10-bilet Monopoliya va oligapoliya. Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi


Download 51.5 Kb.
bet1/2
Sana28.01.2023
Hajmi51.5 Kb.
#1135277
  1   2
Bog'liq
10-bilet Iqt.Nazariya


10-bilet.1.Monopoliya va oligapoliya.Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. O‘zbekistonda sof monopoliyalar sifatida «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AK, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi kabilarni misol keltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o‘z tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi va xizmat ko‘rsatuvchisi hisoblanadilar. Shuningdek, ba’zi hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko‘payib borishi monopolistik raqobat holatining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida faqat uglevodorod xomashyosi, qimmatbaho va rangli metallar, uran xomashyosini qazib oladigan va qayta ishlaydigan korxonalarni, shuningdek, tabiiy monopoliyalarning strategik infratuzilma tarmoqlarini — temir va avtomobil yo‘llari, aviatashuvlar, elektr energiya ishlab chiqarish, elektr va kommunal tarmoqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat boshqaruvida saqlab qolish maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda.
Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopolist ishlab chiqaruvchilarga O‘zbekistonda sement (asosan Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko‘mir (Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg‘un) va Boysun (To‘da) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin
2.Foyda…Foydani maksimumlashtirish uchun riskka borishga to‘g‘ri keladi, shu sababh tadbirkorlar riskni kamaytirishga intiladilar va bunga asosan to‘rt y o i bilan erishiladi: 1. Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash. Bunda kapital bir-biriga bogiiq boimagan turli sohalarga joylashtiriladi. Bunda bir
yerdagi yo‘qotish boshqa yerdagi yutuq büan qoplanib turadi. Masalan, uy elektr jihozlari chiqaruvchi firma pulini dazrnol, isitgich, konditsioner, elektropech, kir yuvish mashinasi va ventilyator
ishlab chiqarishga joylashtiradi. Bunda bordi-yu dazmol chiqarish beradigan foyda 0,5 min dollarga kamayib ketsa, ventilyator chiqarishda foyda 0,5 min dollarga oshib, yo‘qotishning o‘rnini qop
laydi. Kir yuvish mashinasini chiqarish esa foydani 0,5 min dollarga oshiradi. 2. Tadbirkorlik faoliyatini sug‘urtalash. Bunda firma ehtimoli bor yo'qotishni sug‘urtalab qo‘yadi. Masalan, fermer qurg'oqchilik
yuz berganda 0,2 min dollar yo‘qotadi. Qurg‘oqchilik borligini inobatga olib, u bo‘lg‘usi hosilni sug‘urtalaydi. Agar qurg‘oqchilik bo'lsa sug‘urta kompaniyasi yo‘qotilgan hosil qiymatining bir
qisinini to‘laydi. Yo‘qotish qisman qoplanganidan fermer riski kainayadi. 3. Sherikchilik kapitaUni hosil qilish. Bunda shirkat firmalari lashkil etilib, uning kapitali bir necha sheriklarga qarashli bo‘ladi.
iUi yerda faqat erishilgan yutuq emas, balki ehtimoldan yiroq bo’lmagan yo‘qotish ham sheriklar o‘rtasida taqsimlanadi. Masalan, chinni zavodi qurish uchun 5 mlrd so‘m kerak. Shu pulni 5 ta sherik
birgalikda qo‘yadi. Kutiladigan yo‘qotish 500 mln so‘m. Agar zavodning egasi bitta bo‘lganda hamma 500 mln so‘mlik yo‘qotish uning zimmasiga tushgan bo‘lar edi. Zavod sheriklarniki bo‘lgani
uchun shu 500 mln so‘m 5 kishi zimmasiga tushadi. Demak, sherikchilik kapitali riskning taqsimlanishiga va uni har bir sherikka tushadigan yukini yengillashtirishga olib keladi. 4. Axborotni to‘plash va undan samarali foydalanish. Firma riskning oldini olish yoki uni kamaytirish uchun ichki va tashqi bozordagi ahvol, u yerda narxlarning o‘zgarishi, tovarlar sotilishining dinamikasi, raqobatchilarning fe’l-atvori va sa’y-harakatlari to‘g‘risida, partnyorlar ahvoli, davlat siyosatida kutilayotgan o‘zgarishlardan xabar topishi kerak. Firma oladigan axborot qanchalik xilma-xil, ko‘p manbali va miqdoran ko‘p bo‘lsa, shunchalik uning simmetrik bo‘lish ehtimoli katta. Simmetrik axborotni hisobga ohsh firmani mavjud sharoitga yaxshi moslasha bilishini, nimani, qancha ishlab chiqarish va necha puldan sotish kerakligini oldindan bilish imkonini beradi. Bu bilan firma riskni kamaytira oladi, chunki u noaniqlikka, binobarin xavf-xatarga kamroq yo'liqadi. Shu sababli kimda axborot ko‘p bo‘lsa, shuning omadi chopadi, deb aytishadi. Axborotga pulni ayamagan firma riskni kamaytirish imkoniga ega. Axborot to‘plashda ko‘proq internet qo‘l keladi, shu bois internet xizmatlariga talab oshib boradi.

Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling