10-amaliy mashg’ulot mavzu: Kontaktli nuqtali payvandlash


Download 317.11 Kb.
bet2/2
Sana14.12.2022
Hajmi317.11 Kb.
#1004418
1   2
Bog'liq
10-mavzu.Kontaktli nuqtali payvandlash

Fbel=π(d2bel – d2) σz bel.o’r/4 , u holda (1) tenglama quyidagi ko’rinish oladi:
Fpay = Fo’+Fbel = πd2Po’/4 + π(d2bel – d2) σz bel.o’r/4
t = tpay bo’lganida bu tenglama quyidagi izchillikda yechilishi mumkin: GOST 15878-79 ga ko’ra d ning qiymati beriladi. Barqaror payvandlash rejimi uchun dbel.k ning qiymati 1,2d qilib olish tavsiya etiladi.
σz bel.o’r = σd bel.k.(2-d/dbel.k.), σd bel.k d bel.k = σokrkuke
Bu erda: σo plastik deformatsiyaning boshlang’ich qiymati.
kr, ku, ke koeffitsientlar berilgan metallar, qalinliklar va payvandlash rejimlariga oid jadvallardan aniqlanadi.
Po’.k. = 4 σd bel.k/ (Indbel.k.*e0.65/d + 1/3) = 4 dbel.k./ (In1.2e0.65 + 1/3) σd bel.k
Misol. Yo’g’onligi 1+1 mm, diametric 5 mm bo’lgan AMg6 qotishmasini nuqtali payvandlashdagi kuch hisoblab topilsin, σd bel.k = 200 MPa (qattiq rejim), dbel.k. = 1,2*5 = 6 mm
Yechish: Ushbuni topamiz σz bel.o’r =200(2-5/6) = 234 mpA;
Po’.k. = 1,3*200= 250 MPa ;
Fpay = π(5*10-3)2*260*106/4+ π(62-52)*10-6*2*34*106/4 = 7125N.

Kontaktli nuqtali payvandlash texnologiyasi. Kontakt nuqtali payvandlashda elementlarni biriktirish elektrodlarning qizdirish maydoni bilan cheklangan uchastkalarda yuz beradi, elektrodlar tok o’tkazadi va siqish kuchini uzatadi (9.7-rasm).



Kontakt nuqtali payvandlash bilan, odatda, bir xil yoki turlicha bo’lgan list konstruktsiyalar yoki prokatkalangan, presslangan, bolg’alangan va kesib ishlov berilgan detallari bo’lgan listlar payvandlanadi. Nuqtali payvandlashdan avtomobillar va traktorlarning detallarini, qishloq xo’jalik mashinalarining detallarini, uzellarini, sovitgich, temir yo’l vagonlarining uzellari, mikroelektronika detallari, uy-ro’zg’or buyumlari va boshqalarni payvandlashda foydalaniladi.


Bir vaqtning o’zida payvandlanadigan nuqtalar soniga qarab nuqtali payvandlash bir, ikki va ko’p nuqtali bo’lishi mumkin. Nuqtali payvandlashda detallar ustma-ust qilib yig’iladi, payvandlash transformatoriga ulangan elektrodlar orasida siqiladi, transformator tarmoqqa ulanganida detallar ular tegishib turgan joyda yoki nuqta yadrosida erigan zona hosil bo’lguniga qadar qisqa muddatli impuls (0,01-0,05 s) bilan qizdiriladi. Tok o’chirilgandan keyin kuch biroz saqlab turiladi, bu – nuqtaning erigan metalining kristallanishi bosim ostida sodir bo’lish uchun zarur bo’lib, cho’kish nuqsonlari – darzlar va g’ovaklar hosil bo’lishining oldini oladi. Nuqtali payvandlash elektrodlarning payvandlanadigan detallarga nisbatan joylashuviga qarab ikki tomonlama va bir tomonlama bo’lishi mumkin (9.7-rasm a va b).
Nuqtali payvandlash rejimining parametrlari: siqish kuchi, tok zichligi va tok o’tib turgan vaqt. Nuqtali payvandlashning siklogrammalaridan biri 9.8-rasmda ko’rsatilgan. Butun payvandlash sikli quyidagi bosqichlardan iborat:

  • payvandlanadigan detallarni elektrodlar orasida siqish;

  • tokni ulash va kontakt joyini erish haroratgacha qizdirib, nuqtaning quyma yadrosini hosil qilish;

  • tokni ulash va payvand nuqtaning strukturasini yaxshilash uchun siqish kuchini oshirish;

  • elektrodlarga qo’yilgan kuchni olish. 9.8-rasm




Nuqtali payvandlash yumshoq va qattiq rejimlarda o’tkaziladi. Yumshoq rejim tok zichligining nisbatan kichikligi (70-160 A/mm2) bosim nisbatan kam bo’lganida (15-40 MPa) siklning uzoq davom etishi bilan (0,5-3 s) tavsiflanadi. Qattiq rejim tokning zichligi kattaligi (160-400 A/mm2), bosimning kattaligi (150 MPa gacha) va payvandlash siklining kam davom etishi (0,1-1,5 s) bilan tavsiflanadi. Yumshoq rejimdan asosan uglerodli va kam uglerodli po’latlarni payvandlashda, qattiq rejimdan korroziyabardosh po’latlarni, aluminiy va mis qotishmalarni payvandlashda foydalaniladi.
Kam uglerodli po’latni payvandlash yumshoq va qattiq rejimlarining taxminiy qiymatlari quyidagilarni tashkil etadi: tokning zichligi j=80-160 va 200-400 A/mm2 , siqish kuchi Ps=(100-200)δ, bu erda δ – payvandlanadigan detallning qalinligi, elektrodning diametric de= 2δ+2,5 mm. Kam uglerodli po’latni payvandlashning taxminiy rejimlari 9.1-jadvalda keltirilgan.
Download 317.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling