Жаҳон иқтисодий ва ижтимоий географияси


Mavzu: Jahon xo’jaligi geografiyasi


Download 1.28 Mb.
bet11/64
Sana24.12.2022
Hajmi1.28 Mb.
#1050758
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64
Bog'liq
Jahon iqtisodiy - ijtimoiy geografiyasi

Mavzu: Jahon xo’jaligi geografiyasi.

Jahon xo’jaligi insoniyatning butun tarixi davomida shakllangan. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida Yevropa va Osiyodan keyin Yer kurrasining boshqa qit’alari ham xalqaro savdoga jalb etildi. Qit’alar o’rtasidagi mahsulotlar almashinishi jahon bozorining paydo bo’lishiga olib keldi. Transportning rivojlanishi bu bozorning bundan keyingi rivojlanishiga yordam berdi. Dengiz transporti barcha qit’alarni bir-biri bilan bog’ladi. XIX asrning 2 yarmidan boshlab temir yo’llarining uzunligi keskin oshib bordi.


Jahon xo’jaligining shakllanishida mashinalashgan yirik sanoat asosiy omil bo’ldi. Mashinalashgan yirik sanoat XVIIIasr oxiri va XIX asrning boshlarida Yevropaning bir qator davlatlari va AQSH da sanoat inqilobidan keyin vujudga keldi. Jahon xo’jaligi XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida mashinalashgan yirik sanoat, transport va jahon bozorining rivojlanishi natijasida vujudga keldi. Jahon xo’jaligi dunyodagi barcha mamlakatlarni butun jahon iqtisodiy munosabatlar orqali bir-biri bilan bog’lovchi uyg’unlikdir.
Jahon iqtisodiyotidagi yalpi mahsulotning 64 % i noishlab chiqarish sohasiga, 32 % i sanoatga, 4 % i qishloq xo’jaligiga to’g’ri keladi (XXI-asr boshida).
Jahon eksport mahsulotlarini 100 % deb olsak, uning 10 % i AQSH ga, 9 % i GFR ga, 8 % i Xitoyga, 6% i Yaponiyaga, 5 % i Fransiyaga, 4 % i Buyuk Britaniyaga, qolgan 58 % i boshqa davlatlar hissasiga to’g’ri keladi (2005 y).
Jahon xo’jaligining geografik modeli tobora murakkablashib boradi. XIX asrning oxirlariga qadar hamma ko’rsatkichlariga ko’ra bitta markaz - Yevropa ustun turar edi. I.A.Vitver bu davrni Yevropa – markaz davrida deb atagan. Keyinchalik 2-markaz – AQSH paydo bo’ldi. U tezda asosiy markaz bo’lib qoldi.
Jahon xo’jaligidagi eng yirik kreditor davlatlar: AQSH, Kanada, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Saudiya Arabistoni, Quvayt, BAA hamda G’arbiy Yevropa davlatlari. Qolgan deyarli barcha mamlakatlar qarzdor davlatlar hisoblanadi.
2 ta jahon urushi oralig’ida jahon ahamiyatiga ega bo’lgan yangi markazlar – sobiq SSSR va Yaponiya vujudga keldi. II - jahon urushidan keyin Xitoy, Hindiston, Janubi-G’arbiy Osiyodagi neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar guruhi, Kanada, Avstraliya, Braziliya kabi markazlar vujudga kela boshladi. Keyingi 20 yil mobaynida 4 ta “Osiyo yo’lbarsi” boshchiligidagi yangi industrial davlatlar jahonga tanildi. Bular natijasida Osiyo Tinch okeani regionining jahon xo’jaligidagi mavqei yanada o’sdi. Shunday qilib hozirgi vaqtda jahon xo’jaligining geografik modeli ko’p markazlilik hususiyatiga ega bo’ldi.
Jahon xo’jaligi ichidagi o’zaro munosabatlar yaqin vaqtlargacha 4 ta qutb – kapitalistik g’arb, sosialistik Sharq, “boy” Shimol va “kambag’al” janubning bo’lishi bilan belgilanar edi.
Jahondagi eng yirik oltin va chet el valyuta zaxiralariga ega bo’lgan davlatlar: AQSH, YAponiya, GFR, Fransiya, Shvesariya, Italiya, Xitoy, Singapur, Braziliya.
Hozirgi vaqtda jahon xo’jaligining ichki asosiy qarama qarshiligi “Shimol” bilan “Janubn”ning yoki markaz bilan chekkaning qarama-qarshiligi orasidagi farqdir.Masalan: 90 yillari jahon xo’jaligining butun chekka joylariga jahon IYAM ning va sanoat mahsulotining 15 % , qishloq xo’jalik mahsulotining 30% i to’g’ri kelgan. IYAM aholi jon boshiga hisoblanganda, bu mamlakatlarda 1000 dollardan kam bo’lmagani holda, G’arbning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarida 14000 dollardan ortiq bo’lgan.
Jahon bo’yicha IYAM ni 100 % deb olsak, shuning 21,2 % i AQSH ga, 11,8 % i Xitoyga, 7,3 % i YAponiyaga, 5,5 % i Hindistonga, 4,5 % i GFR ga, qogani boshqa davlatlarga to’g’ri keladi (2005 y).
IYAM si sotib olish pariteti aholi jon boshiga 30 000 AQSH dollaridan yuqori bo’lgan davlatlar: Lyuksemburg (58 900 $), AQSH, Kanada, YAponiya, Norvegiya, Finlandiya, Daniya, islandiya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, SHvetsariya, Avstriya, Avstraliya (2006 y).
IYAM si sotib olish pariteti aholi jon boshiga 500 AQSH dollaridan kam bo’lgan mamlakatlar: G’arbiy sahroi Kabir (2006 y).
Shu sababli jahon xo’jaligining “geografik modeli”ni takomillashtirishning asosiy yo’nalishi jahon xo’jaligi “chekka qismi”ni rivojlantirishdan iborat bo’lmog’i kerak.
Jahon xo’jaligining rivojlanishi quyidagicha: AQSH, Kanada, MDH,YAponiya va Xorijiy Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarida iqtisodiy o’sish pasaygan. Masalan, XX- asr oxirida iqtisodiy o’sish Tojikiston, Ukraina, Moldaviya kabi davlatlarda yiliga 8 % ni tashkil etadi. Aksincha, Xorijiy Osiyo davlatlari va Lotin Amerikasi mamlakatlarida yillik iqtisodiy o’sish ko’tarildi.Masalan, Xitoy iqtisodiyoti yiliga 10 %, Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari 7 %, Hindiston xo’jaligi 6 % ga o’smoqda.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling