Mavzu: Jahon qora va rangdor metallurgiya sanoati.
Jahon qora metallurgiya sanoati 1,5 asr mobaynida (keyingi) toshko’mir havzalariga tayanib rivojlandi. AQSH, Horijiy Yevropa.
Rossiya metallurgiya markazlari ana shunday vujudga keldi. O’ziga jalb qilish bo’yicha 2-o’rinda temir ruda havzalari turadi. Jahonda hozirda 50 mamlakatda temir qazib olinadi. Lekin asosan bir necha mamlakatlarda eritiladi xolos.
Avvaliga metallurgiyaning kokslanadigan ko’mir va temir keltirishga tayanishi sababli qora metallurgiya korxonalari dengiz portlariga yaqinlashib borgan. Masalan: Yaponiya, Horijiy Yevropa qisman AQSHda. Keyingi vaqtlarda iste’molchilarga tayanish ayniqsa kuchaydi. Natijada yirik metallurgiya korxonalaridan kichik zavodlar qurishga o’tila boshlandi. Ularni erkin joylashtirish mumkin.
Asrimizning 50-60 yillari butun qora metallurgiya sanoati iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda to’plangan edi. Lekin keyingi vaqtlarda Braziliya, Koreya, Hindiston kabi mamlakatlarda ham temir eritish rivojlangan davlatlar darajasiga etdi va ba’zan o’zib ketdi.
Jahonda temir rudasi asosan yer po’stining seysmik mintaqalarida va platforma yoriqlarida uchraydi. Jahonda yiliga 1,1 mlrd t. temir rudasi qazib olinadi (2006 y).
Temir rudasi zapasi bo’yicha yetakchi davlatlar:
1.MDH-146 mlrd.t. 4.Kanada-25,3 mlrd.t.
2.Braziliya-49,3 mlrd.t. 5.AQSH-25 mlrd.t.
3.Avstraliya-45,4 mlrd.t. 6.Hindiston-19,3 mlrd.t.
Temir rudasi qazib olish bo’yicha yetakchi davlatlar (1994 yil mln.t.).
1.Xitoy-229 6.Hindiston-57
2.Braziliya-166 7.Kanada-36
3.Avstraliya-128,7 8.JAR-32
4.Rossiya-68 9.Shvesiya-20
5.AQSH-58 10.Venesuela-16
Temir rudasining asosiy eksportchilar: Avstraliya, Braziliya, Kanada, Hindiston.
Temir rudaning asosiy importchilari: Yaponiya, Germaniya, Xitoy, Koreya Respublikasi. Masalan: barcha ishlatiladigan temirni Yaponiyada 100%, Germaniyada 90%, Buyuk Britaniyada 66% chetdan keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |