struct Node {
char data
Node *next, *prev;
};
typedef Node *PNode;
ro’yxat boshi va oxiri uchun alohida ko’rsatkich bilan ishlamasdan, stek haqidagi barcha ma’lumotlarni saqlovchi tuzilma sifatida e’lon qilami:
struct Stack {
PNode Head, Tail;};
Eng boshida stekning ikkila ko’rsatkichiga ham NULL ni ta’minlaymiz.
Stek cho’qqisiga element qo’shish. Bu amal ikki bog’lamli ro’yxat boshiga element qo’shish bilan aynan bir xil. Bu protsedura bilan oldingi paragraflarda tanishgan edik. Endi ushbu protseduraga kamgina o’zgarishlar kiritamiz, ya’ni Stack turidagi tuzilma bilan ishlash uchun alohida ko’rsatkichlar bilan ishlamaymiz. Protseduraning parametri yangi tugunni ko’rsatmaydi, ushbu tugunda ma’lumotni ko’rsatadi. Yangi tugun uchun xotira protseduraning o’zida ajratiladi, ya’ni bizdan bog’liq bo’lmagan holda xatoliklarni kamaytirish maqsadida.
Do'stlaringiz bilan baham: |