3– laboratoriya ishi konusli maydalagichlar ish unumdorligini va yuritmasi quvvatini aniqlash (2 soat)


Download 36.13 Kb.
bet1/3
Sana13.02.2023
Hajmi36.13 Kb.
#1195629
  1   2   3
Bog'liq
3-Лаборатория


3– LABORATORIYA ISHI
KONUSLI MAYDALAGICHLAR ISH UNUMDORLIGINI VA YURITMASI QUVVATINI ANIQLASH (2 soat)



  1. ISHNING MAQSADI

1.1. Konusli maydalagich yuritmasi haqida olingan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish.
1.2. Maydalash mashinasining kinematikasi va tuzilishiga oid masalalar bilan tanishish, mashinani ishga tushirishni o‘rganish.
1.3. Mashinada tajribalar o‘tkazish va natijalarni analiz qilish.


2. KERAKLI JIHOZ VA USKUNALAR
2.1. Konusli maydalagich mashinasi yuritmasi.
2.2. Xomashyo sifatida tog‘ jinsi namunasi.
2.3. O‘lchov tarozi.
2.4. Vaqt o‘lchagich.
2.5. O‘lchov asboblari.


3. NAZARIY QISM
Konusli maydalagichning ish unumdorligi quyidagi tenglama yordamida topiladi.
Q = 340 nDt Led/(tg1 + tg2) (1)
bu yerda Dt- maxsulotni chiqishi uchun mo‘ljallangan tirqishning tashqi diametri, m; d- maydalangan material bo‘laklarining o‘rtacha o‘lchami, m;  = 0.30,5.
4. LABORATORIYA USKUNASINING TAFSIFI
Qo‘zg‘aluvchi konus 2 val 3 ga mustahkam qilib o‘rnatiladi. Valning pastki qismi esa ekssentrikli ftulka 4 ga o‘rnatiladi.
Konusli yirik maydalagichlarda qo‘zg‘aluvchi konus vali sharnirlar orqali traversa 1 ga mahkamlanadi.
Konusli o‘rta va Mayin maydalagichlarning qo‘zg‘aluvchi konusi taglik 5 ga o‘tiradi. Konus vali ustki qismidan mahkamlanmaydi. Shuning uchun bu maydalagichlar konsol vali konusli maydalagich deb nomlanadi. Ekssentrikli vtulka aylanishni yuritmadan oladi, natijada qo‘zg‘aluvchi konus aylanma - tebranma xarakat qiladi.
5. LABORATORIYA ISHINI BAJARISH TARTIBI
5.1. Konusli maydalash mashinasining yuritmasini tuzilishini o‘rganish.
5.2. Mashinaning ishlash prinsipi va tayyor mahsulot chiqish oralig‘ini sozlashni o‘rganish.
5.3. Maydalash mashinasining kinematik sxemasini chizish.
5.4. Kerakli o‘lchov ishlarini bajarib, jadvallarni to‘ldirish.
5.5. Tajriba natijalari asosida o‘zaro bog‘liklik grafiklarini chizish.

Download 36.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling