Mavzu: Mashina detallarini yig‘ishga tayyorlash va yig‘ish texnologiyasi. Reja


To‘liqmas o‘zaro almashinuvchanlik prinsipiga qarab yig‘ishni


Download 169.34 Kb.
bet2/5
Sana06.04.2023
Hajmi169.34 Kb.
#1335211
1   2   3   4   5
Bog'liq
Omonov T. 4.4

To‘liqmas o‘zaro almashinuvchanlik prinsipiga qarab yig‘ishni bikr yoki rostlanuvchi kompensatorlar (qistirmalar, xalqalar, vtulkalar, ponalar va xokazolar) ni ishlatib bajarish mumkin.


2. Yig‘ish oxirgi operatsiyadir. Mashinani yig‘ishda barcha operatsiyalarni tipoviy texnologiyada keltirilgan tartibda aniq bajarish va yig‘ish ishlarining umumiy prinsipiga rioya qilish zarur. Dastavval detallardan iborat birkmalar yigiladi, so‘ngra ular ma’lum navbatda uzel qilib biriktiriladi , so‘ngra uzellardan agregatlar yig‘iladi va nihoyat agregatlar, uzellar va detallardan mashinalar yig‘iladi.
Yigim ishlarida qismlarga ajartishdagi kabi universal montaj asboblari maxsus moslama va ajratgich ustanovka va stendlar ishlatiladi.

Truboprovodlar va boshqa flanesli birikmalarni yig‘ish vaqtida ularning germetikligini sinchiklab tekshirish kerak, ulardan yonilgi, moy, suv toshishiga va xavoning surishishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.


Yig‘ish vaqtida detallar va uzellarning joylashishini rostlash, tutashuvchi detallardagi zazor va tarangliklarni, ularning texnikaviy shartlariga mosligini, geometric shaklining to‘g‘riligini tekshirish, vallarning bo‘ylama siljishini ulchash, rostlash lozim va xokazo.

Tig‘iz o‘tkaziladigan podshibniklar valga presslanishidan oldin suv moyli vannada 80-90oS gacha isitiladi. Podshipnikni valga presslashda kuch xalqaga quyilishi, podshipnikni uyaga presslab kiritishda esa tashqi xalqaga quyilishi lozim. Bunda faqat maxsus moslamalardan foydalanish zarur.


O‘zi siqar rezina salniklarni quyishda quyidagilar bajariladi: ishlatilgan salniklar kerosin yoki dizel moyi bilan yuviladi; salnik prujinasining erkin xolatida manjetni zich siqib turishiga e’tibor beriladi; salnikni o‘rnatishdan oldin val bo‘yni consistent moyi bilan moylanadi ; presslab kiritishda kuch faqat salnik korpusiga beriladi; salnikni montaj qilish ishlari valga konus aviyust quymalar quyib bajariladi; sanlniklarni qorongu xonada 0- 20o S temperaturada saqlash lozim. Namat salniklar o‘rnatilishidan oldin maxsus aralashmaga 30 minut botirib quyiladi. Bunday aralashma 20% tangacha simongrafitdan va 80% solidoldan tayyorlanadi. Aralashma oldin 80-90o S gacha qizdiriladi va yaxshilab aralashtiriladi. Ba’zan salniklar pushsaldegan moddaga shimdiriladi. Namat salniklar o‘z korpusida qo‘zgalmasdan turishi va valning erkin aylanishiga yoki o‘q bo‘ylab siljishiga xalaqit bermagan xolda val buynini zich qamrab utishi lozim agar kartonli zichlovchi qistirmalar moyga tegib turadigan bo‘lsa, ular quruqligicha quyiladi yoki «Germetik» tipidagi yelim yoki moy surkaladi. Agar suvga tegib turadigan bo‘lsa, qistirmalarga surik suriladi. Bu maqsadlarda shuningdek, YH-25, YH-01 va boshqa pastalar yoki Y-20 zamazkadan foydalaniladi. Eng oddiy pastani


750 gramm moyli buyok, 200 gramm olifa va 50 gramm kanakunjut moyini aralashtirib tayyorlash mumkin.
Qurib qolgan tiqin qistirmalar o‘rnatilishidan oldin 6 soat davomida xo‘l lattaga o‘rab qo‘yilishi lozim.

Boltlar va shpilkalar cho‘yan detallarga kamida rezba diametrining 1,1 qismiga teng po‘lat detallarga esa 0,8 qismiga teng chuqurlikkacha burab kiritilishi kerak. Bolt yoki shpilkaning uchi gaykadan rezbaning bir uchipi qadar chiqib turishi kerak. Rezbali birikmalarning tortish kuchi quyidagi chegaralarda bo‘lishi lozim:


Rezba diametri, mm 6 8 10 12 14 16 18 20 22 24


Tortish kuchi N. M. 6-8 14-17 50-35 55-60 80-90 120-140
160-190 230-270 320-360 240-480

Pog‘onali shpilkalarni quyishda ularni yo‘g‘on uchlarini detal tanasiga oxirigacha burab kirgizishi kerak, shunda shpilkaning pog‘ona joyi detal sirtiga chiqib qolmaydigan bo‘lsin. To‘g‘riburab kiritilgan shpilkaning rezbasiz qismiga mis bolg‘a bilan urganda u dirillamasdan aniq metal ovozini beradi.


Stoporlash shaybalarining uchi valning paziga kirib turishi, shaybaning cheti esa gaykaning kirrasiga zich bo‘lib quyilishi lozim.




3. Butun buyum-mashina agregatlar (mexanizmlar), uzellar va aloxida detallardan yigiladi. Yigish protsessii quyidagi boskichlardan iborat:

1. Dastaki slesarlik ishlov berish xamda tug‘rilash – yakkalab va seriyalab ishlab chiqarishda qullaniladi, bu bosqich ko‘plab va yirik seriyalab ishlab chiqarishda yo’q.


2. Uzelli yig‘ish – detallarni uzelchalarga, agregatlarga (mexanizmlarga) yig‘ish .

3. Umumiy (yoki uzil-kesil) yig‘ish butun mashinani yig‘ishdir.


4.Mashina qismlarining o‘zaro to‘g‘riishlashini rostlash, o‘rnatish va tekshirish.


5. Chiniqtirish, sinash va mashinadagi protsesslarda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish.


6. Mashinani bo‘yash va texnik control bo‘limi (OTK) tomonidan qabul qilish.

Mashina yoki ayrim uzelni yig‘ish baza detalni stendga yoki ish o‘rniga o‘rnatishdan boshlanadi. Baza detal sifatida keyinchalik yuzasidan mashinani fundamentga yoki uzelni ramaga, staninaga va hokazolarga o‘rnatishda foydalaniladigan detal olinadi. Baza detalga uzellarning qolgan detallari ketma-ket maxkamlanadi.


Umumiy yig‘ish protsessida tayyor buyum – mashina alohida detallar, uzellar va agregatlardan yig‘iladi.

Download 169.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling