10-laboratoriya ishi Mavzu: Etilen va atsetilen asosida sintezlar
Download 18.61 Kb.
|
10 laboratoriya ishi
Ularda asosan, uglevodorodli xom ashyoni piroliz qilib olingan etilen va propilendan sintetik etanol, izopropanol va atseton ishlab chiqarila boshlandi. Hozirgi vaqtda dunyoning yetakchi neft-kimyo sanoatida to'g'ri haydalgan benzinni quvurli o'choqlarda suv bug'i yordamida term ik piroliz qilish jarayoni keng tarqalgan bo'lib, uning yordam ida ko'zlangan m ahsulotlarni maksimal olish imkonini beradi. - Piroliz o'chog'i xom ashyoni reaksion zonada qisqa muddatda bo'lishini ta'minlovchi konstruksiyalari yaratilib, ishlab chiqarishga tadbiq etildi; - O'txonada quvurlarni o'rnatishda gorizontaldan vertikalga o'tish; - Piroliz mahsulotidagi issiqlikni kom pressor uzatmalari uchun foydalaniladigan yuqori bosimli bug' olish bilan utillovchi toblovchi-bug'latish a p p a ra tla rim yaratish va ularni o'choqli bloklarga kiritish. Natijada har bir etilen qurilmalarining quvvati yiliga 300 va undan ko'p ming tonna etilen ishlab chiqaradigan yirik q u w a tlarga almashdi. O'tgan asrning 90—yillarida qurilm alar quvvati tuzilishi quyidagicha ko'rinish aks etdi: etilen ishlab chiqarish bo'yicha yiliga 100 ming t.gacha - 6 dona, 100 dan 200 ming t.gacha - 8 ta, 200 dan 300 ming t.gacha - 14 ta, 300 dan 450 ming t.gacha - 6 ta, 450 dan 680 ming t.gacha - 3 ta. Yuqori haroratli katta quvvatli 820-840 °S harorat va kontakt davri 0,5-0,7 sekund bo'lgan piroliz jarayonining o'rta h a ro ra tli yiliga 60 ming tonna etilen ishlab chiqaruvchi 760-790 °S harorat va kontakt davri 1,0-1,5 sekund bo'lgan piroliz jarayoniga nisbatan afzalligi: benzin pirolizlanganda etilenning chiqishi 21-22 % dan 26 % ga, butadien -1,3 ning chiqishi 3,8-4,0 %dan 4,8% ga, benzolga ko'ra arom atik uglevodorodlar xom ashyoning 8 % idan 11 % ga o'sishi va suv bug'i ishlab chiqarishning 3 barobarga oshishidir! Hozirgi vaqtda qattiq term ik piroliz o'choqli bloklari texnik darajasini oshirish bo'yicha ishlar davom etmoqda. Piroliz qurilmasi uchun xom ashyoni tanlaganda uglevodorodlarining turli sinflari duchor bo'ladigan o'zgarishlarning tavsifini hisobga olish kerak. Normal alkanlamning pirolizida etan to'liq etilenga aylanadi, propan va butandan juda ko'p m iqdorda etilen va propilen hosil bo'ladi. Uglerod atomlarining soni 4 dan ko'p bo'lgan alkanlardan 50 % etilen, propilen va butilenlar hosil bo'ladi. Izoalkanlarning pirolizida etilenning chiqishi kamroq, ko'p m iqdorda gaz holidagi alkanlar, ayniqsa, m etan hosil bo'ladi. Arenlar pirolizning mo'tadil haroratiga chiqindi bo'lib hisoblanadi, qattiqroq haroratda esa sezilarli darajada koks va smolalar hosil qiladi. Sikloalkanlarning pirolizda ancha miqdorda butadien hosil bo'ladi (15% gacha). Sanoatda piroliz qurilmalarida odatda gaz holidagi uglevodorodlar (etan, propan, butan va ularning aralashm alari) va suyuq neft fraksiyalar (to'g'ri haydalgan benzin arom atik uglevodorodlarni ekstraksiyalash qurilmalaridan benzin-rafinat) qayta ishlanadi. To'g'ri haydalgan benzin rafinatga qaraganda afzalliklarga ega, chunki unda asosan normal alkanlar bor, rafinatlarda esa 50% gacha izoalkan mavjud. Ko'p tonnali etilen qurilmasining xom ashyosi sifatida asosan benzinli fraksiyalar qo'llaniladi. Bu turdagi xom ashyoni qo'llash past alkanlar bilan bir qatorda qimmatbaho arom atik uglevodorodlarni, texnik uglerod va naftalinni ishlab chiqarish uchun xom ashyoni olishga imkon beradi. Bir qator qurilmalarda xom ashyo sifatida uglevodorodlarning ancha og'irroq fraksiyalari bo'lgan dizelli fraksiya va vakuumli gazoylni dastlabki tozalashdan keyin qo'llaniladi. Neft-kimyo sanoatida arzon xom ashyo hisoblangan neft va gaz uglevodorodlari qimmatli kimyoviy moddalar - plastmassalar, kauchuklar, sintetik sm olalar ham da tolalar, sintetik yuvish vositalari va bir qancha boshqa moddalarga aylantiriladi. Darhaqiqat, so'nggi yillarda polimer moddalarni ko'plab olish, ulardan plastm assalar hosil qilib, har xil buyumlar yasab, kundalik turmushda, sanoatda, xo'jalikda keng foydalanilmoqda. Polimerlar deb molekulalarning kimyoviy tarkibi va tuzilishi bir xil bo'lgan ko'p m arta takrorlanadigan zvenolardan tuzilgan yuqori molekulyar birikm alarga aytiladi. Odatdagi organik birikm alarda molekulaga biror zvenoning yoki guruhning kiritilishi yoki chiqarilishi ularning fizik kimyoviy xossalarini keskin o'zgartirib yuboradi. Masalan: normal uglevodlarning suyuqlanish haroratining o'zgarishini olaylik: tc H = -1 3 5 °S,tC(Hi4= - 99 °S,tc н = - 57 °S,tc u = - 30. Ammo mol massasi ortib ’ 8 18 ’ 10* 22 borgan sayin ularda bu farq kamayib boradi. Masalan, tC62H126 = + 101 °Sda suyuqlansa tc64nno= +102 °S da suyuqlanadi. Polim erlarning molekulyar m assasi monomerlarga nisbatan shu qadar kattaki, molekulada bitta yoki bir nechta atomlar kirishi yoki chiqishi am alda xossalarning o'zgarishiga olib kelmaydi. Polimer m akromolekulasida bir xil tuzilishga ega bo'lgan atomlar guruhi - zvenolar ko'p marta takrorlanadi. Makromolekuladagi zvenolar (qismlar) soni polimerlanish darajasi deyiladi va u "n" bilan belgilanadi. Masalan, etilenni polimerlashda takrorlanuvchi zveno bu -CH2, - CH2 - vinilxloridning polimerlanishida - CH2 - CHC1 - takrorlansa, butadiyenning polimerlanishida - CH2 - CH = CH - CH2 - va hokazo. Polimerning molekulyar massasi, elem entar zveno mol m assasining (Mzv), polimerlanish darajasiga, ko'paytmasiga teng: M = M *n Download 18.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling