10-laboratoriya ishi Mavzu: Etilen va atsetilen asosida sintezlar
Download 18.61 Kb.
|
10 laboratoriya ishi
10-laboratoriya ishi Mavzu: Etilen va atsetilen asosida sintezlar Organik sintez sanoatining xom ashyo bazasi alohida mamlakatlar va m intaqalarning yoqilg'i-energetika balansi tuzilishi bilan uzviy bog'liqdir! Ushbu balansda ko'mirning paydo bo'li shi o'z vaqtida kokskimyoviy zavodlarda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda va atsetilen olishda xom ashyo bazasini shakllantirdi. Energetika va transportning neft va gazdan qulay foydalanishga o'tilishi oqibatida atsetilen sanoatning aksariyat jarayonlarida neftkimyoviy etilen tom onidan siqib chiqarilsa, arom atik uglevodorodlar olish manbai kokskimyoviy ishlab chiqarish jarayonidan neftni qayta ishlash sanoatiga almashdi. Shu sababli, organik sintez sanoatining zamonaviy taraqqiyot darajasi "neftkimyoviy" [yoki, olefin) sanoatning rivojlanganlik ko'rsatkichiga ko'ra baholanadi. Hozirgi vaqtda etilen olish uchun asosiy xom ashyo sifatida to'yingan uglevodorodlar ishlatiladi. Etilen asosan quyuq va gaz holatidagi uglevodorodlarni piroliz qilinib olinadi. Bundan tash qari piroliz qilish uchun neftning qayta ishlashga olinadigan og'ir fraksiyalari (kerosin, ligroin, mazut, xom neft] xom ashyo sifatida ishlatiladi. Tabiiy uglevodorodli gazlarni piroliz qilishda faqatgina etan va propan fraksiyalari ishlatiladi. Gazlardan etilen va propilen gaz ajratuvchi sexlarda piroliz jarayoni ikki xil usulda olib boriladi: absorbsion va past haroratda fraksiyalash. Piroliz gazdan butan bilan -20 °S da etan, propan etilen, propilenni yuttirilib absorbsiya jarayoni olib boriladi. To'yingan absorbentdan etan va etilen ajratib olinib (rektifikatsion kolonna], so'ngra maxsus ko'p tarelkali rektifikatsion kolonnada ular ajratib olinadi. So'ngra absorbentdan propan, propilen fraksiyalari haydalib, ularni ajratish uchun ko'p tarelkali rektifikatsion kolonnaga beriladi. Propan-propilen fraksiyasidan ajratilgan absorbent yana qayta jarayonga beriladi. Past haroratli fraksiyalash usulida piroliz gazi 30-40 atm bosimi ostida sovutiladi. Sovutish darajasida barcha uglevodorodlar va vodorod (m etandan tashqari) kondensatsiya holatiga kelishi kerak. Hosil bo'lgan kondensatdan etilen, propilen, etan, propan ko'p kom ponentli sistem alarni bir necha marta rektifikatsiya qilish usuli bilan rektifikatsion kolonnalardan ajratib olinadi. Turli xildagi uglevodorodlarni piroliz qilish usuli 700-1053 °S haroratda olib boriladi. Etilenni polimerizatsiyalash yuqori bosim ostida avtoklav tipidagi reaktorlarda va trubasim on av~ toklavlarda olib boriladi. Sanoatning turli sohalarida olefinlarga bo'lgan ehtiyojning keskin o'sishi natijasida, o'tgan asrning 90-yillariga kelib organik sintez jarayonlari uchun xom ashyo yetkazib berish ko'lami yiliga 100 mln. tonna (shu jumlcidan, 50 mln. tonna etilen )ga yetdi. Organik sintez sanoatining ko'mir xom ashyosidan neft-gazli xom ashyoga va atsetilendan quyi olefinlarga o'tish davrlari va sur'ati turli m am lakatlarda turlicha amalga oshirildi. O'tgan asrning 6 0—yillarida G'arbiy Yevropa, Yaponiya va sobiq ittifoqda sohaning xom ashyo bazasida quyi olefinlar paydo bo'lgan bo'lsa, AQSHda 20-30 yillardayoq neftni qayta ishlashda olingan kreking gazlar-etilen va propilen kimyo sanoatida atsetilen bilan birgalikda ishlatilgan. Biroq AQSHda quyi olefinlarni ishlab chiqarishning zamonaviy usuli - suv bug'i bilan term ik piroliz qilish 40-yillariga kelibgina neftni qayta ishlash jarayonlaridan ajralib, etilen va propilen olishning sanoat miqyosidagi asosiy usuli bo'lib shakllandi. Tez orada ko'p m am lakatlarda piroliz qurilmalari qad rostladi. Masalan, Sobiq ittifoqda - Sum giatda, Grozniyda, Kuybishevda, Ufada, Saratovda, Orskda va shu kabilarda barpo etildi. Download 18.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling