10-ma’ruza: O‘zgaruvchan tok mashinalarining umumiy masalalari Reja


Download 42.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana20.11.2023
Hajmi42.71 Kb.
#1788710
  1   2   3
Bog'liq
10-maruza



10-ma’ruza: O‘zgaruvchan tok mashinalarining umumiy masalalari 
Reja: 
1. O’zgaruvchan tok kollektor mashinalarda energiyani elektromexanik o’zgartirish 
2. O’zgaruvchan tok mashinalarining ishlash prinsipi 
1.O’zgaruvchan tok kollektor mashinalarda energiyani elektromexanik o’zgartirish 
O’zgaruvchan toki kollektor mashinalari o’zgaruvchan tok tarmog’iga ulanadi (10.1-rasm) 
f
c
tarmog’idagi o’zgarmaydigan chastotasi CHO’ (PCH) chastota o’zgargichi bilan o’zgaruvchi 
chastotaga o’zgaradi. O’zgaruvchan tokli kollektorli motorlarda chastotani o’zgarishi hisobiga 
keng chegaralarda aylanuvchi chastotani rostlash ta’minlanadi. 
O’zgaruvchan tok kollektor mashinalari o’zgaruvchan tokli rostlanadigan yuritmalarda 
maydon sinxron aylanuvchi chastotasidan yuqori aylanish chastotasini olish uchun qo’llaniladi. 
O’zgaruvchan tokdagi kollektorli mashinalar hozirgi vaqtda maishiy asboblar yuritmasi uchun 
bir fazali tarmoqda eng qo’p qo’llanilmoqda. 
Hozirgi vaqtda ayrim g’arbiy yevropa mamlakatlarida o’zgaruvchan tokdagi kollektorli
motorlaridan yuk tortish motori sifatida foydalanilmoqda. 
O’zgaruvchan tokdagi uch fazali kollektorli motorlar uncha katta bo’lmagan quvvatda va 
o’n va yuzlab kilovattda ishlab chiqarilmoqda. 
2. O’zgaruvchan tok mashinalarining ishlash prinsipi 
O’zgaruvchan tokdagi kollektorli mashinalarning asosiy kamchiligi uning yomon 
kommutatsiyasidir. Chastotaning mexanik o’zgartirgichi – bu mashinalarda kollektor
o’zgaruvchan tokni rostlanadigan chastota o’zgaruvchan tokiga o’zgartirish rejimida ishlaydi. 
O’zgaruvchan tokning bevosita boshqa chastotaning o’zgaruvchan tokka bevosita o’zgarishi 
o’zgarmas tok oraliq zvenosi chastotani mexanik o’zgartirishdagi kabi yarim o’tkazgichli 
chastota o’zgartirgichda ham o’ta murakkab tarzda amalga oshiriladi. Agar ko’p fazali yakor 
chulg’amini ikki fazaliga olib kelinib, chastota o’zgartirgichga o’zgaruvchan tok berilsa 
umumlashtirilgan mashinalar modelidagi o’zgaruvchan tokdagi kollektorli mashinalarni olinadi. 
10.1-rasm.O'zgaruvchan tok uchun kollektor mashinasining diagrammasi 
O’zgaruvchan tokli kollektorli mashinalar tor tirqishda stator va rotorning asosiy 
garmonika maydoni bir biriga nisbatan qo’zg’almasdir va yuqori garmonikning cheksiz spektri 
mavjud bo’lib, maydon esa bir biriga nisbatan aralashib ketadi. Maydonning bunday ko’rinishi 
tor tirqishda va boshqa tipdagi elektr mashinalarda mavjud bo’ladi.
O’zgaruvchan tokdagi kollektorli mashinalarning differensial tenglamasi ko’rinishida 
yozilgan bo’lishi mumkin. Biroq, o’zgaruvchan tokdagi kollektorli motorlar dinamikasida uncha 
ko’p bo’lmagan ishlar miqdori bag’ishlangan bo’lib, loyihalashtirishda o’ta oddiy formulalardan 
foydalaniladi, chunki o’zgaruvchan tokdagi kollektorli motorlar geometriyasi asosan 
kommutatsiya orqali aniqlanadi. 
O’zgaruvchan tokli kollektorli motorlar bizning asrning boshida eng ko’p tarqalishga sabab 
bo’ldi. O’zgaruvchan tokli kollektorli motorlarning o’nlab orginal sxemalari taklif etildi.


Keyingi o’n yilliklarda esa o’zgaruvchan tokdagi kollektorli motorlarni sinxron va 
asinxron yuritmali rostlovchi motorlar siqib chiqarmoqda. Kollektorni tayyorlashni mehnati 
og’irligi va yoton kommutatsiyasi o’zgarmas tokdagi kollektorli motorlarni qo’llashda cheklab 
qo’ymoqda. 
O’zgaruvchan tokdagi kollektorli motorlarni nazariyasini rivojlantirishga G.Gerges, I.Deri, 
D.A.Zavalishn, M.P. Kostenko, M.Latur, E.Tomson, R.Rixtek, K.I.SHenfer va boshqalar katta 
hissa qo’shganlar. 

Download 42.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling