10-laboratoriya ishi Mavzu: Etilen va atsetilen asosida sintezlar


Download 18.61 Kb.
bet1/4
Sana09.09.2023
Hajmi18.61 Kb.
#1674996
  1   2   3   4
Bog'liq
10 laboratoriya ishi


10-laboratoriya ishi
Mavzu: Etilen va atsetilen asosida sintezlar
Organik sintez sanoatining xom ashyo bazasi alohida mamlakatlar va m intaqalarning yoqilg'i-energetika balansi tuzilishi
bilan uzviy bog'liqdir! Ushbu balansda ko'mirning paydo bo'li shi o'z vaqtida kokskimyoviy zavodlarda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda va atsetilen olishda xom ashyo bazasini
shakllantirdi.
Energetika va transportning neft va gazdan qulay foydalanishga o'tilishi oqibatida atsetilen sanoatning aksariyat jarayonlarida neftkimyoviy etilen tom onidan siqib chiqarilsa, arom atik
uglevodorodlar olish manbai kokskimyoviy ishlab chiqarish
jarayonidan neftni qayta ishlash sanoatiga almashdi.
Shu sababli, organik sintez sanoatining zamonaviy taraqqiyot darajasi "neftkimyoviy" [yoki, olefin) sanoatning rivojlanganlik ko'rsatkichiga ko'ra baholanadi.
Hozirgi vaqtda etilen olish uchun asosiy xom ashyo sifatida
to'yingan uglevodorodlar ishlatiladi. Etilen asosan quyuq va gaz
holatidagi uglevodorodlarni piroliz qilinib olinadi. Bundan tash ­
qari piroliz qilish uchun neftning qayta ishlashga olinadigan
og'ir fraksiyalari (kerosin, ligroin, mazut, xom neft] xom ashyo
sifatida ishlatiladi. Tabiiy uglevodorodli gazlarni piroliz qilishda
faqatgina etan va propan fraksiyalari ishlatiladi.
Gazlardan etilen va propilen gaz ajratuvchi sexlarda piroliz
jarayoni ikki xil usulda olib boriladi: absorbsion va past haroratda fraksiyalash.
Piroliz gazdan butan bilan -20 °S da etan, propan etilen, propilenni yuttirilib absorbsiya jarayoni olib boriladi. To'yingan absorbentdan etan va etilen ajratib olinib (rektifikatsion kolonna],
so'ngra maxsus ko'p tarelkali rektifikatsion kolonnada ular ajratib olinadi. So'ngra absorbentdan propan, propilen fraksiyalari haydalib, ularni ajratish uchun ko'p tarelkali rektifikatsion
kolonnaga beriladi. Propan-propilen fraksiyasidan ajratilgan
absorbent yana qayta jarayonga beriladi.
Past haroratli fraksiyalash usulida piroliz gazi 30-40 atm
bosimi ostida sovutiladi. Sovutish darajasida barcha uglevodorodlar va vodorod (m etandan tashqari) kondensatsiya holatiga kelishi kerak. Hosil bo'lgan kondensatdan etilen, propilen,
etan, propan ko'p kom ponentli sistem alarni bir necha marta rektifikatsiya qilish usuli bilan rektifikatsion kolonnalardan
ajratib olinadi.
Turli xildagi uglevodorodlarni piroliz qilish usuli 700-1053
°S haroratda olib boriladi. Etilenni polimerizatsiyalash yuqori
bosim ostida avtoklav tipidagi reaktorlarda va trubasim on av~
toklavlarda olib boriladi.
Sanoatning turli sohalarida olefinlarga bo'lgan ehtiyojning
keskin o'sishi natijasida, o'tgan asrning 90-yillariga kelib organik sintez jarayonlari uchun xom ashyo yetkazib berish ko'lami
yiliga 100 mln. tonna (shu jumlcidan, 50 mln. tonna etilen )ga yetdi.
Organik sintez sanoatining ko'mir xom ashyosidan neft-gazli
xom ashyoga va atsetilendan quyi olefinlarga o'tish davrlari va
sur'ati turli m am lakatlarda turlicha amalga oshirildi.
O'tgan asrning 6 0—yillarida G'arbiy Yevropa, Yaponiya va sobiq ittifoqda sohaning xom ashyo bazasida quyi olefinlar paydo
bo'lgan bo'lsa, AQSHda 20-30 yillardayoq neftni qayta ishlashda
olingan kreking gazlar-etilen va propilen kimyo sanoatida atsetilen bilan birgalikda ishlatilgan. Biroq AQSHda quyi olefinlarni
ishlab chiqarishning zamonaviy usuli - suv bug'i bilan term ik
piroliz qilish 40-yillariga kelibgina neftni qayta ishlash jarayonlaridan ajralib, etilen va propilen olishning sanoat miqyosidagi
asosiy usuli bo'lib shakllandi.
Tez orada ko'p m am lakatlarda piroliz qurilmalari qad rostladi. Masalan, Sobiq ittifoqda - Sum giatda, Grozniyda, Kuybishevda, Ufada, Saratovda, Orskda va shu kabilarda barpo etildi.
Download 18.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling