10-Amaliy: Tuproqni bakteriologik va gelmintologik tekshirish
Download 18.81 Kb.
|
1 2
Bog'liq10-ameliy
10-Amaliy: Tuproqni bakteriologik va gelmintologik tekshirish. Darsning maqsadi - tuproqning tarkibida uchraydigan turli patogen mikroblarni, gelmintlarni, ularning tuxumlarini, lichinkalarini va zamburg‘larni aniqlash usullari bilan tanishish. Darsning kerakli asboblar va reaktivlar - jadvallar, oziqa muhiti qo‘yilgan Petri kosachasi, termostat, zararsizlantirilgan kolbalar, havoncha, 5 % li uyuvchi natriy eritmasi, azotli natriy eritmasi, Goldman daxanasi, filtr qog‘oz, avtoklav, 3% li formalin yoki xlorid kislota eritmasi. Darsning mazmuni - tuproq har xil mikroorganizmlarga (bakteriya, aktinomitset, mog‘or, achitqi, sodda va suv hayvonlari) nihoyatda boy. Qora tuproqda - qumoq, kulrang tuproqga nisbatan mikroorganizmlar ancha ko‘p bo‘ladi. Namlik yuqori va yomon havo almashadigan yoki haddan tashqari quruq tuproqda esa kam bo‘ladi. Eng ko‘p mikroorganizmlar tuproqning 10 - 30 sm qalinligida bo‘lib, 1 g tuproqda ular mingdan bir necha millionlargacha uchraydi. Tuproqning eng ustki betida mikroorganizmlar juda kam bo‘ladi, chunki quyosh nuri va qurg‘oqchilik tufayli ular nobud bo‘ladi. SHu bilan birga 2 - 4 m chuqurlikda 1 - 2 dona va 6 m chuqurlikdan keyin umuman mikroblar uchramaydi. Buning sababi tuproqning ustki qatlamlarida oziqa muhiti ko‘p bo‘lib, mikroblar o‘sishiga sharoit yaxshi bo‘ladi. Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar soni yilning fasliga qarab o‘zgaradi ya’ni qishda eng kam, bahorda eng ko‘p va yozda esa maksimumga etadi. Tuproq mikrofloralari juda xilma-xil bo‘lib, ko‘pchiligi saprofitlardir. Chunonchi, kokklar shaklidagi saprofitlar, spora tashuvchi anaeroblar, termofill bakteriyalar, pigmentli va pigmentsiz sporasiz bakteriyalar ko‘p uchraydi. Tuproq tarkibida saprofitlardan tashqari patogen mikroblar, sporalari va gelmintlarning tuxumlari ham ko‘p bo‘ladi. Patogen mikroblar tuproqqa tushgandan keyin tez halok bo‘ladi va yoki patogenlik xossalarini yo‘qotadi. Biroq spora hosil qiladigan bakteriyalar (kuydirgi, qoqshol, gazli gangrena, botulizm qo‘zg‘atuvchilari) tuproqda uzoq vaqt tirik qolishi mumkin. Masalan, kuydirgi bakteriyalarining sporalari tuproqda 10-20 yilgacha va bundan ko‘ra ko‘proq saqlanib qoladi. Tuproqdagi bakteriyalarning nechog‘li uzoq yashashi oziq muhiti va nam bor-yo‘qligiga ko‘p darajada bog‘liq. Nam tuproqda bakteriyalar quruq tuproqdagiga qaraganda 2 - 4 baravar ko‘p saqladi. Masalan, kuydirgi kasalligining mikrobi tuproq neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitda bo‘lsa uzoq vaqt saqlanibgina qolmay, hatto faollashadi. Tuproqda ma’lum sharoitlarda spora hosil qilmaydigan patogen mikroblardan sil, brutsellyoz, cho‘chqa saramasi, salmonellyoz, parranda pullorozi, nekrobatsillyoz, oqsil, dermatomikoz va boshqa kasallik qo‘zg‘atuvchilari ancha kungacha saqlanadi. Odam va hayvonlar axlati bilan birga tuproqqa gijja tuxumlari va bug‘imlari tushib turadi. Tuproq parazit hayot siklining bir qismi kechadigan muhit bo‘lgani uchun gelmintozlarning tarqalishida, xususan askaridozning tarqalishda katta rol o‘ynaydi. Bitta urg‘ochi askarida odam yoki hayvon ichagida bir kecha-kunduz mobaynida 24000 gacha tuxum qo‘yadi, uning shu tuxumlari keyingi axlat bilan tashqariga chiqariladi. Bevosita tuproq yuzasida harorat yuqori va nam yo‘q bo‘lganda quyoshning ultrabinafsha nuri ta’sirida askarida tuxumlari 7 soatda halok bo‘ladi. Lekin 2,5 - 10 sm chuqurlikda askarida tuxumlari qurish va quyosh nurining ta’siridan saqlanib qolib, yashash qobiliyatini bir yilgacha yo‘qotmasligi mumkin. Bakteriologik tekshirish uchun tuproq namunalari odatda Nekrasovning tuproq parmasi yordamida olinadi. Bu parma yordamida 3 metrgacha chuqurlikdan tuproq namunalarini olsa bo‘ladi. Parmalashdan oldin parmaning ishchi qismi har safar kuydiriladi. Parma bo‘lmasa va namuna tuproqning yuza qatlamlaridan olinadigan bo‘lsa, zarur chuqurlikda chuqurcha kovlanib, keyii alangaga tutilgan pichoq yoki shpatel bilan tuproq kesmasining yuza qatlami olib tashlanadi, alangaga tutilgan qoshiq bilan tuproq olinib, ishqalab bekitiladigan yoki paxta tiqinli steril idishga solinadi. Namuna solingan idishni og‘zini bekitishdan avval tiqinni alangada zararsizlantirish lozim. Bitta namunaga qarab tuproqning sanitariya holati to‘g‘risida fikr bildirish qiyin bo‘lganidan bakteriologik tekshirish uchun odatda bir nechta namuna olinadi. Tuproqni sanitariya gigiena tomonidan baholashda uning tarkibida uchraydigan mikroblarning umumiy soni, ichak tayoqchalarining koli - titri va koli - indeksi, gelmintlarning tuxumlari, lichinkalari hamda zamburg‘larni aniqlash ishlab chiqarish amaliyotida katta ahamiyatga ega. Tuproqni bakteriologik tekshirishda qo‘yidagilar aniqlanadi. Download 18.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling