10-Laboratoriya ishi Neftning molekulyar massasini aniqlash 1-usul: Ebulioskopik usulda neft mahsulotlarinig molekulyar massani aniqlash
10-Laboratoriya ishi
Neftning molekulyar massasini aniqlash
1-usul: Ebulioskopik usulda neft mahsulotlarinig molekulyar massani aniqlash
Eritmaning qaynash haroratini ebulioskopik usul bilan aniqlash. Ebulioskopik usul bo‘yicha eritma qaynash haroratining ko‘tarilishini o‘lchash krioskopik usul bilan eritmaning muzlash haroratini o‘lchashga nisbatan ancha murakkabdir. Agar termometrning simobli sharchasi suyuqlikka tushirib qo‘yilganda, qizdirish bir oz me’yoridan o‘tib ketsa, termometr shkalasi erituvchining yoki eritmaning qaynash haroratidan yuqori haroratni ko‘rsatadi. Suyuqlikning bir tekisda qaynamasligi natijasida haroratni o‘zgarib turishi suyuqlikning qaynash haroratini o‘lchashni qiyinlashtiradi. Agar termometr sharchasi suyuqlik yuzasidan yuqoriroqda o‘rnatilgan bo‘lsa, termometrda bug‘ning qisman kondensatlanishi sodir bo‘lib, suyuqlikning qaynash haroratini noto‘g‘ri ko‘rsatadi. Toza erituvchining qaynash haroratiga nisbatan eritma qaynash haroratining ko‘tarilishini ebulioskop deb atalgan asbobda o‘lchash bilan moddalarning molekulyar massasini aniqlanadi.
Ishning maqsadi: Neft mahsulotlarining molekulyar massasini ebuliyaskopik usulda aniqlash yoʼli bilan amalda tanishish.
Kerakli asbob va reaktivlar: Ebuliyaskopik oʼlchashlar uchun qurilma; Bekman termometri; -100C dan +1000C gacha oʼlchaydigan, 0,10C shkalalarga ega boʼlgan termometr; lupa. Benzol (erituvchi); neft yoki benzolda eriydigan boshqa modda va boshqa eritmalar
Ebuliyaskopik qurilma tuzilishi: Qurilmaning asosiy qismi bu yon tomonidan uchi bor probirka. Uning ustki uchi zich berkitiladi va tiqinidan termometr va ingichka simdan tayyorlangan aralashtirgich tushiriladi; aralashtirgichning pastki uchi halqa shaklida buralgan. Termometr va aralashtirgichli probirka kengroq probirkaning tiqini orqali uning ichiga tushiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |