Mavzu: Mashina detallarini yig‘ishga tayyorlash va yig‘ish texnologiyasi. Reja


Download 169.34 Kb.
bet1/5
Sana06.04.2023
Hajmi169.34 Kb.
#1335211
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Omonov T. 4.4



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNVERSITETI
Olmaliq filiali
“Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi
“Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish texnologiyasi” fanidan

MUSTAQIL ISH


Guruh: 7A-19MT
Bajardi: Omonov T.
Qabul qildi: dot. Mirzayev N.
Mavzu: Mashina detallarini yig‘ishga tayyorlash va yig‘ish texnologiyasi.
REJA:
1. Mashinalarni yig‘ishning asosiy turlari.
2. Detallarni yig‘ishga tayyorlash va yig‘ish texnologiyasi.
3. Yig‘ish jarayoni bosqichlari.


1. Yig‘ishning uchta asosiy turi bor: a) individual to‘g‘rilash prinsipiga ko‘ra; b) to‘liq o‘zaro almashinuvchanlik prinsipiga ko‘ra; v) individual yoki gruppaviy tanlash yo‘li bilan to‘liqmas o‘zaro almashinuvchanlik prinsipiga ko‘ra .


Individual to‘g‘rilash prinsipiga ko‘ra yig‘ish yakkalab va kichik seriyalab ishlab chiqarishlarda qo‘llaniladi. Bunda eng katta kalibrlarni ishlatmay bajariladigan mexanik ishlov berishdan keyin uzil-kesil shakl va o‘lchamlar xosil qilish, xamda ularni joyiga moslab to‘g‘rilash uchun detallarga dastaki slesarlik ishlov beriladi. Bunday xollarda detallarni umumiy yigishga yuborishdan avval ularga uzil-kesil dastaki ishlov beriladi va pardozlanadi.
To‘liq o‘zaro almashinuvchanlik prinsipiga ko‘ra yig‘ish ko‘p seriyalab va ko‘plab ishlab chiqarishlarda qo‘llaniladi. Bunday ishlab chiqarishlarda detallarga eng katta kalibrlarigacha mexanik sexlarda ishlov beriladi va stanoklarda uzil-kesil shakl, o‘lcham va sirt tozaligi beriladi. Bunday detallar o‘zaro almashinuvchan bo‘lib, oraliq ombor orqali to‘g‘ridan - to‘g‘ri yig‘ishga yuboriladi.

Agar yig‘ish vaqtida detal oldindan sortlarga ajratilmay o‘zi tutashib ishlaydigan va zarur tutashma xosil qiladigan boshqa detal uchun tanlamay o‘z joyiga qo‘yilsa, u xolda bunday yig‘ish to‘liq o‘zaro almashinuvchan yig‘ish deb ataladi .


Eng katta kalibrlari buyicha, biroq katta dopusklar bilan yasalgan tutashtiriluvchi detallarni zarur o‘tkazish oldidan ularning ulchamlarini tanlash yuli bilan bajarilsa, unda bu yig‘ish to‘liqmas o‘zaro almashinuvchanlik bilan yig‘ish deb ataladi.
Detallarni tutashtirishda zarur o‘tkazishni ta’minlovchi o‘lchamlarga qarab detallarni tanlash yo berilgan dopusk atrofida yasalgan va yig‘ishga keltirilgan xar qanday detallardan (bu individual tanlash) yo ko‘pincha

Detallarni o‘lcham gruppalariga yuqoridagi dopusk atrofida gruppaviy tanlashni amalga oshirgan xolda bajariladi. Bunday yig‘ish xam yirik seriyalab ko‘plab ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.





Download 169.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling