5-amaliy mashg‘ulot (2 soat): Marketing muhiti va unga ta’sir qiluvchi omillarni o’rganish Amaliy mashg‘ulot uchun reja-topshiriq


Download 19.75 Kb.
bet1/3
Sana06.02.2023
Hajmi19.75 Kb.
#1170828
  1   2   3

5-amaliy mashg‘ulot (2 soat): Marketing muhiti va unga ta’sir qiluvchi omillarni o’rganish
Amaliy mashg‘ulot uchun reja-topshiriq:

5.1. Marketing muhitiga ta’sir qiluvchi omillarning qiyosiy tahlilini qilish.


5.2. Mikromuhit va unga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash bo’yicha masalalar ishlash.
5.3. Makromuhit va unga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash bo’yicha keyslar ishlash.
Amaliy mashg‘ulot darsida muhokama uchun savollar:
1. Korxonaning ichki muhitini tahlil qilish qanaqa vazifalarni hal qiladi?
2. Korxona madaniyatini qanday mezonlar tavsiflaydi? Yuqori korporativ madaniyatli mahalliy korxonalarga misolar keltiring.
3. Qanday omillar tashqi muhitga tegishli?
4. Firma stili qanday marketing muhitiga tegishli? Aniq misollar keltiring.
5. Mahalliy korxonalarga qanday demografik o‘zgarishlar ta’sir etishi mumkin?
6. Korxona marketing faoliyatiga iqtisodiy omillar ta’sirini tushuntirib bering.
7. Korxonaning marketing imkoniyatlari qanday aniqlanadi?

AMALIY TOPSHIRIQLAR:


1-Topshiriq:
Marketing tizimining rivojlanish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar ichki va tashqi omillarga ajratiladi. Quyida keltirilgan ko‘rsatkichlarni ichki va tashqi omillarga ajratib jadvalni to‘ldiring.

  1. Firmaning moliyaviy imkoniyatlari;

  2. Ilmiy-texnik rivojlanish;

  3. Korxonaning obro‘yi;

  4. Ishlab chiqarish manbalari;

  5. Iqtisodiy omillar;

  6. Ilmiy tadqiqotlarning natijalarini kiritish imkoniyatlari;

  7. Demografiya;

  8. Firmani bozorga nisbatdan joylashishi;

  9. Iqtisodiy sharoitlar;

  10. Ijtimoiy-madaniy omillar;

  11. Ishchi kuchi;

  12. Raqobat.


Download 19.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling