10-Laboratoriya ishi Neftning molekulyar massasini aniqlash 1-usul: Ebulioskopik usulda neft mahsulotlarinig molekulyar massani aniqlash


-usul: Krioskopik usulda moddaning molekulyar massasini aniqlash


Download 115.04 Kb.
bet3/13
Sana21.06.2023
Hajmi115.04 Kb.
#1644946
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
7 ta mavzu o\'quv qo\'llanma

2-usul: Krioskopik usulda moddaning molekulyar massasini aniqlash
Ishning maqsadi. Neft mahsulotlarining molekulyar massasini krioskopik usulda aniqlash yo‘li bilan amalda tanishish.
Kerakli asbob va reaktivlar. Krioskopik o‘lchashlar uchun qurilma; Bekman termometri; -10oC dan +100 oC gacha o‘lchaydigan, 0,1 oC shkalalarga ega bo‘lgan termometr; lupa. Sovituvchi aralashma tayyorlash uchun muz va natriy xlorid; benzol (erituvchi); naftalin yoki benzolda eriydigan boshqa modda; kaliy xloridning 5 % li eritmasi.
Qurilmaning tuzilishi. Qurilmaning asosiy qismi bu yon tomonidan uchi bor probirka. Uning ustki uchi zich berkitiladi va tiqinidan termometr va ingichka simdan tayyorlangan aralashtirgich tushiriladi; aralashtirgichning pastki uchi halqa shaklida buralgan. Termometr va aralashtirgichli probirka kengroq probirkaning tiqini orqali uning ichiga tushiriladi. To‘liq yig‘ilgan qurilma tajribadan oldin qalin devorli stakanga tushiriladi. Tajriba boshida stakanga sovituvchi aralashma solinadi.
Ishning bajarilishi: Stakan og‘zigacha sovituvchi aralashma bilan to‘ldiriladi. Bo‘sh probirka 0,01 gr aniqlikda o‘lchanadi va uning massa g1 bilan belgilanadi. Probirkaga termometrning simobi botguncha erituvchi solinadi. Keyin probirka yana o‘lchanadi va massa g2 bilan belgilanadi, bunda olingan benzolning massasi g = g2 - g1. Benzolli probirka sovituvchi aralashmaga solinib aralashtirib turgan holda kristallar tushib boshlaguncha sovitiladi.
Kristallar tushib boshlagan harorat toza benzolning taxminiy muzlash harorati deb qabul qilinadi. Keyin benzolli probirka sovituvchi aralashmadan olinadi va qo‘l bilan to kristallar to‘liq erib ketguncha qizdiriladi. Keyin benzolli probirka yana sovituvchi aralashmaga tushirilib qopqoq (2) bekitiladi va aralashtirib turgan holda t0+2 gradusgacha sovitiladi. Aralashtirishni to‘xtatib probirka taxminan t0+0,3 gradusgacha sovitiladi. Tezda qalpoq (4)ni joyiga qo‘yib unga probirka (6)joylanadi va benzol 0,5 gradusgacha soviguncha kutiladi. Aralashtirgichni yuqoriga va pastga xarakatlantirib o‘ta sovugan benzolni muzlashiga erishiladi. Lupadan foydalanib 0,002 grad aniqlikda termometrning maksimal ko‘rsatkichi t0 belgilab olinadi. Bu harorat benzolning haqiqiy muzlash hаrоrаtiga muvofiq keladi. Kristallar qaytadan suyuqlantiriladi va t0 qaytadan aniqlanadi. Aniqlashlar kamida uch marta takrorlanadi. Dastlabki va keyingi o‘lchashlar o‘rtasida temperaturalar farqi 0,02 dan oshmasligiga erishilgach t uchun ularning o‘rtacha arifmetik qiymati olinadi.


Download 115.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling