10-Laboratoriya ishi Mavzu: Piltalab tandalash. Laboratoriya ishining maqsadi
Download 25.71 Kb. Pdf ko'rish
|
10-Laboratoriya ishi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tandalash jarayonining texnologik omillari
- 10.2-rasm. "Beninger" piltalab tandalash mashinasining boshqaruv paneli
10.1-rasm. Bеningеr piltalab tandalash mashinasning tеxnologik chizmasi. Tandalash jarayonida tandaning shakllanishi boshlanadi va unga quyidagi talablar qo‘yiladi: 1. ipning fizik-mexanik xususiyatlari buzilmasligi lozim; 2. ip tarangligi barcha iplar uchun bir xil va jarayon davomida ravon bo‘lishi kerak; 3. olingan o‘rama yuzasi tekis, silindrsimon bo‘lishi lozim; 4. olingan o‘ramadagi ip uzunligi aniq belgilangan miqdorda bo‘lishi kerak; 5. jarayon unumыdorligi yuqori, chiqindilar kam bo‘lishi kerak. Tandalash jarayonining texnologik omillari 1. Tandalash tezligi (tolaning naviga va tandaning sifatiga qarab olinadi). 2. Iplarning tarangligi (taranglovchi moslama yordamida ta'minlanadi). 3. O‘rama zichligi (iplarning turiga va chiziqli zichligiga bog‘liq). 4. Tandalash g‘altagidagi iplarning muvofiq uzunligi. 5. Iplarninng uzilishlari soni. Tandalash jarayoni juda ma̕suliyatli va muhim jarayon hisoblanib, bu jarayonda yo‘l qo‘yilgan nuqson va kamchiliklarni keyingi jarayonlarda yo‘qotib bo‘lmaydi. Jarayon davomida iplarning tarangligi, o‘rama zichligi va shakli har xil bo‘lmasligini ta’minlash va uning oldini olish muhim hisoblanadi. "Beninger" tandalash mashinasida barcha texnik va texnologik omillar komp’yuter orqali nazorat qilinadi va boshqariladi. Mashinaning boshqaruv paneli ‒sensorli monitor, to‘quv g‘altagiga qayta o‘rash jarayonini boshqarish va tandalash romini boshqarish pul’tlaridan iborat (2.23-rasm). Mashinaning nosozligi haqidagi xabarlar muntazam nazorat panelida xabardor qilinib turiladi. a) b) d) 10.2-rasm. "Beninger" piltalab tandalash mashinasining boshqaruv paneli: a)‒sensorli ekran; b)‒to‘quv g‘altagiga qayta o‘rash jarayonini boshqarish pul’ti d)‒nosozlik nazorat paneli. Tandalash barabaniga iplarni o‘rash jarayonini berilgan texnologik omillarini kiritish uchun "Tandalash omillarini kiritish paneli" (10.3 a-rasm) va "To‘quv g‘altagiga qayta o‘rash omillarini kiritish paneli" (10.3 b-rasm) orqali amalga oshiriladi. Tandalash barabaniga tanda iplarni o‘rash uchun quyidagi ko‘rsatgichlar "Tandalash omillarini kiritish paneli" ga kiritiladi: 1) umumiy tanda iplarining soni; 2) to‘quv g‘altakgiga o‘rash uzunligi, m; 3) to‘quv g‘altagi gardishlari oralig‘i, mm; 4) ipning chiziqli zichligi, teks; 5) tandalash tezligi, m/min; 6) tandalash romini sig‘imi; 7) barabanga o‘rash zichligi, g/sm 3 (ip turiga qarab, mashina ma'lumotlar bazasidan tanlab olinadi). 8) tandalash jarayonidagi ip tarangligi, cN. a) b) Download 25.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling