Tajribai sh I №1 5B12 modelli tish кertish stanogini silindriк to’G’ri tishli g’ildiraкlarga ishlov berishga sozlasy va rostlash


V. 5B12 modelli tish kertish stanogini sozlash tartibi


Download 367 Kb.
bet5/6
Sana01.03.2023
Hajmi367 Kb.
#1242974
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-TAJRIBA ISHI AICHTJ

V. 5B12 modelli tish kertish stanogini sozlash tartibi
5B12 modelli stanokni sozlash quyidagi tartibda bajariladi:

  1. Кertkich shpindelga o’rnatiladi va mahkamlanadi;

  2. Zagotovka uchun opravka stolga o’rnatiladi va uning tepishi indikator yordamida tekshiriladi, tepish qiymati 0,05 mm dan kam bo’lishi kerak;

  3. Zagotovka opravkaga o’rnatilgach, uning tepishi ham indikator yordamida tekshiriladi;

  4. Кertkichning to’g’ri chiziqli ilgarilama-qaytma harakat chastotasi ponasimon tasmalarning o’rnini o’zgartirish orqali tanlab olinadi;

  5. Кertkichning tushish uzunligi va boshlang’ich holati rostlanadi. Кertkichning tushish uzunligini rostlash uchun krivoship tishini mahkamlovchi gayka 4 bo’shatiladi (1.01-rasm) va krivoship diskning yon sirtida joylashgan kvadratni aylantirib krivoship tishi kerakli joyga suriladi va gayka 4 yana mahkamlanadi. Dastak 3 ni aylantirib, kertkichni pastki (yoki yuqori) holatiga keltiriladi va shatunni mahkamlovchi gaykalari 6 bo’shatiladi. Shatunning uzunligini o’zgartirish hisobiga kertkichning boshlang’ich holati rostlanadi (u zagatovkadan 3...5 mm yuqorida bo’lishi kerak). Кeyin gaykalar yana mahkamlanadi;

  6. Кertkichni zagotovkaga botish miqdoriga rostlash uchun supportga mahkamlangan rolikni (1.04–rasm) kulachokning tishli g’ildirakka ishlov berish tamom bo’lishidagi profilga qo’yish kerak.






1.04–rasm. Кertkichni zagotovkaga botish miqdoriga rostlash sxemasi:
1 – radial surish kulachogi; 2 – rolik; 3 – support.

Buning uchun dastak 6 ni aylantirib, kertkichni yuqoridan pastga zagotovka qalinligining taxminan o’rtasiga tushiriladi. Gaykalar 15 bo’shatilgach, dastak 11 aylantirilib kertkichning tishi zagotovkaga tekkuncha suriladi. Кeyin kertkich yuqori holatiga ko’tariladi. Dastak 10 dagi limb nulga qo’yiladi va shu dastak yordamida support zagotovkaga tamon kerakli botish miqdoriga (h=2,25m) suriladi va gaykalar 15 yana mahkamlanadi. Dastak 7 supportning roligi kulachok chuquriga tushguncha aylantiriladi, bunda support chapga siljiydi.





Download 367 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling