10. Elektr podstansiyalarning strukturaviy sxemalari va transformatorlarni tanlash. Reja


Download 273.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana20.10.2023
Hajmi273.93 Kb.
#1712312
  1   2   3
Bog'liq
10. Elektr podstansiyalarning strukturaviy sxemalari va transformatorlarni tanlash.



10. Elektr podstansiyalarning strukturaviy sxemalari va transformatorlarni 
tanlash. 
Reja: 
1. Issiqliq energiya markazida energiya berish sxemalari
2. Gas-turbina , bug’-gaz elektrstantsiyalarining strukturaviy sxemalari. 
Kalit so‘zlar: Issiqliq energiya markazi, bosh sxema, struktura sxema
geneartor, liniya, shina. 
Elektr energiyani uzatish sxemasi asbob-uskunalar tarkibidan (generator, 
transformatorlar soni) va turli kuchlanishdagi taqsimlash qurilmalari (TQ) o‘rtasida 
yuklamaning taqsimlanishiga bog‘liq. 
IEM da elektr energiyani uzatishning struktura sxemasi 74-rasmda 
ko‘rsatilgan. Odatda bunday stansiyalar 6-10 kV li generator kuchlanishidagi 
iste’molchilarga ega bo‘lib, bosh taqsimlash qurilmasi (BTQ) qurishni taqozo etadi. 
Energotizim bilan bog‘lanish 110, 220 kV li yuqori kuchlanish liniyalari orqali 
amalga oshiriladi, shuning uchun IEM da BTQ dan tashqari yuqori kuchlanishli 
taqsimlash qurilmasi (TQ YUK) quriladi. 
74- rasm. IEM ning elektr energiya berish struktur sxemasi. 


Agar IEM yaqinida energiya ko‘p sarf qiladigan korxona mavjud bo‘lsa, u 
holda ularni 35 va undan yuqori kV li liniyalar orqali ta’minlash mumkin. Bu holda 
EMT da o‘rta kuchlanishli taqsimlash qurilmasi (TQ o‘K) nazarda tutiladi (74-
rasm, b). 
IEMga 100, 250 MVt li kuchli generatrrlar o‘rnatilganda, ularni BTQga ulash 
maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Bu q. t. toklarining ancha ortishiga, binobarin
BTQning hamma apparaturasining og‘irligi bilan tannarxining oshishiga olib kelgan 
bo‘lardi. Bundan tashqari, ma’lumki, kuchli generatorlar 13,8-20 kV li nominal 
kuchlanishga ega bo‘lib, iste’molchilar esa BTQdan, odatda, 6-10 kV li kuchlanish 
bilan ta’minlanadi. Bularning hammasi IEMning kuchli generatorlarini yuqori 
kuchlanishli TQ ga generator - transformator bloki sxemasi bo‘yicha bevosita 
ulashni - maqsadga muvofiq qiladi (74-rasm, v). 

Download 273.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling