10-ma’ruza Mavzu


Download 18.53 Kb.
bet1/6
Sana06.02.2023
Hajmi18.53 Kb.
#1172215
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amaliy dasturiy ta\'minot


10-ma’ruza
Mavzu: Amaliy dasturiy ta'minot va uning imkoniyatlari. Amaliy dasturiy ta'minot va uning tasnifi: matn muharrirlari, grafik muharrirlar, audio va video muharrirlar, animator dasturlar, ma'lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari va utarning imkoniyatlari.
Reja:

  1. Kirish. Komputerning dasturiy ta’minoti.

  2. Amaliy dasturlar majmuasi, ularning turlari .

  3. Integrallashgan dasturlar majmuasi

Ma‘ruza bayoni
Shaxsiy kompyuterlar xaqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda to’tish lozim. Inson kompyuterning xam apparat, xam dasturiy vositalari bilan muloqotda bo’ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o’zaro muloqoti — foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya buyicha tasniflash mumkin:
sistemaviy dasturiy ta’minot;
amaliy dasturiy ta’minot;
dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) — kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) — bu aniq bir predmet sohasi buyicha ma’lum bir masalalar sinfini yechishga mo’ljallangan dasturlar majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo’ljallangan.
Amaliy dasturli ta’minot
Amaliy dasturiy ta’minot. Bu satx dasturiy ta’minoti, mazkur ish joyida aniq masalalarni yechishga yordam beradigan amaliy dasturlar majmuasini tashkil etadi. Bu masalalar qamrab olgan sohalar juda ko’p bo’lib, ular ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, ijod, o’qitish va dam olishga mo’ljallangan masalalarni o’z ichiga oladi. Bu dasturlar ko’pfunksionalligi sababi, inson faoliyati har xil sohalari uchun amaliy dasturlar va ilovalar mavjudligidir.
Demak amaliy dasturiy ta’minot va tizimli dasturiy ta’minot o’rtasida o’zaro bevosita aloqa bor ekan (birinchisi ikkinchisiga tayanadi), hisoblash tizimi universalligi, amaliy dasturiy ta’minot ommaviyligi va kompyuter funksional imkoniyatlari keng ko’lamligi foydalanilayotgan operasion tizim tipi, uning yadrosi qanday tizimli vositalarni o’z ichiga olganligi va u uch tomonlama o’zaro bog’lanish, ya’ni inson – dastur – qurilma bog’lanishni qay tarzda ta’minlashiga bevosita bog’liqdir.

Download 18.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling