Tajribai sh I №1 5B12 modelli tish кertish stanogini silindriк to’G’ri tishli g’ildiraкlarga ishlov berishga sozlasy va rostlash


Download 367 Kb.
bet1/6
Sana01.03.2023
Hajmi367 Kb.
#1242974
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-TAJRIBA ISHI AICHTJ


T A J R I B A I SH I № 1

5B12 MODELLI TISH КERTISH STANOGINI SILINDRIК TO’G’RI TISHLI G’ILDIRAКLARGA ISHLOV BERISHGA SOZLASY VA ROSTLASH

I. Tajriba ishning maqsadi va vazifalari
Tajriba ishining maqsadi – 5B12 modelli tish kertish stanogining tuzilishi, ishlash prinsipi, kinematik zanjirlarining joylashishini, kinematik zanjirlarini sozlash va stanokni rostlash usullarini o’rganish.
Tajriba ishining vazifalari: kertkichning to’g’ri chiziqli ilgarilama-qaytma, dumalatish va surish harakatlarini to’g’ri tishli silindrik g’ildirak zagotovkalariga ishlov berish uchun sozlash va rostlashni amalga oshirish.

II. Tajriba ishini bajarish uchun vositalar
Tajriba ishini o’tkazish uchun quyidagilarni tayyorlash zarur:

  1. 5B12 modelli tish kertish stanogi;

  2. Stanokning kinematik sxemasi plakati;

  3. Tishli g’ildiraklar yasash uchun zagotovkalar;

  4. Gayka kalitlari;

  5. Almashtiriladigan g’ildraklar komplekti;

Tajriba ishini bajarish uchun talabalar quyidagilarni bajarishlari kerak:

    1. Adabiyotlar [1,2,3,4,5] dan va ushbu uslubiy ko’rsatmadan foydalanib 5B12 modelli tish kertish stanogining asosiy qismlari, ishlash prinsipi va boshqarish organlarini o’rganishlari;

    2. 5B12 modelli stanokning kinematik sxemasidan bosh harakat, dumalatish va surish harakatlari, kertkichning salt yurishidagi zagotovka harakati zanjirlarining joylashishini aniqlashi;

    3. Berilgan variant bo’yicha 5B12 modelli stanokni sozlash uchun kerakli hisobotni bajarishi va uni tajriba ishi bo’yicha hisbot daftariga yozib kelishlari kerak (Ilova–1).


III. Tajriba ishiga mustoqil tayorgarlik hajmi
Tish kertish stanogini sozlash uchun talaba stanokning vazifasi, texnik xarakteristikalari va texnologik imkoniyatlarini, ishlash prinsipi, asosiy uzellari va ishlov berishdagi asosiy va yordamchi harakatlar, stanokning kinematik strukturasi, harakatlarni amalga oshiruvchi kinematik zanjirlar va harakatlarning kinematik zanjirlarini ishchi organlarning zarur harakat miqdorlariga sozlash qoidalari, zanjirning kinematik balans tenglamasini tuzish va harakat miqdorlarini hisoblash, stanokning kinematik zanjirlarini zarur harakat miqdorlariga sozlash tartibini bilishlari kerak. Talabaga tajriba ishini bajarishga yuqorida keltirilganlarni ozlashtirib, tajriba ishi uchun berilgan nazorat savollariga javob berganidan keyin ruxsat beriladi.


Download 367 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling