10-laboratoriya ishi Mavzu: Etilen va atsetilen asosida sintezlar
Download 18.61 Kb.
|
10 laboratoriya ishi
Ularda asosan, uglevodorodli xom ashyoni piroliz qilib olingan etilen va propilendan sintetik etanol, izopropanol va atseton ishlab chiqarila boshlandi. Hozirgi vaqtda dunyoning yetakchi neft-kimyo sanoatida to'g'ri hayclalgan benzinni quvurli o'choqlarda suv bug'i yordamida term ik piroliz qilish jarayoni keng tarqalgan bo'lib, uning yordam ida ko'zlangan m ahsulotlarni maksimal olish imkonini beradi. Bunga tobora rivojlanib borayotgan etilen olish texnologik tiZirnining asosiy bo'g'inlarining doimiy takomillashishi oqibatida erishildi. Piroliz o'choqli bloklari konstruksiyalarini texnjk taraqqiy ettirish asosiy m ahsulotning maksimal chiqishiga va jarayon kechishini yanada qat'iy (harorat va bo'lish davriga ko'ra) sharoitlarda o'tkazishga qaratildi. Shu bilan birga qurilmalar ish unumdorligi oshirildi. 1955-yildan boshlab, gazlarni ajratishning absorbsion tizirnlari o'rnini quyi haroratli fraksiyalash egalladi. Atsetilenli C2-C3 birikmalarni gidrirlash katalizatorlari yaratildi. Piroliz jarayoni texnologiyasini takomillashtirish ishlari 1960-1970 yillarda quyidagi asosiy yo'nalishlarda amalga oshirildi: - Piroliz o'chog'i xom ashyoni reaksion zonada qisqa muddatda bo'lishini ta'minlovchi konstruksiyalari yaratilib, ishlab chiqarishga tadbiq etildi; - O'txonada quvurlarni o'rnatishda gorizontaldan vertikalga o'tish; - Piroliz m ahsulotidagi issiqlikni kom pressor uzatm alari uchun foydalaniladigan yuqori bosimli bug' olish bilan utillovchi toblovchi-bug'Iatish a p p a ra tla rim yaratish va ularni o'choqli bloldarga kiritish. Natijada har bir etilen qurilmalarining quvvati yiliga 300 va undan ko'p ming tonna etilen ishlab chiqaradigan yirik q u w a tlarga almashdi. O'tgan asrning 90—yillarida qurilm alar quvvati tuzilishi quyidagicha ko'rinish aks etdi: etilen ishlab chiqarish bo'yicha yiliga 100 ming t.gacha - 6 dona, 100 dan 200 ming tgacha - 8 ta, 200 dan 300 ming t.gacha - 14 ta, 300 dan 450 ming t.gacha - 6 ta, 450 dan 680 ming t.gacha - 3 ta. Yuqori haroratli katta quvvatli 820-840 °S h aro rat va kontakt davri 0,5-0,7 sekund bo'lgan piroliz jarayonining o'rta h a ro ra tli yiliga 60 ming tonna etilen ishlab chiqaruvchi 760-790 °S harorat va kontakt davri 1,0-1,5 sekund bo'lgan piroliz jarayoniga nisbatan afzalligi: benzin pirolizlanganda etilenning chiqishi rektifikatsiya qilish usuli bilan rektifikatsion kolonnalardan ajratib olinadi. Turli xildagi uglevodorodlarni piroliz qilish usuli 700-1053 °S haroratda olib boriladi. Etilenni polimerizatsiyalash yuqori bosim ostida avtoklav tipidagi reaktorlarda va trubasim on avtoklavlarda olib boriladi. Sanoatning turli sohalarida olefinlarga bo'lgan ehtiyojning keskin o'sishi natijasida, o'tgan asrning 90-yillariga kelib organik sintez jarayonlari uchun xom ashyo yetkazib berish ko'lami yiliga 100 mln. tonna (shu jumladan, 50 mln. tonna etilen)ga yetdi. Organik sintez sanoatining ko'mir xom ashyosidan neft-gazli xom ashyoga va atsetilendan quyi olefinlarga o'tish davrlari va sur'ati turli m am lakatlarda turlicha amalga oshirildi. O'tgan asrning 60—yillarida G'arbiy Yevropa, Yaponiya va sobiq ittifoqda sohaning xom ashyo bazasida quyi olefinlar paydo bo'lgan bo'lsa, AQSHda 20-30 yillardayoq neftni qayta ishlashda olingan kreking gazlar-etilen va propilen kimyo sanoatida atsetilen bilan birgalikda ishlatilgan. Biroq AQSHda quyi olefinlarni ishlab chiqarishning zamonaviy usuli -.su v bug'i bilan termik piroliz qilish 40-yillariga kelibgina neftni qayta ishlash jarayonlaridan ajralib, etilen va propilen olishning sanoat miqyosidagi asosiy usuli bo'lib shakllandi. Tez orada ko'p m am lakatlarda piroliz qurilmalari qad rostladi. Masalan, Sobiq ittifoqda - Sumgiatda, Grozniyda, Kuybishevda, Ufada, Saratovda, Orskda va shu kabilarda barpo etildi. Download 18.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling