10-Laboratoriya ishi Neftning molekulyar massasini aniqlash 1-usul: Ebulioskopik usulda neft mahsulotlarinig molekulyar massani aniqlash
Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad
Download 42.01 Kb.
|
10-Laboratoriya ishi Neftning molekulyar massasini aniqlash 1-us-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajribaga tayyorlanish va uni bajarilishi
Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad: neft mahsulotlarining qotish temperaturasini aniqlash. Buning uchun oldin moddani biroz isitib, keyin ma’lum tezlikda neft mahsuloti o‘zining oquvchanligini yo‘qotguniga qadar sovutiladi.
Priborlar, materiallar va reaktivlar: Tajriba uchun tagi tekis shisha probirka ishlatiladi; ichki diametri 30,0-33,5 mm, balandligi 115-125mm. Probirka devorchasida 45 sm3 hajmga teng chiziqchasi bo‘ladi va bu chiziqchaning tepasida va pastida 3 sm3 farqli yana ikkita chiziqchalari bo‘ladi. Shishadan yasalgan mufta, uning ichki diametri probirkaning diametridan 10-13 mm katta, balandligi esa 113-115mm. Moddani isitish va sovutish uchun maxsus moslama-banyalar ishlatiladi. Bulardan tashqari har xil termometrlar va materiallar ishlatiladi. Qotish temperaturasi minus 300 dan yuqori bo‘lgan moddalarni analiz qilish uchun shkalasi minus 300 dan plyus 600 gacha bo‘lgan simobli termometr ishlatiladi. Qotish temperaturasi minus 300 dan past bo‘lsa shkalasi minus 80 dan plyus 600 gacha bo‘lgan toluol bilan to‘ldirilgan termometr ishlatiladi. Tajribaga tayyorlanish va uni bajarilishi: Neft mahsulotini namlikdan quritiladi. Suyuq neft mahsulotlarini quritish uchun natriy sulfat yoki xlorli kalsiy qo‘llaniladi. Keyin moddani filtr qog‘ozidan o‘tkazamiz. Quyuq neft mahsulotlarini namlikdan quritish uchun ularni 45 0C gacha isitiladi. Shisha voronkaga metall to‘ri yoki paxta qo‘yib ustiga qizdirib olingan yirik osh tuzini solamiz va undan neft mahsulotini suzamiz. Quritilgan moddani probirkaga chiziqlardan birigacha quyamiz. Modda probirka devorlaridan oqib tushmasligi kerak. Agar moddamiz quyuqroq bo‘lsa, oldin 40-45 0C gacha isitib, keyin probirkaga quyamiz. Agarda modda oxirgi bir sutkani ichida 450 dan yuqori temperaturada isitilgan bo‘lsa. Yoki moddani saqlangan vaqtida qanday temperatura ta’sir etganligi ma’lum bo‘lmasa, u vaqtda moddani 24 soat davomida laboratoriya xonasi haroratida ushlab turib keyin probirkaga solinadi. Neft qoldiqlari, silindr moyi, qozon yoqilg‘isi va shunga o‘xshashlar oldin 1000 gacha isitib keyin bir sutka davomida xona haroratida saqlanib, undan so‘ng tajribaga olinadi. Probirkaga mahsulotni quyib, probirka og‘zining o‘rtasiga qotish temperaturasini aniqlaydigan termometr o‘rnatilgan probka bilan mahkam berkitamiz. Termometr probirkaning o‘rtasiga o‘rnatilgan bo‘lishi shart. Termometr simob sharchasining ustki qismi probirkaga solingan mahsulot yuzasidan 3 mm pastroq bo‘lishi kerak. Analiz qilinadigan moddani isitish quyidagicha bajariladi. Moddaning qotish temperaturasi plyus 33 0C dan minus 33 0C gacha bo‘lsa, moddani xarorati plyus 48-49 0C bo‘lgan suv hammomida plyus 45 0C gacha isitib, xona sharoitida yoki bo‘lmasa harorati plyus 25 0C bo‘lgan suv hammomida plyus 36 0C gacha sovutiladi. Moddaning qotish temperaturasi minus 33 0C dan past bo‘lsa, harorati plyus 48-49 0S bo‘lgan suv hammomida plyus 45 0C gacha isitib, keyin xarorati plyus 7 0C bo‘lgan suv banyasida plyus 15 0C gacha sovutiladi. Download 42.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling