10-amaliy mashg’ulot Sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalarini akkreditlashtirish tartibi Ishning maqsadi: Sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalarini akkreditlashtirish tartibini tahlil


-bob. Akkreditatsiya o‘tkazish tartibi


Download 20.79 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi20.79 Kb.
#1575015
1   2   3
Bog'liq
10-amaliy mashg'ulot

3-bob. Akkreditatsiya o‘tkazish tartibi

7. Ariza beruvchilarni akkreditatsiyadan o‘tkazish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgansxemaga muvofiq amalga oshiriladi.


Ariza beruvchi Markaz tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha Markazga ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarni ilova qilgan holda, yozma yoki elektron shakldaakkreditatsiya qilishga buyurtma (keyingi o‘rinlarda buyurtma deb ataladi) beradi.


8. Ariza beruvchilar buyurtmaga quyidagi hujjatlarni va ma’lumotlarni ilova qiladi:


akkreditatsiya qilinishi so‘ralayotgan akkreditatsiya sohasini aniqlovchi muvofiqliknibaholash obyektlari yoki sinov usullari (metodikalari) va/yoki o‘lchash turlarining ro‘yxati;


sifat bo‘yicha qo‘llanma va sifat menejmenti tizimi tartib-tamoyil hujjatlari;


mahsulot, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlarni sertifikatlash organlari va inspeksiyaorgani uchun qo‘shimcha ravishda — xodimlar va sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar to‘g‘risidagima’lumotlar, sertifikatlashni (inspeksiyani) o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi hujjat va inspeksiya organitomonidan qo‘llaniladigan (zarur hollarda) texnika vositalari va asbob uskunalar to‘g‘risidagi hujjat;


sinov, kalibirlash va tibbiyot laboratoriyalari (markazlari), metrologiya xizmatlari uchunqo‘shimcha ravishda — laboratoriya, xodimlar va ular tomonidan qo‘llaniladigan sinov, o‘lchovvositalari hamda sinov uskunasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.


9. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar vama’lumotlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.


Ariza beruvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra, akkreditatsiya obyektiga aloqador qo‘shimcha hujjatlar vama’lumotlarni taqdim qilishi mumkin.


10. Markaz, taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarni to‘liqligi yuzasidan buyurtmanio‘rganadi. Buyurtmani o‘rganish ijobiy natija bersa, u ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ikki ish kunidan


kechikmay akkreditatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma (keyingi o‘rinlarda shartnomadeb ataladi) tayyorlanadi va ariza beruvchiga yuboriladi.


Ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar va ma’lumotlar taqdimetilmagan taqdirda, Markaz bir ish kunidan kechikmay ariza beruvchiga hujjatlarni puxta ishlabchiqish uchun qaytarish haqida xabar qiladi.


11. Ariza beruvchi tomonidan to‘lov to‘langach, Markaz taqdim etilgan akkreditatsiya obyektihujjatlarini ekspertizadan o‘tkazadi. Ekspertiza natijalari bo‘yicha kamchiliklar aniqlangan taqdirda,ularni bartaraf etish uchun Markaz joyida baholash o‘tkazishga qadar bu haqda akkreditatsiyaobyektini xabardor qiladi. Ekspertizadan o‘tkazish muddati o‘n besh ish kunidan oshmasligi kerak.


Akkreditatsiya obyekti aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risida xabarni qabul qilgandan so‘ngjoyning o‘zida baholashni o‘tkazish uchun shartnoma imzolashni va keyingi akkreditatsiya jarayonio‘tkazishni rad etish huquqiga ega va bu haqda Markazni yozma xabardor qiladi.


12. Taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish tugallanganidan so‘ng vaakkreditatsiya obyekti joyining o‘zida baholashni o‘tkazish uchun to‘lov to‘langach, Markaz uch ishkuni davomida milliy va/yoki xalqaro baholovchilar va texnik ekspertlardan iborat baholash guruhinishakllantiradi.


13. Baholash guruhi tarkibi va baholash o‘tkaziladigan sana akkreditatsiya obyektiningasoslangan takliflarini inobatga olgan holda, u bilan kelishib olinadi.


Baholash guruhi rahbari va tarkibi Markaz rahbarining yoki u tomonidan vakolat berilganshaxsning buyrug‘i bilan tayinlanadi.


14. Akkreditatsiya obyektining akkreditatsiya talablari va shartlariga muvofiqligini, texnikjihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini va akkreditatsiyaobyekti so‘ralgan funksiyalarni bajara olish qobiliyatini baholash baholash guruhining asosiyvazifalari hisoblanadi.


15. Akkreditatsiya obyektini joyning o‘zida baholash muddatlari uning faoliyatixususiyatlarini, shuningdek, ularni ixtisoslashtirilgan (laboratoriya, tashxis, metrologiya,metodologik, ishlab chiqarish va texnologik) baholash zaruratini hisobga olgan holda Markaztomonidan aniqlanadi. Bunda akkreditatsiya obyektini baholash muddati o‘n ish kunidan oshmasligikerak.


16. Baholash tasdiqlangan rejaga muvofiq o‘tkaziladi. Baholash rejasi Markaz rahbari yoki utomonidan vakolat berilgan shaxs tomonidan tasdiqlanadi. Buyruq va baholash rejasi akkreditatsiyaobyektiga joyning o‘zida baholash o‘tkazishga qadar tanishish uchun taqdim etiladi.


17. Baholash guruhi akkreditatsiya obyektining akkreditatsiya sohasiga kiritilgan har birso‘ralgan faoliyat yo‘nalishini baholaydi.


Akkreditatsiya obyekti joyning o‘zida baholash o‘tkazish uchun shart-sharoitlar, shujumladan baholash guruhiga zarur ma’lumot, yozuvlar va hujjatlardan (shu jumladan, ichki auditnatijalaridan) foydalanish, binolarga kirish hamda xodimlar malakasini baholash imkoniyatiniyaratadi.


Xodimlar malakasini baholash ularning shaxsiy kartalarini o‘rgangan holda so‘ralgansohadagi malakasi, tayyorgarligi, ma’lumotini, muvofiqlikni baholash bo‘yicha ko‘nikmalarininamoyish qilishini kuzatish va suhbatdan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.


Baholash guruhi laboratoriyalararo qiyosiy sinovlar natijalarini va o‘lchov vositalarinikalibrlash hamda taqqoslash tekshiruv natijalari, shuningdek, so‘ralgan sohalarda nazorat sinovlario‘tkazilishini talab qilishga haqlidir.


Tarkibiga akkreditatsiya obyekti kiradigan yuridik shaxsda sifat menejmentiningsertifikatlangan tizimini mavjudligi akkreditatsiya obyekti uchun bu boradagi akkrreditatsiya talablariva shartlari bajarilganining tasdig‘i bo‘la olmaydi.




18. Joyning o‘zida baholash o‘tkazish uchun shart-sharoit yaratib berilmagan holatda,baholash guruhi rahbari Markazga tegishli raport taqdim etishi shart, Markaz uning asosidabaholash ishlarini bir oydan oshmaydigan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Download 20.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling