IV. Ishning mazmuni va uni bajarish tartibi
5B12 modelli tish kertish stanogini tugri tishli silindrik gildiraklarga ishlov berishga sozlash va rostlash uchun quyidagilarni bilish kerak:
5B12 modelli tish kertish stanogining vazifasi va asosiy texnik xarakteristikalari;
Stanokning kinematikasi;
5B12 modelli tish kertish stanogini sozlash;
5B12 modelli tish kertish stanogini sozlash tartibi.
IV.1. 5B12 modelli tish kertish stanogining vazifasi va texnik xarakteristikasi
5B12 modelli stanok ichki va tashqi ilashmali to’g’ri va qiya tishli silindrik g’ildiraklar tayyorlashga mo’ljallagan. Stanokning umumiy ko’rinishi 1.01–rasmda keltirilgan. Pastki stanina 1 ga o’rta stanina 2, va o’rta staninaga yuqori stanina mahkamlangan. Yuqori stanina yo’naltiruvchilarida support 12, o’rta staninaga stol 18 joylashtirilgan.
1.01–rasm. 5B12 modelli stanokning umumiy ko’rinishi:
1 – pastki stanina; 2 – o’rta stanina; 3 – krivoship-shatun mexanizmini aylantirish dastagi; 4 – krivoship tishini mahkamlovchi gaykalar; 5 – shatun uzunligini o’zgartiradigan vint; 6 – shatunni mahkamlovchi gaykalar; 7 – radial surish kulachogini aylantirish dastagi; 8 – reverslovchi dastak; 9 – boshqarish pulti; 10 – supportni kertkichning botish chuqurligiga sozlash dastagi; 11 – supportni salt harakatini o’rnatish dastagi; 12 – support; 13 – kertkichni aylantirish dastagi; 14 – supportni salt harakatini ajratish dastagi; 15 – supportni mahkamlash gaykalari; 16 – shpindel; 17 – stolni aylantirish dastagi; 18 – stol.
Stanokning qisqacha texnik tasnifi: ishlov beriladigan tish moduli – 1...4 mm; ishlov beriladigan zagotovkaning eng katta diametri – 220 mm; ishlov beriladigan zagotovkaning eng katta qalinligi – 50 mm; kertkichning eng katta tushish uzunligi – 55 mm; elektr dvigateli quvvati – 1,7 kVt; stanokning massasi – 1850 kg.
Do'stlaringiz bilan baham: |