10-Laboratoriya mashg‘ulotlar mavzu: Aerodinamik tozalash dustex mashinasi va tolalarni changsizlantirish moslamalar


Download 17.63 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.06.2023
Hajmi17.63 Kb.
#1637193
Bog'liq
10-Laboratoriya mashg‘ulotlari (1)



10-Laboratoriya mashg‘ulotlar 
MAVZU: Aerodinamik tozalash DUSTEX mashinasi va tolalarni 
changsizlantirish moslamalar. 
Laboratoriya ishining maqsadi: Aerodinamik tozalash mashinalarining 
ishlashi prinsiplari bilan tanishish. TTAdan ajraladigan chiqindini yig‘ish va 
changli havoni tozalash, qayta ishlash usullarini o‘rganish. 
Laboratoriya darsi uchun kerak bo‘lgan anjomlar va materiallar: O‘L 
o‘rnatilgan SP-DX «Dustex» aerodinamik tozalagichi. Plakatlar, xorijiy firma 
mashinalarining pasportlari. 
Topshiriq 
1. SP-DX «Dustex» rusumli aerodinamik tozalagichning vazifasi, tuzilishi, 
ishlashini o‘rganib izohlang. 
2. Aerodinamik tozalagichning texnologik sxemasini chizing. 
3. Mashinaning titilgan tolalar tarkibidagi changli havoni tozalash prinsipi 
bilan tanishing va ishlatilgan havoni tozalash usulini o‘rganib sxemasini 
chizing. 
4. Kompyuter 
yordamida 
boshqa 
firmalarning 
aerodinamik 
tozalash 
mashinalarini o‘rganib, afzallik va kamchiliklarini izoxlang. (Riter 
firmasining mashinalari). 
Asosiy ma’lumot 
Bu vazifaning birinchi savoli kuyidagicha yoritiladi. Yigirish asoslaridan 
ma’lumki, paxta tolasini tozalashda zarbiy ta’sir, chimdish, xavo (aerodinamik) 
ta’siri qo‘llanilgan. Zarbiy ta’sir pichoqlar, qoziqlar bilan qoplangan barabanlar 
yordamida amalga oshiriladi. Klassik uskunalarda mazkur organlarning ko‘p marta 
takrorlanuvchanlari bilan jihozlangan mashinalar qo‘llanilyapti. Titkichlar, 
tozalagichlar, savash mashinalarida zarbiy ta’sir tozalash qo‘llanilgan. Xorijiy 
uskunalar tizimida ko‘p hollarda faqat bitta bosqichda zarbiy ta’sirda ishlovchi 
tozalagich qo‘llaniladi. Bu esa tolalarni shikastlanishiga olib keladi. Hozir kelib 


tolalarni tozalashda aerodinamik tozalagichlar qullanilmoqda. Misol tariqasida 
«Tryuchler» firmasining DUSTEX DX turidagi aerodinamik tozalagichini qayd 
etish mumkin.
Ikkinchi savol quyidagicha yoritiladi. «Tryuchler» firmasi aerodinamik 
usulda tolani tozalash maqsadida maxsus tozalagichlar (qurilmalar) yaratgan. 
Bu qurilma bunkerli aerodinamik tozalagichlardir. 
SHunga o‘xshash aerotozalagichlarning boshqa konstruksiyalari ham keng 
qo‘llanilmoqda. Ular Sekuromat, Seporamat, LTV rusumlilaridir. Quyida ular 
bo‘yicha qisqa ma’lumotlar keltirilgan. 
Bu moslamaning asosiy vazifasi tolalar bo‘lakchalarni to‘rli sirtga bir 
me’yorda taqsimlashdan iborat. Agar shu qurilma ishlamasa, tolalarning 
tozalanishi yaxshi amalga oshirilmaydi va sifatli mahsulot olinmaydi. 
Mashinaning asosiy ish prinsipi tolalar bo‘lakchalarini chang va 
momiqlardan tozalashdan iborat. 


2.22-rasm. DUSTEX DX turidagi aerodinamik tozalagich 
1-kirish, 2-pnevmoprovod, 3-zaslonka, 4-to‘rli sirt, 5-tortuvchi quvur, 6-teshik, 7-
ventilyator,
8-pnevmoprovod, 9-chang kamerasi, 10-chiqindi kamerasi, 11-chiqaruvchi quvur 


2.23-rasm. DUSTEX DX mashinasining tola taqsimlovchi qurilmasi 
(zaslonkasi) 
1-zaslonka shkaf, 2- tolalar yo‘naltiruvchi zaslonka, 3- elektrodvegatel, 4ekssentrik 
diski, 5- richaglar 
«Tryuchler» firmasining aerodinamik tozalash uskunalari 
«SEKUROMAT» tozalagichi 
SEPOROMAT ASTA tozalagichi 


2.24-rasm. 
2.25-rasm. 
1-voronka, 2-yopgich datchigi, 3-
begona jismlar ajratgich, 4-
metallizlagich, 5-begona jismlar 
datchigi, 6-zaslonka, 7-chiqindilar 
kamerasi. 
1-bunker, 2-zaslonka, 3-separator, 4-
berkituvchi zaslonka,5-chiqindilar 
qopi 
havo oqimi tozalagichi LTV 
havo oqimi tozalagichi LT 
2.26-rasm. 
2.27-rasm. 
1-voronka, 2-to‘rli sirt, 3-chiqish 
1-voronka, 2-to‘rli sirt, 3-rostlovchi 
zaslonka, 4-chiqish, 5-chang quvuri 


2.28-rasm. Securomat SP-F begona va rangli jismlardan tozalash 
mashinasi 
1-changsizlantirish moslamasi; 2-perforatsiyalangan sirt; 3-tola yo‘naltirish 
moslamasi; 4-chang havoni so‘rish joyi; 5-tituvchi val; 6-lampa; 7-sezuvchi 
kamera; 8-puflagichlar; 9-chiqindilarni so‘ruvchi kanal;
10-ventilyator 

Download 17.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling