Tajribai sh I №1 1A616 modelli toкarliк vint qirqish stanogini detallarga ishlov berishga sozlash va rostlash


Download 0.85 Mb.
bet1/5
Sana14.03.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1267143
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-TAJRIBA ISHI AICHTJ


T A J R I B A I SH I № 1
1A616 MODELLI TOКARLIК VINT QIRQISH STANOGINI DETALLARGA ISHLOV BERISHGA SOZLASH VA ROSTLASH

I. Tajriba ishning maqsadi va vazifalari
Tajriba ishining maqsadi – tokarlik vint qirqish stanogining tuzilishi, ishlash prinsipi va zagotovkalarga turli xil ishlov berish uchun sozlash va rostlash usullarini o’rganish.
Ishning vazifalari – stanokni turli tokarlik (rezba qirqish, konus ishlash va h.k.) ishlarini bajarishda shpindelning aylanishlar chastotasi, surish harakati va rezba qadamining berilgan qiymatiga sozlashni amalga oshirish.

II. Tajriba ishini bajarish uchun vositalar
Tajriba ishini o’tkazish uchun quyidagilarni tayyorlash zarur:

  1. 1A616 modelli tokarlik vint qirqish stanogi;

  2. Markazlar, qamrgichli planshayba, xomutcha;

  3. Indikatorlar, etalon vint;

  4. Gayka kalitlari (patron, keskich va gitara gaykasi uchun);

  5. 1A616 stanogining kinematik sxemasi plakati;

  6. Detallar yasash uchun zagotovkalar.

Tajriba ishini bajarish uchun talabalar quyidagilarni o’rganib kelishi kerak:

  1. 1A616 modelli tokarlik vint qirqish stanogining ishlash prinsipi, asosiy uzellari va boshqarish organlarini o’rganish;

  2. Кinematik sxemadan bosh harakat, surish harakati va yordamchi harakat zanjirlarining joylashishini aniqlash;

  3. Berilgan variant bo’yicha bosh harakat va surish harakatini sozlash uchun kerakli hisobotni qilish va uni tajriba ishi bo’yicha hisobot daftariga yozib kelish (Ilova – 3).


III. Tajriba ishiga mustoqil tayorgarlik hajmi
Tokarlik vint qirqish stanogini sozlash uchun talaba stanokning vazifasi, texnik xarakteristikalari va texnologik imkoniyatlarini, ishlash prinsipi, asosiy uzellari va ishlov berishdagi asosiy va yordamchi harakatlar, stanokning kinematik strukturasi, harakatlarni amalga oshiruvchi kinematik zanjirlar va harakatlarning kinematik zanjirlarini ishchi organlarning zarur harakat miqdorlariga sozlash qoidalari, zanjirning kinematik balans tenglamasini tuzish va harakat miqdorlarini hisoblash, stanokning kinematik zanjirlarini zarur harakat miqdorlariga sozlash tartibini bilishlari kerak. Talabaga tajriba ishini bajarishga yuqorida keltirilganlarni ozlashtirib, tajriba ishi uchun berilgan nazorat savollariga javob berganidan keyin ruxsat beriladi.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling