Ilovada bayroqchalardan foydalanishga misollar
Download 20.95 Kb.
|
1 2
Bog'liqphptbHXZp ILOVADA-BAYROQCHALARDAN-FOYDALANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. CheckBox boshqarish obyekti va uning xossalari.
- 3. Ilovada global o‘zgaruvchilar yaratish.
ILOVADA BAYROQCHALARDAN FOYDALANISH 1. Bayroqchalardan foydalanishga misollar. Ilovalarda ko‘p foydalaniladigan boshqarish obyektlaridan biri bu bayroqchadir. Bayroqcha o‘rnatilgan va o‘rnatilmagan holatlarda bo‘lishi mumkin. Agar bayroqcha o‘rnatilgan bo‘lsa, nimadir ish qilinadi, o‘rnatilmagan bo‘lsa, hech narsa qilinmaydi. Bayroqchalardan foydalanishga misol sifatida Word matn muharririning abzas muloqot darchasidagi jildlardan biri quyidagi rasmda ko‘rsatilgan. Unda oltita bayroqcha bo‘lib, ulardan faqat birinchisi o‘rnatilgan. Delphida yaratilgan ilovalarda ham bayroqchalardan foydalansa bo‘ladimi? Albatta bo‘ladi, bu obyektlar ilovalardan foydalanishni yanada qulaylashtiradi va ulardan keng foydalaniladi. 2. CheckBox boshqarish obyekti va uning xossalari. Delphida bayroqcha obyekti CheckBox (Tekshirish qutisi) deb ataladi. Bu obyekt obyektlar panelining standart jildida to‘qqizinchi bo‘lib joylashgan. Quyidagi rasmda u qizil hoshiyaga olingan: CheckBox obyektining asosiy xossasi Checked (o‘rnatilgan) bo‘lib, u ikkita: rost va yolg‘on qiymatlarni qabul qiladi. Uning yana bir foydali xossasi bizga boshqa obyektlardan tanish bo‘lgan Caption (sarlavha)dir. Uning yordamida bayroqcha haqida uning yonida qisqa yozuvlar yaratish mumkin. 3. Ilovada global o‘zgaruvchilar yaratish. Ilovada bayroqcha obyekti bo‘lib, ilova ishlayotganida bayroqchaning necha marta o‘rnatilganligi muhim bo‘lsin. Bu ma’lumotni qanday saqlash mumkin. Bu ma’lumotni saqlash uchun quyidagicha ish tutish lozim. Ilovada birorta ortiqcha obyekt yaratib, uni ko‘rinmas qilib qo‘yamiz (Visible:=0). Dastlab uning enini 0 ga teng qilib olib (Width:=0), har safar bayroqcha o‘rnatilganda uning enini bittaga oshiramiz (Width:=Width+1). Lekin bu chorasizlik alomati. Bu usul bilan o‘zgaruvchilar massivini yaratib bo‘lmaydi. Qaytadan velosiped yaratishni bir chetga surib, oxirgi ilovamiz: butun sonlar yig‘indisini eslaylik. U yerda biz var i,m,n,s:integer; operatori yordamida bir nechta o‘zgaruvchilar yaratgan edik. Faqat bu o‘zgaruvchilar protsedura ichida yaratilganliklari sababli ulardan protseduradan tashqarida foydalanib bo‘lmaydi. Bunday o‘zgaruvchilar lokal (mahalliy) o‘zgaruvchilar deb atalardi. Ulardan farqli ravishda global (umumiy) o‘zgaruvchilardan dasturning ixtiyoriy joyida foydalanish mumkin. Global o‘zgaruvchilar dastur (ilova) boshida tavsiflanadi. Bu joyni topish uchun yaratilgan ilovaning dastur kodi oynasiga o‘tamiz va unda tavsiflash operatori varni qidiramiz. Download 20.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling