10-ma’ruza. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijobiy fazilatlarni shakllantirish mexanizmi (1-4 sinf tarbiya darsi). Reja
-rasm. Yoshlarda ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish bosqichlari
Download 31.8 Kb.
|
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijobiy fazilatlarini shakllantirish mexanizmi ( 1-4 tarbiya darsi)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-rasm. Oliy ta’lim muassasalari talabalari ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishning mantiqiy-tuzilmaviy modeli.
2-rasm. Yoshlarda ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish bosqichlari
Yoshlarda ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish o‘ziga xos bosqichlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Bunda, avvalo, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad hamda vazifalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya bilish, ish mazmunini aniqlash, maqsadga erishish uchun tizimli yondashuvni tashkil etish zarur.Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi quyidagicha belgilandi: ta’lim muassasalarida izchillik asosida olib boriladigan ta’lim-tarbiya natijasida ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan kasbiy kompetentli mutaxassis tayyorlash.Yoshlarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishda quyidagi vazifalar nazarda tutiladi 3-rasm. Oliy ta’lim muassasalari talabalari ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishning mantiqiy-tuzilmaviy modeli. – uzluksiz ta’lim-tarbiyaning har bir bo‘g‘inida ma’naviy-axloqiy tarbiya maqsadiga erishish yo‘llarini izlab topish; – ta’lim-tarbiya jarayonida turli ta’sir vositalari orqali yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash; – ma’naviy-axloqiy tarbiyada shaxsga yo‘naltirilgan metod va vositalar, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish; – yoshlarning ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalanganlik darajasini aniqlash maqsadida anketa so‘rovlarini o‘tkazib, natijalarini qayd etib borish; – ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan, yoshlarni kompetentli ijtimoiy faol mutaxassis sifatida tayyorlashga erishish. Ijtimoiy-pedagogik faoliyatni, yoshlarda tashabbuskorlikni, faollikni tashkil etish uchun ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan tarbiyaga xos fanlarni o‘qitish jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya texnologiyalari hamda hamkorlik ta’limini amalga oshirish muhim sanaladi. Mazkur ta’lim-tarbiya texnologiyalari orqali talaba shaxsini ijtimoiylashtirishga erishish imkoniyati yaratiladi. Demak, yoshlarda aynan ijtimoiy munosabatlarga kirishish uchun lozim bo‘lgan ma’naviy-axloqiy kategoriyalar, normalar, qadriyatlar tizimi haqida bilim hosil qilish hamda ulardan amaliy faoliyatda foydalanish ko‘nikmalari takomillashtirilishi muhim o‘rin tutadi. Bu o‘rinda o‘qitiladigan tarbiyaga oid fanlarda ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari (suhbat, bahs-munozara, muammoli ta’lim)dan unumli foydalanish maqsadga muvofiq. Ta’lim muassasalari talaba-yoshllarida ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy sifatlarning rivojlanganligini baholash namunali, yaxshi, qoniqarli mezonlar orqali aniqlab boriladi. Past ko‘rsatkich aniqlansa, korreksiyalash ishlari amalga oshiriladi, buning uchun yoshlar bilan individual-psixologik ishlar olib boriladi hamda natijaga erishish uchun harakat qilinadi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim muassasalari yoshlari ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishning mantiqiy-tuzilmaviy modelini yaratishga imkon beradi (3-rasm). Bunday zamonaviy ta’lim modeli yoshlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ma’naviy-axloqiy kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish muhim hisoblanadi. Chunki yoshlarda zarur kompetensiyalarni shakllantirish uchun, avvalo, pedagogning o‘zida kompenentlilik rivojlangan bo‘lishi lozim. Tayanch kompetensiyalar – inson kim va qanday kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, shaxs hayotida, kasbiy faoliyatida, ijtimoiy munosabatlarda muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun egallashi lozim bo‘lgan layoqatlar, qobiliyatlar va hayotiy ko‘nikma va malakalar majmuyidan iborat. Bunda har bir shaxs kommunikativ bo‘lishi, axborot bilan ishlay olishi, shaxs sifatida o‘zini rivojlantirishi, ijtimoiy faol fuqaro bo‘lishi, umummadaniy xislatlarga ega va fan-texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lishi nazarda tutiladi. Download 31.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling