10-Laboratoriya ishi Mavzu: Piltalab tandalash. Laboratoriya ishining maqsadi
Download 25.71 Kb. Pdf ko'rish
|
10-Laboratoriya ishi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy ma’lumotlar
10-Laboratoriya ishi Mavzu: Piltalab tandalash. Laboratoriya ishining maqsadi: Piltalab tandalash jaryoning ishlatilish mohiyati bilan tanishish. Kеrakli jihozlar: Piltalab tandalash mashinasining texnologik sxemalari. Ishning bajarish tartibi: 1. Piltalab tandalash jarayoni qanday xollarda qo‘llanilishi xaqida tahlil qiling. 2. Piltalab tandlash mashinasining texnologik sxemasini chizing va ishlash prinsipini tahlil qiling. 3. Piltalab tandalash mashinasining unumdorligiga ta’sir qiluvchi omillarni taxlil qiling. 4. Piltalab tandalash mashinasining boshqaruv paneli va texnologik omillarni elektron boshqaruvni tahlil qiling. Umumiy ma’lumotlar: Piltalab tandalash usulida belgilangan piltalar soni navbati bilan tandalash barabaniga o‘raladi. O‘ralgan ip uzunligi to‘quv g‘altagidagi ip uzunligiga teng bo‘lishi kerak. So‘ngra barcha piltalar bir vaqtning o‘zida tandalash barabanidan to‘quv g‘altagiga qayta o‘raladi. Quyidagi hollarda piltalab tandalash usuli qo‘llaniladi: 1. Ipak va shoyi matolar to‘qishda (tanda iplari soni ko‘p). 2. Jun matolar to‘qishda, kichik guruhli tanda g‘altaklarini qayta ishlashda. 3. Ko‘prangli va murakkab rapportli tanda iplarini tayyorlashda. Piltalab tandalash ikkita jarayondan iborat bo‘ladi. Birinchisi‒piltalarni ketma-ket tandalash barabaniga o‘rash bo‘lsa, ikkinchisi esa -barabandan piltalarni jamlab, to‘quv g‘altagiga qayta o‘rashdir. Birinchi o‘ralayotgan pilta baraban chetidan tushib ketmasligi uchun barabanning bir tomoni konussimon qilib ishlanadi. Konusning burchagi ikki xil bo‘ladi: 1. O‘zgarmas burchakli (burchak qiymati doimiy). 2. O‘zgaruvchan burchakli (7 0 , 9 0 , 11 0 va h.k.) Iplar yonma-yon pilta eni bo‘yicha barabanga o‘raladi. Har bir qatlamdan keyingi qatlam ip diametriga qarab siljib boradi. Download 25.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling