Stanokdagi harakatlar: bosh harakat – kertkichning to’g’ri chiziqli ilgarilama-qaytma harakati (kesish jarayoni); dumalatish harakati – kertkich va zagotovkaning odatdagi juft g’ildiraklar kabi o’z o’qlari atrofida aylanishi (obkat harakati); radial surish harakati – ishlov berish boshlanishida kertkichning zagotovkaga botishi; kertkichning salt yurishida – zagotovkani chetga tortish harakati.
IV.2. Stanokning kinematikasi
Bosh harakati (kertkichning to’g’ri chiziqli ilgarilama-qaytma harakati) elektr motori M1 dan (N = 1,7 kVt; n = 930 min-1) (1.02–rasm) tasmali uzatma, krivoship disk, tishli sektor va reyka orqali shpindelga uzatiladi. Bu zanjirning kinematik balans tenglamasi
930 0,985 = n qo’sh yurish/min (1.01)
1.02 – rasm. 5B12 modelli stanokning kinematik sxemasi.
Aylanma surish harakati zanjiri kertkichning aylanishi bilan uning to’g’ri chiziqli ilgarilama-qayta harakatini bog’laydi. Bu zanjirning kinematik balans tenglamasi
1ayl. = (1.02)
bu erda Sayl – aylanma surish miqdori, mm/qo’sh yurish;
dkb – kertkichning bo’luvchi aylana diametri, mm.
Dumalatish harakati kertkich va ishlov beriladigan g’ildiraklarning aylanishlarini o’zaro muvofiqlashtiradi. Bu harakat quyidagi kinematik zanjir orqali bajariladi
= (1.03)
Radial surish xarakati 1, 2 yoki 3 o’tishli kulachoklar yordamida amalga oshiriladi. Кulachok К reyka orqali supportni zagotovka tomon suradi va kertkich zagotovkaga botgach, uni shu holatida tishlarga ishlov berib bo’lguncha ushlab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |