10-Amaliy mashg‘ulot Meva terishda ishlatiladigan mashinalarni ishlash jarayonini o‘rganish


-rasm. Meva terishda foydalaniladigan idishlar


Download 246.65 Kb.
bet3/5
Sana04.11.2023
Hajmi246.65 Kb.
#1745898
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-Амалий машғулот 2

42-rasm. Meva terishda foydalaniladigan idishlar.


Narvonga chiqib meva terishda sumkalar ishchi yelkasiga ilib ko‘yilishi sababli, ishchining qo‘li bo‘sh bo‘ladi. Sumkalarning og‘ziga metall gardishlar kiydirilib, doimo ochiq holda turadi. Baland daraxtlardagi mevani terish uchun oldingi paragrafda shox butalash uchun tavsiya qilingan turli platforma, korzinalardan keng foydalaniladi.
O‘ta nozik mevalarni urintirmasdan terish uchun meva uzgichlar ishlatiladi. Yirik meva uchun pnevmatik (43 - rasm) yoki mexanik meva uzgichlar ishlatiladi. Pnevmatik meva uzgichning dyuralumindan yasalgan trubasi 4ning uchida maxsus rezina idish 2, pastida esa rezina «grusha» (havo haydagich) 5 o‘rnatilgan buladi. Idish 2ning ichida ikki kavatli rezina qopchiq 1 solingan bo‘lib, uning uchi naycha 3 yordamida «grusha» bilan ulangan.


43-rasm. Meva uzgichlar:
1 — qopchiq; 2 — idish; 3 — naycha; 4 — truba; 5 — «grusha».


Ishchi uziladigan mevaga idish 2 ni kiydirib, «grusha»ni qo‘li bilan qisadi. «Grusha»dagi havo qopchiqning ichiga ko‘chib o‘tib, mevani qisib qo‘yib uzib oladi va qopchiqqa tashlaydi. Ishchi «grusha»ni bo‘shatib, qopchiqdan mevani asta - sekin sug‘urib oladi va tara (yashik)ga soladi. Olcha, gilos, zaytun kabi mevalarni mexanik meva uzgichda terish foydali bo‘ladi. Yong‘oq, bodom, funduk hosilini avvaliga qo‘lda qoqib, yerga tushganini terib olishadi.
Nozik bo‘lmagan meva bilan o‘z idishini to‘ldirib ulgurgan ishchi, hosilni konteyner (44 - rasm)ga to‘kadi. Konteyner hajmi katta (0,5 kub. m) bo‘lib, hosilni omborga transportlash (olib borish) ga, u yerda ustma - ust joylashtirib, uzoq saqlashga xizmat qiladi. Konteyner bo‘shatilganidan so‘ng, joyni kamroq egallashi uchun diagonali bo‘yicha ochilib (44 6 - rasm) bir-birining ichiga solib qo‘yiladi.


Download 246.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling