10-Laboratoriya mashg‘ulotlar mavzu: Aerodinamik tozalash dustex mashinasi va tolalarni changsizlantirish moslamalar
Download 17.63 Kb. Pdf ko'rish
|
10-Laboratoriya mashg‘ulotlari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy ma’lumot Bu vazifaning birinchi savoli kuyidagicha yoritiladi.
- Ikkinchi savol quyidagicha yoritiladi.
- 2.23-rasm. DUSTEX DX mashinasining tola taqsimlovchi qurilmasi (zaslonkasi)
- 2.24-rasm. 2.25-rasm.
- 2.26-rasm. 2.27-rasm.
10-Laboratoriya mashg‘ulotlar MAVZU: Aerodinamik tozalash DUSTEX mashinasi va tolalarni changsizlantirish moslamalar. Laboratoriya ishining maqsadi: Aerodinamik tozalash mashinalarining ishlashi prinsiplari bilan tanishish. TTAdan ajraladigan chiqindini yig‘ish va changli havoni tozalash, qayta ishlash usullarini o‘rganish. Laboratoriya darsi uchun kerak bo‘lgan anjomlar va materiallar: O‘L o‘rnatilgan SP-DX «Dustex» aerodinamik tozalagichi. Plakatlar, xorijiy firma mashinalarining pasportlari. Topshiriq 1. SP-DX «Dustex» rusumli aerodinamik tozalagichning vazifasi, tuzilishi, ishlashini o‘rganib izohlang. 2. Aerodinamik tozalagichning texnologik sxemasini chizing. 3. Mashinaning titilgan tolalar tarkibidagi changli havoni tozalash prinsipi bilan tanishing va ishlatilgan havoni tozalash usulini o‘rganib sxemasini chizing. 4. Kompyuter yordamida boshqa firmalarning aerodinamik tozalash mashinalarini o‘rganib, afzallik va kamchiliklarini izoxlang. (Riter firmasining mashinalari). Asosiy ma’lumot Bu vazifaning birinchi savoli kuyidagicha yoritiladi. Yigirish asoslaridan ma’lumki, paxta tolasini tozalashda zarbiy ta’sir, chimdish, xavo (aerodinamik) ta’siri qo‘llanilgan. Zarbiy ta’sir pichoqlar, qoziqlar bilan qoplangan barabanlar yordamida amalga oshiriladi. Klassik uskunalarda mazkur organlarning ko‘p marta takrorlanuvchanlari bilan jihozlangan mashinalar qo‘llanilyapti. Titkichlar, tozalagichlar, savash mashinalarida zarbiy ta’sir tozalash qo‘llanilgan. Xorijiy uskunalar tizimida ko‘p hollarda faqat bitta bosqichda zarbiy ta’sirda ishlovchi tozalagich qo‘llaniladi. Bu esa tolalarni shikastlanishiga olib keladi. Hozir kelib tolalarni tozalashda aerodinamik tozalagichlar qullanilmoqda. Misol tariqasida «Tryuchler» firmasining DUSTEX DX turidagi aerodinamik tozalagichini qayd etish mumkin. Ikkinchi savol quyidagicha yoritiladi. «Tryuchler» firmasi aerodinamik usulda tolani tozalash maqsadida maxsus tozalagichlar (qurilmalar) yaratgan. Bu qurilma bunkerli aerodinamik tozalagichlardir. SHunga o‘xshash aerotozalagichlarning boshqa konstruksiyalari ham keng qo‘llanilmoqda. Ular Sekuromat, Seporamat, LTV rusumlilaridir. Quyida ular bo‘yicha qisqa ma’lumotlar keltirilgan. Bu moslamaning asosiy vazifasi tolalar bo‘lakchalarni to‘rli sirtga bir me’yorda taqsimlashdan iborat. Agar shu qurilma ishlamasa, tolalarning tozalanishi yaxshi amalga oshirilmaydi va sifatli mahsulot olinmaydi. Mashinaning asosiy ish prinsipi tolalar bo‘lakchalarini chang va momiqlardan tozalashdan iborat. 2.22-rasm. DUSTEX DX turidagi aerodinamik tozalagich 1-kirish, 2-pnevmoprovod, 3-zaslonka, 4-to‘rli sirt, 5-tortuvchi quvur, 6-teshik, 7- ventilyator, 8-pnevmoprovod, 9-chang kamerasi, 10-chiqindi kamerasi, 11-chiqaruvchi quvur 2.23-rasm. DUSTEX DX mashinasining tola taqsimlovchi qurilmasi (zaslonkasi) 1-zaslonka shkaf, 2- tolalar yo‘naltiruvchi zaslonka, 3- elektrodvegatel, 4ekssentrik diski, 5- richaglar «Tryuchler» firmasining aerodinamik tozalash uskunalari «SEKUROMAT» tozalagichi SEPOROMAT ASTA tozalagichi 2.24-rasm. 2.25-rasm. 1-voronka, 2-yopgich datchigi, 3- begona jismlar ajratgich, 4- metallizlagich, 5-begona jismlar datchigi, 6-zaslonka, 7-chiqindilar kamerasi. 1-bunker, 2-zaslonka, 3-separator, 4- berkituvchi zaslonka,5-chiqindilar qopi havo oqimi tozalagichi LTV havo oqimi tozalagichi LT 2.26-rasm. 2.27-rasm. 1-voronka, 2-to‘rli sirt, 3-chiqish 1-voronka, 2-to‘rli sirt, 3-rostlovchi zaslonka, 4-chiqish, 5-chang quvuri 2.28-rasm. Securomat SP-F begona va rangli jismlardan tozalash mashinasi 1-changsizlantirish moslamasi; 2-perforatsiyalangan sirt; 3-tola yo‘naltirish moslamasi; 4-chang havoni so‘rish joyi; 5-tituvchi val; 6-lampa; 7-sezuvchi kamera; 8-puflagichlar; 9-chiqindilarni so‘ruvchi kanal; 10-ventilyator Download 17.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling