10-amaliy Yoritish Qurilmalarni xisoblash Elektr yoritish Qo‘llash doirasi, umumiy talablar
Download 213.99 Kb. Pdf ko'rish
|
10-амалий (1)
Yerlagichlar
6.1.20. Elektr yoritish moslamalarini yerlagichlari EUTQning 1.7 bob II-bo„limi talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak, shuningdek, mazkur qoidalarning 6.3.8, 6.3.20, 6.4.9, 6.5.4, 6.5.16, 6.5.23 va EUTQning 7.1-7.3-bob VII-bo„limi bandlarida berilgan qo„shimcha talablarga ham javob berishi kerak. 6.1.21. CHo„g„lanma lampali va DRL, DRI, natriy va lyuminestsent lampali yoritgichlar o„rnatilgan umumiy yoritish tizimining yerlagichlari quyidagicha amalga oshirilishi lozim: 1. Neytrali yerlangan tarmoqlarda: yoritgichga kabelь, himoyalangan simni, metall truba yoki himoyalanmagan simlar (EUTQning 1.7 bob II-bo„limidan chetlashish holati) orqali bajarilganda - chiroq ichidagi N (ichi nol sim) orqali; yoritgiyaga ochiq himoyalanmagan simlar kiriganda - yoritgichning yerlagichiga ulangan egiluvchan izolyatsiyalangan simlarda va yoritgichga yaqin bo„lgan qo„zg„almas tayanch yoki qutidagi N simi orqali. Bu talablar, shuningdek, ikki qutbli rozetkalari nol himoya aloqalari RE (nol himoya) uchun qo„llaniladi. Lekin oshxona va kvartiralardagi elektr uskunalar, mehmonxonalar, tibbiy muassasalarda, yotoqxonalardagi elektr qurilmalari uchun guruhli shitlardan himoya kontaklarigacha mustaqil PE simlar qo„yilishi kerak. 2. Neytrali izolyatsiya qilingan yorug„lik moslamasiga simlar va kabellarni kiritishning har qanday usullarida - yoritgichning yerlagichiga ulangan egiluvchan izolyatsiyalangan simlarda. 6.1.22. DRL, DRI, natriy va lyuminessent lampali umumiy yoritish chiroqlarini yerlagichi yerlangan ishga tushirish-boshqarish apparatlariga ulash yordamida amalga oshirilishi mumkin. 6.1.23. Izolyatsiyalangan materialli qobiqlarga mahkamlangan yoritgichlarni metall qismlarini yerlash talab qilinmaydi. 6.1.24. 42 V dan yuqori kuchlanishli mahalliy yoritish moslamalarini yerlagichi quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1. Kronshteyn va chiroq tanasi o„rtasida elektr aloqa bo„lmasa, u holda bu maqsad uchun maxsus mo„ljallangan himoya o„tkazgich yordamida amalga oshirilishi kerak. 2. Yerlagich simlari chiroqning tanasiga emas, balki chiroq o„rnatilgan metall konstruktsiyaga ulansa, metall konstruktsiya, kronshteyn va chiroq tanasi o„rtasida ishonchli elektr aloqasi bo„lishi kerak. 6.1.25. Kuchlanishi 42 V dan yuqori bo„lgan ko„chma yoritgichlarning qobig„ining yerlagichi egiluvchan simli kabelь orqali amalga oshirilishi kerak, bunda bu kabellar bir vaqtning o„zida ishchi tokka xizmat qilmasligi kerak. Ushbu ko„rsatilgan sim, rozetkaning himoya kontaktiga mustaqil ravishda ulanishi kerak. 6.1.26. Neytrali izolyatsiyalangan tarmoqlarda temir-beton va metall tayanchlarga o„rnatilgan tashqi yoritish moslamalari yerlangan bo„lishi kerak. Yerlagichi yoki kabel muftalari bo„lmagan yog„och tayanchlarga o„rnatilgan tashqi yoritish moslamalari yerlanishi talab qilinmaydi. Download 213.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling