10-Amaliy mashg‘ulot Meva terishda ishlatiladigan mashinalarni ishlash jarayonini o‘rganish
Download 246.65 Kb.
|
10-Амалий машғулот 2
10-Amaliy mashg‘ulot Meva terishda ishlatiladigan mashinalarni ishlash jarayonini o‘rganish. Bog‘larda yetishtirilgan hosilni yig‘ishtirish o‘ta mas’uliyatli va sermehnat ish hisoblanadi. Pishgan hosilni juda qisqa vaqtda yig‘ishtirib olinmasa, nobudgarchilik keskin oshib ketadi. Hosil yigishtirishga yillik harajatlarning 40—60% sarflanadi. Daraxtlardagi mevalarni terib olishdan oldin, hosilning har xil sabablarga ko‘ra yerga to‘kilgan qismini yig‘ishtirib olish lozim, aks holda, terim vaqtida ular bosilib, mutlaq yaroqsiz bo‘lib qoladi. Yerga to‘kilgan meva yig‘ishtirilib olinganidan so‘ng, saralanib, yaroqli qismi texnik maqsadda ishlatiladi. Yerga to‘kilgan mevani terib oladigan mashinalar pnevmatik, mexanik, ignasimon turlarga bo‘linadi. Pnevmatik usulda ishlaydigan mashinaning imkoniyatlari cheklangan. Ular bilan asosan yengil (masalan, yong‘oq) mevalar yerdan terib olinadi. Shu sababli, nisbatan og‘ir mevalarni mexanik-pnevmatik usulda ishlaydigan mashinalar bilan terishadi. Vakuum so‘rgich bilan jihozlangan rotorli meva tergich (38-rasm)ning elastik rotori 4 rama 5 ga o‘rnatilgan. Rama o‘z navbatida pnevmatik g‘ildirak 6 ga joylashgan bo‘lib, traktorning yon tomoniga osilgan. Traktorning quvvat olish vali yordamida vakuum qurilmasi 15 ishlatiladi. Gidrosilindr 1 tergichni ko‘tarib - tushiradi. Elastik rotor zanjir 7orqali g‘ildirakdan aylanma harakat oladi. Bunga gidromotor 8 ham yordam berib turadi. Transportyor 9, 11, 12 lar terilgan mevani yashik 13 ga keltiradi. Rotorning o‘zi esa val 16, zolotnik 20, naycha 17, shlang 18, vakuum so‘rgich 19 dan iboratdir. Rotor g‘ilof 3 bilan yopilgan. Ko‘ndalang transportyor 9 bilan rotor orasiga qaytargich 10 qo‘yilgan. G‘ildirak oldidagi so‘rgich 2 mevani bosib ketmaslikka xizmat qiladi. a-agregat sxemasi; b-elastik rotor ishining sxemasi; d-vakuum so‘rgich sxemasi; 1-gidrotsilindr; 2, 6-tayanch g‘ildiraklar; 3-g‘ilof; 4-rotor; 5-rama; 7-zanjir; 8-gidromotor; 9, 10, 11, 12-transportyorlar; 13-yashik; 14-tirkalma arava; 15-traktorning osish moslamasi; 16-val; 17-naycha; 18-shlang; 19-vakuum so‘rgich; 20-zolotnik. Agregat daraxtlar orasida ishlayotganida, yerda yotgan mevani so‘rgich o‘ziga surib, uni ushlab turadi. Meva kundalang transportyordan balandroq ko‘tarilganida, zolotnik vakuumni yopib qo‘yadi, meva transportyorga yiqilib tushadi. Transportyorlar mevalarni tirkalma aravachaga yetkazadi. a-umumiy ko‘rinishi; b-mevani ilintirish sxemasi; 1-osish moslamasi; 2-g‘ilof; 3-ignali baraban; 4-rama; 5-tasmasimon transportyor; 6-ajratkich; 7-harakat yuritmasi. Ignasimon tergich (39 - rasm) yordamida terilgan meva texnik maqsadda teriladi va sovutkichda bir necha kun saqlanishi mumkin. Ignasimon tergich traktorning yon tomoniga osiladi, kismlari: ignali baraban 3, g‘ilof 2, ajratkich 6, rama 4, osish moslamasi 16, tasmasimon transportyor 5, harakat yuritmasi 7. Agregat daraxtlar orasida yuritilganida, ignalar (uzunligi 25 mm) yerda yotgan mevani ilintirib oladi va yuqoriga ko‘taradi. Barabanga urinma shaklida taroqsimon ajratkich o‘rnatilganligi sababli, meva taroqning ustida qoldiriladi va u yerdan transportyorga uzatiladi. Download 246.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling