10-Ma’ruza: Ko’p o’lchovli taqsimotlar. Tasodifiy miqdorlardan olingan funksiyalarning taqsimotlari
Download 251.32 Kb.
|
9-maruza..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘p o‘lchovli tasodifiy miqdorlar va ularning birgalikdagi taqsimot funksiyasi
- Ikki o‘lchovli diskret tasodifiy miqdor va uning taqsimot qonuni
10-Ma’ruza: Ko’p o’lchovli taqsimotlar. Tasodifiy miqdorlardan olingan funksiyalarning taqsimotlari.Reja. 1. Ko‘p o‘lchovli tasodifiy miqdorlar 2.Ikki o‘lchovli diskret tasodifiy miqdor va uning taqsimot qonuni 3.Ikki o‘lchovli diskret tasodifiy miqdorning taqsimot funksiyasi va uning xossalariTayanch so’z va iboralar: Ko‘p o‘lchovli tasodifiy miqdorlar,diskret va uzluksiz tasodifiy miqdorlar,taqsimot qonuni,taqsimot funksiyasi,zichlik funksiyasi Ko‘p o‘lchovli tasodifiy miqdorlar va ularning birgalikdagi taqsimot funksiyasiBir o‘lchovli t.m.lardan tashqari, mumkin bo‘lgan qiymarlari 2 ta, 3 ta, ..., n ta son bilan aniqlanadigan miqdorlarni ham o‘rganish zarurati tug‘iladi. Bunday miqdorlar mos ravishda ikki o‘lchovli, uch o‘lchovli, … , n o‘lchovli deb ataladi. Faraz qilaylik, ehtimollik fazosida aniqlangan t.m.lar berilgan bo‘lsin. vektorga tasodifiy vektor yoki n-o‘lchovli t.m. deyiladi. Ko‘p o‘lchovli t.m. har bir elementar hodisa ga n ta t.m.larning qabul qiladigan qiymatlarini mos qo‘yadi. n o‘lchovli funksiya tasodifiy vektorning taqsimot funksiyasi yoki t.m.larning birgalikdagi taqsimot funksiyasi deyiladi. Qulaylik uchun taqsimot funksiyani indekslarini tushirib qoldirib, ko‘rinishida yozamiz. funksiya tasodifiy vektorning taqsimot funksiyasi bo‘lsin. Ko‘p o‘lchovli taqsimot funksiyaning asosiy xossalarini keltiramiz: 1. , ya’ni taqsimot funksiya chegaralangan. 2. funksiya har qaysi argumenti bo‘yicha kamayuvchi emas va chapdan uzluksiz. 3. Agar biror bo‘lsa, u holda (1) 4. Agar biror bo‘lsa, u holda . 3-xossa yordamida keltirib chiqarilgan (3.1.1) taqsimot funksiyaga marginal(xususiy) taqsimot funksiya deyiladi. tasodifiy vektorning barcha marginal taqsimot funksiyalari soni ga tengdir. Masalan, (n=2) ikki o‘lchovlik tasodifiy vektorning marginal taqsimot funksiyalari soni ta bo‘lib, ular quyidagilardir: . Soddalik uchun n=2 bo‘lgan holda, ya’ni (X,Y) ikki o‘lchovlik tasodifiy vector bo‘lgan holni ko‘rish bilan cheklanamiz. Ikki o‘lchovli diskret tasodifiy miqdor va uning taqsimot qonuni(X,Y) ikki o‘lchovli t.m. taqsimot qonunini (2) formula yordamida yoki quyidagi jadval ko‘rinishida berish mumkin:
(3)
bu yerda barcha ehtimolliklar yig‘indisi birga teng, chunki birgalikda bo‘lmagan hodisalar to‘la gruppani tashkil etadi . (2) formula ikki o‘lchovli diskret t.m.ning taqsimot qonuni, (3) jadval esa birgalikdagi taqsimot jadvali deyiladi.
Download 251.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling