10. Asosiy qurilma va sexlarning texnologik qismini loyihalash
Download 377.59 Kb.
|
10 уз
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Texnologik qurilmani loyihalash uchun boshlang’ich materiallar.
Hozirgi zamonaviy gazni qayta ishlash korxonalarida gaz turli loyihalar asosida qayta ishlanib kimyoviy va yoqilg’i mahsulotlarning kompleksi ishlab chiqariladi. Korxonalarning tashkiliy strukturasi bir nechta qurilmalarni bitta yoki bir butun ishlab chiqarishga birlashtirishga qaratiladi. Qurilmalarning loyihalari qurilayotgan korxona GQIK , GKK loyihasining asosini tashkil qiladn. 1950-1970 yillarda GQIK lari asosan o’xshash loyihalar asosida qurilgan. O’xshash loyihalarni qo’llash loyihalash qiymatini kamaytiradi, qurilishni tezlashtiradi va arzonlashtiradi. Lekin o’xshash loyiha asosida qurilgan korxonaning ish ko’rsatkichlari homashyoni sifati turlari o’zgarganda ko’p qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Bunday qurilmalarda va mo’lajallangan turdagi va sifatli mahsulotni olib bo’lmaydi. Har bir korxona uchun harakterli bo’lgan o’zining birlamchi va ikkilamchi jarayonlari bo’lib gazlardagi komponentlarni miqdoriy nisbati har - xildir. 1970 yildan boshlab gazni qayta ishlash korxonaarida qayta qo’llaniladigan qurilmalarni qurish keng qo’llanila boshlandi. Bu qurilmani loyihasi biror-bir buyurtmachi tomonidan buyurtma qilinadn va keyinchalik boshqa jarayonlarda qo’llaniladi. Buning uchun loyihaga ozgina o’zgartirish kirgiziladi. Bu o’zgartirishni birinchn loyihani muallifi yoki zavod qurilishining general loyihachisi bajaradi. Asosiy qurilma va sexlarning texnologik qismini loyihalash bu jarayonda muhim o’rin tutadi. 2. Texnologik qurilmani loyihalash uchun boshlang’ich materiallar. Texnologik qurilmani loyihalash uchun boshlang’ich materiallarga: loyihani bajarish uchun tasdiqlangan topshiriq, jarayon bo’yicha boshlang’ich ma’lumotlar, loyihani texnik sharoiti kiradi. Download 377.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling