Hozirgi sharoitlarda milliy valyutadagi va horijiy valyuta-lardagi jamg’armalarning bir biriga nisbati 70:30 bo’lishi lozim. Agar bu nisbat buzilsa, unda iqtisodiyotni “dollarlashishi” holatini tushunish mumkin. Jamg’armaning bunday strukturasi o’zida kredit tizimi uchun sezilarli valyuta risklarni mujassamlashtiradi, chunki iqtisodiyotning milliy valyutadagi kredit va investitsiyalarga bo’lgan talabi ko’p jihatdan horijiy fondlashtirish hisobiga qondiriladi. 4. Kapital qo’yilmalar uchun jamg’armalarni to’liq ishlatilmagan-ligining kritik darajasi jamg’armalar hajmi investitsiyalardan 30 foizga ortiq bo’lsa vujudga keladi.Ushbu indikator Pareto nisbatidan keltirib chiqariladi. Bunda, odatda, 10 foizga yaqin jamg’armalar o’ziga moliya bozorlarini jalb qilishi hisobga olinadi. Ushbu indikatorga rioya qilmaslik iqtisodiyotda normal investitsion jarayonning kechishi buzilganligidan dalolat beradi. 5. Mamlakatdan kapitalni “nolegal” chiqib ketishi darajasi. Uning bu darajasi “Joriy operatsiyalar” schetining (hisobining) yarmisidan oshmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |