10-laboratoriya ishi Mavzu: Etilen va atsetilen asosida sintezlar
Download 18.61 Kb.
|
10 laboratoriya ishi
ZV Polimerlar odatdagi birikmalardan farq qilib har xil molekulyar m assaga ega bo'lgan molekulalardan tashkil topgan. Shuning uchun ularning faqat o'rtacha molekulyar m assasini ham da o'rtacha polimerlanish darajasini aniqlash mumkin. Polimerlar uchun ko'pgina umumiy xossalar xosdir. Xossalar molekulyar m assalarning kattaligi, fizikaviy holati, fazoviy tuzilishi, makromolekulaning joylashuvi kabilar bilan aniqlanadi. Polimerlar ko'pincha qiyin eriydi. Molekulyar m assasining ortishi bilan eruvchanligi kamayib boradi. Ularning eritm alari hatto past konsentratsiyada ham qovushqoq bo'ladi. Ular uchuvchan emas, aniq suyuqlanish harorati yo'q, qizdirilganda sekinlik bilan yum shab qovushqoq oquvchan holatga o'tadi. Ularning ko'pchiligi qizdirilganda yum sham ay parchalanadi. Mexanik xossalari ham yum shash haroratiga o'xshash, ularning molekulyar m assalariga bog'liq. Yangi m ateriallar hisoblangan polimerlardan m ateriallar yasash qulay, ularning fizikaviy, kimyoviy va mexanik xossalari qayta ishlashni osonlashtiradi. Polimer m ateriallardan yasalgan mashina detallari va o'yinchoqlar, plyonkalar va paroxod korpuslari, trikotaj va uy-ro'zg'or, mo'yna, poyafzal, pardoz va bezak buyumlari kabi nozik va nafis m ateriallar olinib, mus tahkam va chidamli, yengilligi, issiq-sovuqqa chidamliligi, nurga va har qanday ob-havo sharoitiga bardoshliligi, elektr tokini o'tkazmasligi, ishqor va kislotalar ta'siriga turg'unligi va boshqa bir qator xossalari bilan yog'och, shisha, metall va hokazolardan ajralib turadi. Plastm assalar - bu plastiklik, ya’ni m a’lum harorat va m a’lum yuklar ta’sirida o'z shaklini o'zgartirish xususiyatiga ega bo'lgan materiallar. Poliolefinlar ham plastm assalarga proporsional, biroq ularni ishlab chiqarish faqat neft-kimyo xom ashyosiga asoslanganligi va monomerlar ishlatilishi sabab, ular alohida guruhga ajratiladi. Sun'iy va sintetik tolalardan yasalgan mahsulotlar o'zining nafisligi, go'zalligi, oson tozalanishi bilan paxta, ipak materiallardan keskin farq qiladi. Polimer quvurlar yengil bo'lishi bilan birga, zanglamaydi, oson egiladi. Shuningdek, polimer m ahsulotlar suvga nisbatan turg'un va suv ta’sirida o'zgarmaydi. Ammo polimer moddalari orasida shundaylari ham borki, ularga suv tegdimi bas, xuddi suvga solingan osh tuziday erib ketadi. YuMBning sinflanishi kelib chiqishi,.asosiy zanjirning tarkibi, makromolekulaning tuzilishi, olinishi, qayta ishlash usullari va boshqalarga qarab amalga oshiriladi. Kelib chiqishiga qarab tabiiy, sun’iy va sintetik polimerlarga bo'linadi. Tabiiy polimerlarga sellyuloza, kraxmal, tabiiy ipak, tabiiy kauchuk va boshqalar kiradi. Sun’iy polimerlarga kimyoviy o'zgarishlarga uchragan tabiiy polimerlar, masalan, nitrosellyuloza, asetilsellyuloza kiradi. Sintetik polimerlarga monomerlardan bevosita sintez yo'li bilan olingan: polipropilen, polistirol, polietilen, butadiyenli kauchuk, fenol va aminoformaldegidli, epoksidli, poliefirli, poliamidli va boshqa sm olalar kiradi. Makromolekula asosiy zanjirning kimyoviy tarkibiga qarab barcha polimerlar uch guruhga bo'linadi. Agar makromolekula asosiy zanjirining tarkibi uglerod atomlaridan tashkil topgan bo'lsa, ular organik polimerlar deyiladi (kauchuklar, poliolefinlar, poliamidlar, poliefirlar, poliuretanlar va boshqalar). Asosiy zanjir kremniy, bor, titan, fosfor, alyuminiydan tuzilgan (ko'pincha ular kislorod orqali bog'langan bo'ladi) va ularga organik radikallar birikkan bo'lsa, element organik polimerlar deyiladi (polisiloksanlar, titanoksanlar, alyumoksanlar). Agar asosiy zanjirda va yon zanjirlarda ham uglerod atomi bo'lmasa, anorganik polimerlar deyiladi. Har qaysi sinflar yana gomozanjirli va geterozanjirli polimerlarga bo'Iinadi. Gomozanjirli polimerlarda asosiy zanjir bir xil element atomlaridan tashkil topgan bo'ladi. Geteronzanjirda esa asosiy zanjir turli element atomlaridan tashkil topadi. Organik gomozanjirli polimerlarga karbozanjirli polimerlar deyiladi. Ularda asosiy zanjir uglerod atomidan iborat bo'ladi. Masalan, polietilen, polivinilxlorid, polivinil spirti ko'pgina sintetik kauchuklar va boshqalar. Geterozanjirli polimerlar asosiy zanjirda uglerod atom laridan tashqari va boshqa elem entlar atomlarini (azot, kislorod, oltingugurt, fosfor va hokazolar) saqlaydi. Masalan, polisaharidlar, poliamidlar, poliefirlar, poliuretanlar va boshqalar. Makromolekulalarning tuzilishiga (geometrik shakliga) qarab chiziqsimon, tarmoqlangan va to'rsimon polimerlarga bo'Iinadi. O'z navbatida to'rsimon polimerlar narvonsimon, parketsimon va uch o'lchamli fazoviy tuzilishga ega polimerlarga bo'Iinadi (9.1-rasm). Chiziqsimon polimerlarda makromolekulaning uzunligi, uning ko'ndalang kesimidan yuz va minglab m arta katta bo'ladi. Masalan: sellyuloza, tabiiy kauchuk, fibroin, kazein va boshqalar. Tarmoqlangan polimerlarning m akromolekulalari yon tomondan shoxchalangan ko'rinishga ega bo'ladi. Misol: kraxmal, glikogen, shuningdek, sintetik payvand sopolimerlar va boshqalar. To'rsimon polimerlarda makromolekulalar choklangan "tikilgan" bo'ladi, bunday polimerlar erituvchilarda erimasligi, issiqlik ta’sirida suyuqlanmasligi bilan ajralib turadi. Masalan, Download 18.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling