Asosiy tushunchalar:
Inflyuenser;
Bir nechta manba orqali qidirish;
Ishonarli;
Ishonchli axborot;
Ishonchsiz axborot;
Fayl oyna qismi.
Dars bosqichlari
|
Kirish qismi
|
Oʻqituvchi nutqi va barajadigan amallari:
Bugungi darsimiz oʻtilgan mavzuning uzviy davomi boʻlib, so’ngi darsimizdagi topshirgan ishlarizni o’qganib chiqdim. Insonlarning ma’lumot qidirish natijasida toʻgʻri yoki notoʻgʻri manbalarga duch kelishini koʻrsatib beradi. Bunday ma’lumotlarni haqiqiylarini ajratish va foydalanishni mediasmarts.ca saytidagi (shorturl.at/BCNX8) Reality Check oʻyinini oʻynaganimizda duch keldik va aniqladik.
• Oʻqituvchi: Keling, meni bilimdon oʻquvchilarim, Reality Check oʻyinining 3-missiyasidagi vazifasida manba ishonchli yoki ishonchli emasligini aniqlashda manbaning qaysi qismlarini tekshiramiz?
• Oʻquvchilar: Oʻquvchilar savol yuzasidan mustaqil mulohaza yuritadi, soʻngra oʻz fikrlarini butun sinf bilan boʻlishadi.
• Oʻqituvchi: Barakalla(yashang), toʻgʻri va aniq javob berishga harakat qiling. Demak, toʻrtta xususiyati tekshiriladi. Ma‘lumotlarning aniqligini kim tomonidan post yaratilgani, qaysi saytdan olingani, havolani tekshirish va manbaga berilgan izohlardan bilamiz. Biz oʻtgan darsda internetdan qidirib topib, oʻrgangan “fake news” ma’lumotlar deb nimaga aytiladi?
• Oʻquvchilar: ixtiyoriy ravishda javob berishadi.
(5-7 daqiqa) |
Darsning asosiy qismi
|
• Oʻqituvchi nutqi va bajaradigan amallari:
• Oʻqituvchi: Nima deb oʻylaysiz, biz internetda oʻqiydigan va koʻradigan ma’lumotlarning hammasi ham ishonchlimi?
• Oʻquvchilar: ixtiyoriy ravishda javob beradilar.
• Oʻqituvchi: “Aniq” deganda nimani tushunasiz?
• Oʻquvchilar: ixtiyoriy ravishda javob berishadi.
• Oʻqituvchi: Eng ishonchli manbalar haqida eshitganmisiz?
• Oʻquvchilar: savol yuzasidan juftliklarda fikrlashib, oʻz fikrlarini butun sinf bilan boʻlishadi.
• Oʻqituvchi: Proyektor ekraniga qarang. “Encyclopaedia Britannica birinchi marta 1768-yilda, oxirgi marta esa 2010-yilda nashr qilingan. Unda110 nafar Nobel mukofoti sovrindori va besh nafar AQSH prezidentining maqolalari chop etilgan.” [Darslikning 164-sahifasidagi 3-amaliy ko’nikmani bajarish uchun yonaltiriladi].
• Oʻqituvchi: Sizlarga bir vazifa bermoqchiman, sizlarning teng yarimlaringiz oʻrinlaringizdan turing. Mana sizga yashil rangli stikerlar. Endi tarixiy qahramonlar, yozuvchi, shoir yoki mashhur shaxslardan birini tanlab, uning nomini shu stikerga yozing. Qani kim qaysi shaxslarni tanladi?
• Oʻquvchilar: ketma-ket ravishda javob berishadi.
• Oʻqituvchi: Oʻtirgan oʻquvchilar sizlarga mana sariq rangli stikerlar, yashil stiker olgan sinfdoshlaringizni tanlang va kompyuterlarga sheriklikda joylashing. Endi sariq rangli stiker olgan oʻquvchilar ishlashadi, Wikipedia saytini oching va yashil stikerga nomi yozilgan shaxslar haqida ma’lumot izlang. Yashil stiker olgan oʻquvchilar topilgan manbani oʻqib, toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini aniqlang.
• Oʻquvchilar: stiker rangiga qarab vazifalarini bajarishadi, tahlil qilishadi. Bu ma’lumotlar notoʻgʻri deb topishganlari sinf bilan muhokama qilishadi.
• Oʻqituvchi: qidirish tizimlari orqali “Inflyuenser” atamasini toping?
• Oʻquvchilar: vazifani bajarishadi.
• Oʻqituvchi: Keling, aziz oʻquvchilar, “grafik dizayn” haqida ma’lumotlar izlab koʻramiz, kim qanday ma’lumotlar topa olarkan?
• Oʻquvchilar: oʻquvchilar ma’lumot topishadi va asosiy tushunchalarni aytib, sinf bilan muhokama qilishadi.
• Oʻqituvchi: Darslikning 165-166-sahifalarida joylashgan, 3.1-3.2-3.3-mashgʻulotlarini bajartiradi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |