunologik reaktivlik. Epizootik jarayon va uni harakatlantiruvchi kuchlar. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 35.56 Kb.
|
Immunitet va immunologik reaktivlik. Epizootik jarayon va uni harakatlantiruvchi kuchlar.
Umumiy profilaktika. Bu doimo va hamma yerda qilinadigan veterinariya-sanitariya hamda tashkiliy xo‘jalik tadbirlari hisoblanib, hayvonlarni infeksion kasalliklardan profilaktika qilishga qaratilgan. Bu tadbirlar quyidagilardan iborat:
hayvonlarni aralashtirishda, ularni va mahsulotlarini tashishda hamda poda, suruv va fermalarni tashkil qilishda tegishli cheklovlar va qonun – qoidalar asosida amalga oshirishni nazorat etish; mamlakatga yoki xo‘jalikka kelgan hayvonlarni profilaktik karan-tinda saqlash; hayvonlarni genetik chidamliligi bo‘yicha seleksiya qilish; to‘yimli ozuqalar bilan boqish, ularni zoogigienik me’yor asosida joylashtirish; binolardan foydalanishda “bari band – bari bo‘sh” prinsipiga amal qilish; hayvonlar sog’ligini reja asosida nazorat qilish, o‘z vaqtida kasalini ajratib alohida saqlash va davolash; molxonalarni, ishlatilgan inventarlarni, hududni muntazam tozalash, dezinfeksiya qilish; o‘z vaqtida molxonalarni go‘ngdan tozalash, ularni biotermik zararsizlantirish hamda o‘lgan hayvon, tushgan homila va har xil biologik chiqindilarni yo‘qotish; muntazam ravishda fermada dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya tadbirlarini o‘tkazish; yaylovlar, suv ichadigan joylar va mol haydaladigan yo‘llarning sanitariya holatini yuqori darajada saqlash; chorvachilik xo‘jaliklari va fermalarni yopiq korxona shaklida tashkil qilish, unda tug’ruqxona, buzoqlar uchun profilaktoriya tashkil etish, urg’ochi tana va sigirlarni sun’iy qochirish va h-zo; ferma ishchi va xizmatchilarini maxsus kiyim-kechak, oyoq kiyim, individual himoya vositalari bilan ta’minlash; chorvachilik fermalarini veterinariya-sanitariya talablariga javob berishini ta’minlash; epizootiyaga qarshi profilaktik tadbirlar infeksion kasallik bo‘lish bo‘lmasligidan qat’iy nazar muntazam va hamma chorvachilik fermalarida o‘tkazilishiga erishish; mamlakatning barcha chegara avtomobil yo‘llaridagi, aeroport va vokzallardagi veterinariya nazorat punktlarida xorijiy mamlakatlardan kelayotgan barcha tur hayvonlar, parrandalar, asalari, baliq va ularning mahsulotlarini (teri, jun, shox, tuyoq) qat’iy tartibda veterinariya –sanitariya nazoratidan o‘tkazish; - agar qo‘shni davlat chegaralari yaqinida o‘ta xavfli kasalliklar (oqsil, parranda grippi, qoramollar o‘lati) borligi aniqlansa, 30 km kenglikda bo‘sh yaylov qoldirish, u yerlarda hayvon bo‘lmasligiga erishish; transportda tashiladigan barcha hayvonlar, ularning mahsulot-larini veterinariya-sanitariya nazoratidan o‘tkazish; hayvonlar to‘planadigan joylarda, bozor, ko‘rgazma, sun’iy qochirish punktlarida barcha tur hayvonlarni veterinariya-sanitariya nazoratidan o‘tkazishga erishish; hayvonlar so‘yiladigan va ularning mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotiladigan joylarda veterinariya-sanitariya nazoratini o‘rnatish. Epizootiyaga qarshi umumiy profilaktik tadbirlarning ahamiyati faqat kasallarni profilaktika qilish bilan chegaralanmaydi, infeksion kasallik paydo bo‘lsa, darhol uni tarqalishiga qarshi tadbirlar ko‘riladi. Shuning uchun yuqorida ta’kidlangan epizootiyaga qarshi profilaktik tadbirlar infeksion kasallik bo‘lish bo‘lmasligidan qat’iy nazar muntazam va hamma yerda o‘tkazilishi kerak. Download 35.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling