10-ma’ruza. Mavzu: Dasturlash asoslari. Reja: Algoritmik tillar; Python dasturlash tili tarixi


Download 0.78 Mb.
bet1/7
Sana14.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1198881
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-ma\'ruza


10-ma’ruza.
Mavzu: Dasturlash asoslari.


Reja:
1. Algoritmik tillar;
2. Python dasturlash tili tarixi;
3. Python dasturlash tili imkoniyatlari;
4. Python tili sintaksisi, asosiy operatorlari.


1. Algoritmik tillar
Masalani yechish algoritmi ishlab chiqilgandan so‘ng ushbu algoritmga ko’ra dastur tuziladi. 

Dastur - bu berilgan algoritmga asoslangan biror bir algoritmik tilda yozilgan ko‘rsatmalar, ya’ni buyruqlar yoki operatorlar to‘plamidir.

Dasturlash -esabudasturtuzishjarayonibo‘lib, uquyidagibosqichlardaniboratbo’ladi:
1. Dasturga bo‘lgan talablarni aniqlash;
2. Qo‘yilgan masala algoritmini tanlash yoki ishlab chiqish;
3. Dastur kodlarini (matnlari, buyruqlarni) yozish;
4. Dasturni to‘g‘rilash va tekshirish.
Hozirgi kunda juda ko‘plab algoritmik tillar mavjud bo’lib, ular dasturlash tillari deb ataladi.

Algoritmik til – algoritmlarni bir xil va aniq yozish uchun ishlatiladigan belgilashlar va qoidalar tizimidir.

Algoritmik til oddiy tilga yaqin bo‘lib u matematik belgilarni o‘z ichiga oladi. Tuzilgan algoritmlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mashinaga berib bo‘lmaydi, shu sababli yozilgan algoritmni biror bir algoritmik tilga o‘tkazish zarur. Har qanday algoritmik til o‘z qo‘llanilish sohasiga ega bo’lib, umumiy holatda dasturlash tillari ikki guruhga, ya’ni operatorli va funksional dastulash tillariga ajratiladi. Funksional dasturlash tillariga LISP, PROLOG dasturlash tillari kiradi. Operatorli tillar prosedurali va prosedurasiz guruhga bo’linadi. Prosedurali tillar o’z navbatida mashinaga yo’naltirilgan va mashinaga aloqasiz tillarga ajraladi.
Mashinaga yo’naltirilgan tillarga mashina tillari, avtokodlar, simvolli kodlash tillari, assemblerlar kiradi.
Mashinaga aloqasiz tillarga esa quyidagilar kiradi:

  1. Proseduraga yo’naltirilgan (Pasсal, Fortran va hk.);

  2. Muammoga yo’naltirilgan (LISP va hk.);

  3. Obyektga yo’naltirilgan (C++, Visual Basic, Java va boshq.).

Hozirgi kunda muxandislik hisob ishlarini bajarishda Paskal, Beysik va Fortran; Iqtisod masalalarini yechishda Paskal va Kobol; Mantiqiy dasturlash uchun Prolog; O‘quv jarayonlari uchunBeysik, Paskal, C, C++ va boshqalar; Web dasturlash uchun PHP, JavaScript; Zamonaviy Android va shu kabi qurilmalar uchun Java tillaridan foydalaniladi. Assembler tili mashina tiliga ancha yaqin til bo‘lib o‘rta darajadagi tildir. Algoritmik til inson tillariga qancha yaqin bo‘lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir.



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling