10-Amaliy: Tuproqni bakteriologik va gelmintologik tekshirish


Download 18.81 Kb.
bet2/2
Sana08.05.2023
Hajmi18.81 Kb.
#1447108
1   2
Bog'liq
10-ameliy

Mikroblarning umumiy sonini aniqlash - zararsizlantirilgan byuks ichida yaxshilab aralashtirilgan tuproqdan 1 g o‘lchab olinib havonchada 5 minut maydalab eziladi. Ezilgan tuproqni zararsizlantirilgan kolbaga solib, ustiga 100 ml suv qo‘yib, 10 minut davomida chayqatilib aralashtiriladi va 5 minut tindiriladi. So‘ngra shu suspenziyadan tuproqning ifloslanish darajasiga qarab 0,1 dan 0,00001 gacha eritma tayyorlanadi. Tayyorlangan eritmadan 0,1 ml dan zararsizlantirilgan pipetka yordamida GPA qo‘yilgan probirkaga qo‘yilib, kaft orasida ishqalab aralashtiriladi. Keyin Petri kosachasiga quyilib 72 soat +250 - 300C li termostatda saqlanadi. Shundan so‘ng o‘sgan mikroblar koloniyasi PSB-1 priborida sanalib 1 g tuproqdagi mikroblarning umumiy soni aniqlanadi.
Tuproqning koli - titri va koli - indeksini aniqlash - buni aniqlashda Nessler oziqa muhiti ishlatiladi.
Koli - titr deb, eng kam miqdordagi tuproq, suv va oziq - ovqat mahsulotlarini tekshirganda 1 dona ichak tayoqchasining bo‘lishiga aytiladi.
Koli - indeks deb, tekshirilgan 1 litr miqdordagi mahsulotda topilgan ichak tayoqchalarining soniga aytiladi.
Nessler muhitidan po‘kak tiqinli probirkaga 5 ml qo‘yilib, 15 minut davomida +1200C li avtoklavda zararsizlantiriladi. So‘ngra tayyorlangan tuproq suspenziyasidan probirka ichidagi oziqa muhitiga ekiladi. Keyin termostatda + 370C da ma’lum kamida 24 soat saqlanib, o‘sgan mikrob koloniyalari sanaladi.
Tuproqdagi gelmintlarning tuxumini aniqlash - buning uchun metall kurakcha bilan bir necha joydan 100 grammdan 5 - 10 ta tuproq namunasi olinadi. Namunalar uzoq vaqt tekshirilmaganda og‘zi ochiq shisha idishda 3 % li formalin yoki 3 % li xlorid kislota eritmasi bilan konservatsiya qilinadi. Bu holatda 18 - 24 soat saqlanib, vaqti - vaqti bilan aralashtiriladi. Maydalangan tuproq namunasidan 5 - 10 g olinib, 50 ml hajmdagi sentrifuga probirkasiga solinadi. Ustiga 20 ml 5 % li uyuvchi natriy eritmasidan qo‘shilib shisha tayoqcha yordamida 4 - 5 minut davomida 4 marta aralashtiriladi. Probirka ichidagi aralashma 1 - 2 minut sentrifugada aylantirilib, probirkadagi ortiqcha ishqor to‘kiladi. Keyin probirkaga azotli natriy eritmasidan qo‘yib, 2 minut davomida 3 - 5 marta sentrifugada aylantiriladi. Har safar aylantirilgandan so‘ng ustida hosil bo‘lgan pardani ilmoq bilan olib suvli stakanga aralashtiriladi. Sentrifuga stakanidagi tuproq nordon azotli natriy eritmasi bilan yaxshilab aralashtirilib, yana aylantiriladi. Probirkadan olingan parda bilan aralashtirilgan suv Goldman dahanasiga o‘rnatilgan filtr qog‘oz orqali o‘tkaziladi va ho‘llangan filtr qog‘oz mikroskopning kichik ko‘rsatgichida tekshirilib, gelmintlarning tuxumi aniqlanadi.
Topshiriq № 1Tuproqdagi mikroblar, ichak tayoqchalari va gelmint tuxumlarini aniqlang
Utkazilgan tekshirish natijalari

Tuproq turi

Mikrob soni

Koli titri

Koli indeksi

Gelmint tuxumlari

Qumli













Qora













Bo‘z













Nazorat savollari.

  1. Tuproqning ifloslanish darajasi nima.

  2. Tuproqning o‘z - o‘zidan tozalanishini tushuntiring.

  3. Tuproqning koli - titri va koli - indeksi nima.

  4. Tuproqdagi gelmintlar tuxumi qanday aniqlanadi.

Download 18.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling