№10 Laboratoriya mashg’uloti Mavzu: Matematikani o’qitishda ko’rsatmalilik. Maqsad
Download 292.21 Kb. Pdf ko'rish
|
10 Laboratoriya mashg
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jixozlar: 1. Turli turdagi ko’rgazmali qurollar. 2. Slaydlardan namunalar. 3. Tarqatma materiyallar. Reja
- Asosiy mazmuni Ko’rsatmalilik funksiyalari.
- 1-laborotoriya topshirig’i
- 2-laborotoriya topshirig’i
- 3-laborotoriya topshirig’i
- 4-laborotoriya topshirig’i
№10 Laboratoriya mashg’uloti Mavzu:Matematikani o’qitishda ko’rsatmalilik. Maqsad: Ko’rsatmalilik prinsopi haqida ma’lumotlar berish, ko’rsatmalilik prinsopi vazifalarini belgilash. Ko’rsatmalilik turlari bilan tanishtirish. Jixozlar: 1. Turli turdagi ko’rgazmali qurollar. 2. Slaydlardan namunalar. 3. Tarqatma materiyallar. Reja: 1. Ko’rsatmalilik prinsopini o’rganib chiqish. 2. Ko’pincha qo’llaniladigan ko’rgazmali qurollar bilan tanishtirish. 3. Ko’rsatmalilik prinsopini amalga oshirishning yangi texnologiyalari. 4. Ko’rsatmalilik prinsopini amalga oshirilishini namoyish qilish. (Mustaqil ish) 5. Xulosa. Asosiy mazmuni Ko’rsatmalilik funksiyalari. Didaktikaning asosiy talablaridan biri ko’rsatmalilik prinsopidir. Bilishni uch bosqichi mavjuddir: anglash, tasavvur qilish va abstrakt tafakkur. Xissiy bilish va mantiqiy bilishni farqlash mumkin. Bilishni birinchi bosqichida ko’rsatmalilik roli nixoyatda muximdir. Chunki bilishning bu bosqichida matematik ob’ektlarning tashqi xossalari, ular orasidagi munosabatlar, ularning farqlari va umumiy tomonlari o’rgatiladi. Bilishning uchinchi bosqichida ko’rsatmalilik matematik ob’ektlar xossalari orasidagi bog’lanishni ko’rsatib, to’g’ri tasavvur xosil qilishga imkon beradi. O’qitish jarayonida ko’rsatmali vositalar turli funksiyalarni bajaradilar. Shuning uchun o’qituvchi ko’rgazmali qurollarni tanlaganda, o’quv masalalarini bajarishda unga qaysi vazifa yuklatilganligiga qarab tanlash kerak. Ko’rsatmalilik turlari: - natural ko’rsatmalilik; - tasviriy ko’rsatmalilik; - simvolik ko’rsatmalilik; I. Ko’rsatmalik vositalari: Jadvallar, plakatlar, tasviriy ko’rsatmalilik (rasm, surat va b.) boshqalari simvolik ko’rsatmalilik (grafiklar, chizmalar, sxemalar, diagrammalar va boshqalar). Plakatlarning turlariga “ishchi plakatlar” xam kiradi. Unda, funksiya xossalarini o’rganishda kerak bo’ladigan grafiklarni turli joylashuvchi bo’ladi. Plakatlarning jadval turi, ya’ni natural sonlarni kvadrati, kubi ko’rsatuvchi jadvallar. 1-laborotoriya topshirig’i: Kvadratik funksiya c bx ax y 2 ni, a, b va c larni qiymatlariga bog’liq xolda egallashi kerak bo’lgan barcha xolatlarini ko’rsatuvchi plakatlarni yarating. II. Kinofragmentlar va kinofilmlar matematikani ba’zi masalalarini o’rganishda juda samarali foydalanilishi mumkin. Masalan, funksiya tushunchasini kiritishda, xosila va integralni o’rganishda, trigonometrik funksiyalar grafiklarini o’qitishda, fazoviy figuralarni chizishda. III. Magnit doska. Magnit doska bu doskaning bir qismi temir tunika bilan qoplanib, turli magnitli figuralar yordamida o’qitishni o’ziga xos didaktik imkoniyatlarini ochib beradi. 2-laborotoriya topshirig’i: “Koordinata tekisligi” mavzusini o’tishda magnit doskadan foydalanib mavzuni o’qitish senariysini yozing. IV. Geometrik figuralarning modellari. Steoremetriyani o’qitishda modellashtirishdan foydalanish, o’quvchilar fazoviy tasavvurini to’g’ri shakllantirishda katta axamiyatga ega. Geometrik figuralar modellarida kartondan, yog’ochdan, simdan, oyna bo’laklaridan foydalanish mumkin. 3-laborotoriya topshirig’i: Har bir talaba 6 tadan geometrik figura modelini tayyorlab keling. (Kub, piramida, prizma, parallelepiped, shar. konus, silindr va xokazolar bo’lishi mumkin.) V. Kompyuter vositalari. Kompyuter imkoniyatlari matematikani ko’rsatmali o’qitishda aloxida o’rin tutadi. Kompyuterda o’qitishda elektron qo’llanmalardan foydalanish keng imkoniyatlar yaratadi. Uning uchun o’qitilayotgan mavzu bo’yicha dars ishlanmalarini tayyorlab, kompyuter bilan jixozlangan kabinetda darsni o’tish mumkin. Uning uchun slaydlar yaratishni bilish kerak. Kompyuter yana vosita sifatida o’rganilayotgan mavzu bo’yicha qilingan boshqa ishlanmalarni ham ko’rib, taqqoslab xulosa chiqarishga katta imkon yaratadi. 4-laborotoriya topshirig’i: Quyidagi mavzular bo’yicha elektron dars ishlanmalarini yarating: 1. Tenglama. 2. Uchburchaklarning tenglik alomatlari. 3. To’rtburchakning yuzi. 4. Uchburchakning yuzi. 5. Trapetsiya yuzi. 6. Paralelogramm. 7. Romb. 8. Kvadrat. 9. Fales teoremasi. 10. Simmetriya. 11. Vektorlar va ular ustida amallar. 12. Parallel ko’chirish. 13. Silindr. 14. Shar. 15. Piramida. 16. Konus. 17. Egri chiziqli trapetsiya yuzini xisoblash formulasi. 18. Kesiq konus. 19. Parallelepiped. 20. Prizma. Download 292.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling