Turkiy tillari va rus tili
Download 38.5 Kb.
|
turkiy tillari va RUS tili
TURKIY TILLARI VA RUS TILI O`zbek tili turkiy tillarga mansub bo`lib, oltoy nazariyasiga ko`ra mo`g`ul, tung`uz-manjur, koreys va yapon tillari bilan birgalikda oltoy tillari oilasini tashkil qiladi. Shunga ko`ra turkiy tillarning, jumladan, o`zbek tilining tarixi, oltoy tillarini qadimgi bir til bo`lgan – oltoy davridan boshlanadi. Oltoy bobo tili dastlab tung`uz-manjur va turk-mo`g`ul tillariga: turk-mo`g`ul tili esa turk va mo`g`ul tilariga ajralgan. hundan so`ng turkiy tillar tarixida xun davri (meloddan avvalgi III asrdan melodiy IV asrgacha) boshlanib, urkiy tillar ikki tarmoqqa – sharqiy xun va g`arbiy xun tillariga bo`linadi. Turkiy tillar tarixda xun davrining alohida ko`rsatilishiga o`sha davrda Markaziy Osiyodan harqiy Evropagacha hududini ishg`ol qilgan xun xonligini vujudga kelib, keyinchalik ikkiga ajralish asos qilib olinadi. So`ngra milodning V asrdan X asrgacha bo`lgan uzoq vaqtni o`z ichiga olgan turk davri keladi. Umumxalq o`zbek tilining tarixi oltoy davridan boshlansa, o`zbek adabiy tilining tarixi yozma yodgorliklarni mavjud bo`lgan qadimgi turk davridan boshlanadi. Bu davrning obidalari barcha turkiy xalqlar uchun mushtarakdir. Hozirgi o`zbek tili qadimgi turkiy tildan ajralib chiqqan. Turkiy tillar o`rtasidagi qarindoshlik, yaqinlik sintaktik qurilmalarning birligida, so`z o`zgartiruvchi, so`z yasovchi affikslarning o`xshashligida, tovush tuzilishi va lug`at boyligidagi barqaror, zaruriy tushunchalarni bildiradigan so`zlarning umumligida yaqqol ko`rinadi. Ana shu umumiy belgilarga to`g`ri kelmaydigan fonetik, leksik va qisman grammatik farqlar til taraqqiyotining so`ngra davrlarida paydo bo`lgan xususiyatlardir. Hozirgi turkiy tillarning o`ziga xos xususyatlari, ularning mustaqil tillar sifatida taraqqiy etishidan dalolat beradi. O`zbek tili turkiy guruhga kiruvchi tillardan biri bo`lib, undagi fonetik, morfologik, sintaktik, leksik o`xshashliklar Markaziy Osiyoda istiqomad qiluvchi uyg`ur, qozoq, qoraqalpoq, qirg`iz, turkman xalqlarining tillarida ko`proq uchraydi. Bu o`zbek xalqining til jihatdan yuqoridagi xalqlar bilan uzoq vaqtlardan bo`yon ijtimoiy munosabatda bo`lib kelganligining natijasidir. Shuni ng uchun ham ma`lum o`ziga xoslikni hisoblamaganda, o`zbek, qozoq, qirg`iz, uyg`ur, qoraqalpoqlar bir-birlarini qiynalmasdan tushuna oladi. Ularning yashash sharoitlari, urf-odatlari va diniy e`tiqodlariga ham mushtaraklik bor. Agar yoqut –tuva, hakas tillarini olsak, ularda o`zbek tili bilan mushtaraklik bo`lsa ham, lekin uzoq vaqtlardan beri ijtimoiy aloqaning bo`lmaganligi (ruslar bilan bo`lgani), yashash sharoitlarining, tirikchiligining har xilligi tufayli til xususiyatlarida farqlar ko`p. Birgina leksikasini olsak, masalan, yoqut tilida chorvachilik buyicha kiyik, los tarmoqlari rivojlangan. Ana shu sohaga oid so`zlar atamalar juda ko`p. Bog`dorchilik, paxtachilik, poliz ekinlariga oid so`z atamalar yo`q. O`zbek tilida esa bu sohaga xos so`zlar juda ko`p. Bunday o`xshashlik va farqlarni Volgabo`yi, Kavkaz, Sibir va boshqa xududlarda yashaydigan turkiy xalqlarning tillarida ham uchratish mumkin. Turkiy tillar o`rtasida o`xshash va farqli xususiyatlar fonetika, morfologiyadagina emas, balki leksikada ham yaqqol ko`rinadi. XV asr olamida ulug` mutafakkir shoir, madaniyat va davlat arbobi Alisher Navoiyning mashaqqatli mehnati, izlanishlari hamda Husayn Boyqaroning homiyligi tufayli turkiy tillar orasida o`zbek tilining mavqei jahon miqyosiga ko`tarilgan edi. Ana shu vaqtda adabiy til bo`la oladi deb amaliy va nazariy jihatdan isbotlangan eski o`zbek (turkiy) tilimiz bizning davrimizgacha o`zining asosiy fonetik, grammatik va lug`at xususiyatlarni saqlagan holda etib keldi. Hozirgi tilimiz eski o`zbek adabiy tilining davomi – o`zbek xalqining davlat tili sifatida keng xalq ommasiga xizmat qilib kelmoqda. Turkiy xalqlar bizga ma`lum bo`lgan eng qadimgi yozma yodgorliklari eramiznig V-X asrlariga mansub bo`lib, turkshunoslikda bu davrni qadimgi turkiy til deb yuritiladi. Yozma yodgorliklar tili adabiy til me`yorini belgilashda asos bo`la oladi. Chunki yozma til, ma`lum darajada tartibga solingan, me`yorlashtirilgan bo`ladi. Shuni ng uchun ham o`zbe adabiy tilining tarixi yozma yodgorliklari ma`lum bo`lgan qadimgi turk davridan boshlanadi. Download 38.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling